5-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari
Download 64.29 Kb.
|
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
5-MAVZU: INVESTITSIYALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USLUBLARI Reja:
5.2. Investitsiyalar tuzilmasi va ularni investitsion qarorlar samaradorligiga ta’siri. 5.3. Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari. 5.4. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari. Tayanch iboralar: Samara. Samaradorlik. Kapital qo’yilma. Iqtisodiy samaradorlik. Umumiy iqtisodiy samaradorlik. Qiyosiy iqtisodiy samaradorlik. Makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot. 5.1. Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholashning ilmiy, amaliy ahamiyati va tamoyillari Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash nazariyasi va amaliyotining rivojlanishini 3 ta davrga bo‘lish mumkin: 1. Kapitalistik munosabatlarni rivojlantirish (1917 yilgacha). 2. Markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot davri (1917 – 1990 yilgacha). 3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish (1991 yildan hozirgi davrgacha). Investitsiyani samaradorligini 1917 yilgacha baholash bo‘yicha ilmiy ishlar asosan ishlab chiqarish fabrikalari va zavodlarini yaratish ayniqsa Rossiyada temir yo‘llarini qurilishi va ekpulatatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bundan xususan Yu.V. Lomonosovning 1912- yilda Odessada chop etilgan “Temir yo‘llarni ekspluatatsiya qilishning ilmiy muammolari” kitobi, M.G. Destremning “Kanallar va temir yo‘llarning nisbiy foydaliligi va Rossiyada yuklarni tashishning eng qulay usulini aniqlash uchun berilgan takliflarini qulayrog‘ini tanlash bo‘yicha umumiy mulohazalar” kitobi (1831) dalolat beradi Samaradorlik masalalari va jumladan investitsiya loyihasini ko‘proq foydali variantini tanlash A. Vasyutinskiy va V. Yasinining 1905-1908 yillarda chop etilgan hamda “Hozir arzonroq tulangan narsa, keyinchalik ham arzon keladigan narsa emas” (1912) deb hisoblagan V. Sokalskiylar mehnatlarida o‘z aksini topdi. 1934 yilda M.Protodyakonov kapital qo‘yilmalarning nisbiy iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida xarajatlarni izohlashishini hisobga olinishi bilan aniqlanadigan, qurilish - ekspluatatsiya xarajatlarida keltirilgan miqdorni taklif qiladi. Ushbu ko‘rsatkich bir qator kamchiliklarga ega bo‘lsa ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrigacha investitsiya loyihalari qiyosiy samaradorliginining muhim ko‘rsatkichi hisoblangan. Kapital qo‘yilmalarning samaradorligi nazariyasi va amaliyoti rivojiga akademik T.S.Xachaturov katta hissa qo‘shgan. U 40-yillarning oxirida kapital qo‘yilmalarning umumiy (absolyut) samaradorligi tushunchasini kiritgan va uni milliy daromaddagi o‘sishning, ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalarga nisbati orqali aniqlashni taklif etgan. Ko‘rsatilgan sohadagi ilmiy ishlanmalar orasidan, asosiylari sifatida majburiy normalar va qoidalar maqomiga ega bo‘lgan quyidagilarini ajratib ko‘rsatish mumkin: SSSR halq xo‘jaligida kapital qo‘yilmalar va yangi texnika iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali metodikasi(1960.). Kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali metodikasi(1969y). Kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali metodikasi (1980y). Kapital qo‘yilmalar samaradorligini aniqlash metodikasi (1988. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash va ularni moliyalashga tanlab olish bo‘yicha metodik tavsiyalar (1994). Tayyorlangan ishlanmalar investitsilar iqtisodiy samaradorligini baholashda tarmoqlar bo‘yicha nizomlar va yo‘riqnomalar tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularga asoslangan holda “Qurilishda kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma”, “Temir yo‘l transportida kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma” (1973), “Daryo transportida kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma” (1974), hamda loyihaviy yechimlarni iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha ko‘rsatmalar va metodik tavsiyalar xuddi shunday ishlab chiqarilgan. Hozirgi kunda olimlar va mutaxassislar 1994 yilgacha tayyorlangan ishlanmalarlarning ko‘pchiligi bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermasligi ta’kidlab o‘tishmokda. Haqiqatdan ham bu ishlanmalarda inflyasiyani hisobga olmaslik, sharoitlarning noaniqligi va tavakkalchilik darajasi va hakozolar, kabi omillarga o‘rin berilmagan, vaholanki u sharoitlarda bu tushunchalar nafaqat amaliy balki nazariy jihatdan ham hisobga olishga yo‘l qo‘yilmagan. Oldingi metodlarning kamchiliklari sifatida masalaning iqtisodiy va sotsial tomonlarini zaif ishlab chiqilganligi, diskontlash koeffitsientini qabul qilishdagi munozaralar va baxslarni aytish mumkin. Biroq shunga qaramasdan ko‘rilgan ishlanmalar iqtisodiy bilimlarning ma’lum yutuqlari sifatida, kapital qo‘yilmalarning samarador baholashning boshlang‘ich asosi bo‘ladi. Download 64.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling