Hujjatlarning ekspertizasi


Metrologik va standartlashtirish ekspertizalarning ilmiy prinsiplari


Download 1.11 Mb.
bet57/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

4.8. Metrologik va standartlashtirish ekspertizalarning ilmiy prinsiplari
Metrologik va standartlashtirish ekspertizalarning maqsadlari oldindan belgilanishi va ular kam xarajatli va xatosiz bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, ularni o‘tkazish jarayonida ma’lum bir ilmiy prinsiplarga rioya qilish kerak. Ekspertizaning ilmiy prinsiplari asosida aniq belgilangan qoidalar va me’yorlar ishlab chiqiladi va ular ekspertizani yuqori sifatini kafolatlaydi. Bunday yondashuv ekspertizadan keladigan maksimal iqtisodiy samarani belgilaydi.
Ekspertlarni faoliyatini tahlil qilish va ularni tajribasini o‘rganish natijasida quyidagi metrologik va standartlashtirish ekspertizalarning ilmiy prinsiplarni ifodalash mumkin:

  • ekspertiza ishlarini kvantlash ( avtonom qismlarga bo‘lib chiqish);

  • bajariladigan ishlarni ahamiyatliligini (muhimligini) belgilash;

  • ekspertiza ishlarini va ularni natijalarini unifikatsiyalashtirish (birhillashtirish);

  • standartlashtirish va metrologiyaning ilmiy asoslarini qo‘llash;

  • ekspertiza natijalari iste’molchisini axborot xavfsizligini ta’minlash.




4.2 – rasm. Metrologik va standartlashtirish ekspertizalarni tayyorlash va o‘tkazish prinsiplari
Ekspertizani sifatli va kam xarajatli o‘tkazish maqsadida barcha ishlar avtonom qismlarga bo‘linib, ularning har birini muhimlik darajasi baholanadi. Shundan so‘ng barcha qismlarda qo‘yilgan masalalarni hal qilish tartibi o‘rnatiladi va ekspertiza belgilangan reja bo‘yicha bajariladi. Bunday yondashuv dastlabki ikki prinsip: ishni kvantlash (qismlarga bo‘lish) va shu qismlarni muhimligini belgilashga asoslangan.
Ekspertiza maqsadini umumiy jihatdan ifodalash mumkin, lekin ulardan kelib chiqadigan masalalar xar doim muayyan xarakatlarni bajarish va aniq natijalarni olishga yo‘naltirilgan. Aniq natijalarni olish va muayyan harakatlarni bajarish zarurati birinchi ilmiy prinsip - ekspertiza ishlarini kvantlash ahamiyatini tasdiqlayli.
Misol sifatida, ob’yektni nazorat qilishga yaroqliligini tahlil qilishda qo‘yiladigan metrologik ekspertizasining masalalarini strukturaviy sxemasini ko‘rib chiqamiz. Bu sxema metrologik ekspertiza masalalarini hal qilishdagi umumiy sxemaning bir qismi bo‘lishi mumkin.


EKSPERTIZA MAQSADLARI
Ob’yektga qo`yilgan talablarni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlash (ob’yekt parametrlarini nazorat qilish yaroqliligi va zarurat tug`ilganda, ularni to`g`rilash imkoniyati)




Konstruksiyani to`g`rilash (zarurat tug`ilganda va imkoniyati bo`lsa)

Parametrlarning aniqligini to`g`rilash (zarurat tug`ilganda va imkoniyat bo`lsa)


Maxsus o`lchashni bajarish metodikalarini ishlab chiqish (zarurat tug`ilganda)






EKSPERTIZANING MASALALARI (NAZORAT QILISHGA YAROQLILIGINI ANIQLASH)




Parametrlarini instrumental erishiluvchanligini aniqlash


Parametrlarni talab etilgan aniqlik bilan nazorat qilish imkonini aniqlash




Maxsus o`lchash vositalarini ishlab chiqish (zarurat tug`ilganda)

Rasm. Metrologik ekspertiza masalalarini st

4.3 – rasm. Metrologik ekspertiza masalalarining strukturasi (fragmenti)


Agar metrologik ekspertizasining oldindan qo‘yilgan maqsadi – ob’yektga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlash bo‘lsa, oxirgisi esa – parametrlarni nazorat qilishga yaroqligini ta’minlash bo‘lsa, bunda maqsadga erishish yo‘lini bir nechta bosqichga bo‘lib chiqish maqsadga muvofiqdir. Har bir bosqich aniq masalalarni hal qilishni talab qiladi. Agar ekspertizaning maqsadi - ob’yektga qo‘yiladigan talablarni optimalligini tasdiqlash bo‘lsa, u holda echiladigan masalalar ham ma’lum darajada o‘zgartiriladi.
Ekspertiza ishlarini kvantlash variantini qurib chiqamiz (buyum konstruksiyasining metrologik ekspertizasi misolida).
Buyum konstruksiyasining metrologik ekspertizasi masalalari.
(ekspertizani maqsadi - o‘rnatilgan talablarni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlash)
4.1 - jadval


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling