Hujjatlarning ekspertizasi


Ekspertiza ishlarini uchinchi ilmiy prinsipi – ishlarni va ularning natijalarini unifikatsiyalashtirish (birhillashtirish)


Download 1.11 Mb.
bet60/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

Ekspertiza ishlarini uchinchi ilmiy prinsipi – ishlarni va ularning natijalarini unifikatsiyalashtirish (birhillashtirish) – har qanday ilmiy –texnikaviy ishlarni tartibga keltiradi. O‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki, ekspertizaning tayyorlash va o‘tkazish jarayonlari qanchali yaxshi rasmiylashtirilgan bo‘lsa yoki “ekspertiza standartlari” bo‘yicha bajarilgan bo‘lsa, shunchaki bu ish muvaffaqiyatli bajariladi. “Ekspertiza standartlari”ni ekspert yoki ekspertizani o‘tkazuvchi tashkilot ishlab chiqadi.
Ekspertiza elementlarini va ularning natijalarini taqdim etish shakllarini birhillashtirish natijasida ekspertizani avtomatlashtirish yoki kompyuterning ma’lumotlar bazasidan, maxsus dasturlash mahsulotlaridan keng foydalanish imkoniyati tug‘iladi.
Ekspertizani o‘tkazuvchi mutahassis o‘zining ishlarida har doim standartlashtirish va metrologiyaning ilmiy prinsiplariga, postulatlariga, usullariga, matematik apparatga tayanadi yoki ekspertizani to‘rtinchi ilmiy prinsipini - metrologiya va standartlashtirishning ilmiy asoslarini qo‘llaydi. Bu prinsipni amalga oshirish o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:

  • metrologiya va standartlashtirish jadal rivojlanayotgan sohalar bo‘lib, xozirgi kunda hamma bilan tan olingan ilmiy prinsiplarga ega emasdir;

  • metrologik va standartlashtirish ekspertizalarning ilmiy asoslari hozirgi kunda etarli darajada rivojlanmaganligi tufayli ularni ekspertizani o‘tkazish jarayonida metrologiya va standartlashtirish sohalarida xamma bilan e’tirof etilgan prinsiplarni, postularlarni, usullarni, matematik apparatni qo‘llash qiyinchiliklar tug‘diradi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, metrologik va standartlashtirish ekspertizalar nazariyasini samarali rivojlanishi uchun metrologiya va standartlashtirishning ilmiy asoslarini tanqidiy tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Ekspertizaning beshinchi ilmiy prinsipi - ekspertiza natijalari iste’molchisini axborot xavfsizligini ta’minlash – ma’lumotlar bilan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan is’temolchining xavfsizligini nazarda tutadi. Ilmiy – texnikaviy axborot xavflarning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
1) ma’lumotlar sifatining pastligi (yolg‘on ma’lumotlar, prin-sipial xatolar, ma’lumotlarni etarli yoki to‘liq emasligi va hokazo);
2) yuqori sifatli ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish (shart-sharoitlarni, boshlang‘ich ma’lumotlarni mos tushmasligi va hokazo)
Bunday xavflarni oldini olish maqsadida ekspert:

  • faqat tekshirilgan, sinalgan va amaldagi ma’lumot manbalaridan, masalan me’yoriy hujjatlardan foydalanishi kerak, ishonchli bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarning hisobotlaridan, monografiyalardan, maqolalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ekspertiza jarayonida tug‘iladigan shubxali savollarni tahlil kilib, o‘rganib chiqishi kerak;

  • tekshirilayotgan ma’lumotlarni ishonchlilik bahosini, masalan, ruhsat etilgan o‘lchash xatoliklarini, o‘lchash, sinash va nazorat qilish natijalarini, analitik ma’lumotlarni, boshqa eksperimental ma’lumotlarni aniqlash kerak;

  • har qanday shubxa tug‘diradigan birlamchi ma’lumotlarni ularni dastlabki manbalari bo‘yicha tekshirishi kerak;

  • barcha xulosalar aniq va lo‘nda bo‘lib, o‘tkazilgan ekspertizaning natijalariga asoslangan bo‘lishi talab qilinadi;

  • ekspert ishlarining natijalarini nazorat qilish va o‘z o‘zini nazorat qilish tizimini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Masalan, materiallarni ikki marta tekshirish, dastlabki natijalarni buyurtmachida sinab ko‘rish, “xavfli elementlarni” kuchaytirilgan nazorati, maxsus savollar tug‘ilganida boshqa ekspertlarni jalb qilish va hokazo.

Ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqadigan xavflarni oldini olish uchun euspertiza natijalariga quyidagilar kiritilishi maqsadga muvofiqdir:

  • ekspertizani o‘tkazish jarayonida qabul qilingan soddalashtirishlar va farazlar, masalan, yaqinlashtirilgan matematik formulalarni qo‘llash, ishonchli extimolliklarning qiymatlari, tasodifiy kattaliklar taqsimlanishining tanlangan turlari, chiziqlar va yuzalar approksimatsiyasini qo‘llash va hokazo;

  • olingan natijalarni qo‘llash doirasi chegaralanganligi to‘g‘risida;

  • ekspertiza natijalari uchun muhim bo‘lgan koida va nizomlarni analitik ravishda tasdiqlash.

Shunday qilib, standartlashtirish va metrologik ekspertizalarninig ilmiy asoslari ularning o‘tkazish muddatlarini qisqartirishga yordam beradi, ekspertlardan samarali foydalanishga sharoit yaratadi, ekspertiza sifatini kafolatlaydi.

HUJJATLARNING EKSPERTIZASI ” fanidan



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling