5-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari
Download 64.29 Kb.
|
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari
Exx = ∆D / K
Exx kattaligi normativ umumiy (absolyut) samaradorlik En bilan qiyoslanishi lozim, agar Exx>En bo‘lsa kiritilayotgan kapital qo‘yilmalar samarali hisoblanadi; b) sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo, kapital qurilishlarning kompleks dasturlari sohalari, alohida texnik-iqtisodiy muammolar bo‘yicha umumiy (absolyut) samaradorlik ko‘rsatkichi Exxt – sof mahsulot yillik o‘sishining(∆SM), ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi: Exxt= ∆SM / K v) xo‘jalik hisobidagi tarmoqlar, birlashmalar, tashkilotlar bo‘yicha Exk – yillik foyda o‘sishining(∆F), ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi: Exk= ∆F / K g) yangi quriladigan korxonalar, sexlar, boshqa alohida ob’yekt hamda tadbirlar bo‘yicha Eat – foydaning, qurilayotgan ob’yekt smeta qiymatiga yoki alohida tadbir bo‘yicha kapital xarajatlar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi: Eat= F / K d) tannarxning yoki hisoblangan narxlarning kaiaytirish ko‘rsatkichlari qo‘llaniladigan tashkilot va tarmoqlar, shuningdek zarar bilan ishlayotgan korxonalar bo‘yicha Ek quyidagicha aniqlanadi: Ek= (S1-S2) / K Bu yerda S1 va S2-kapital qo‘yilmalar kiritishdan oldinggi va keyinggi mahsulot tannarxi. Kapital qo‘yilmalarining samaradorligini aniqlash kapital qo‘yilmarining yaxshi variantini tanlash imkonini beradi. Umumiy qilib aytganda, loyihalashtirish va rejalashtirishning moxiyati bu texnik, xo‘jalik hamda rejali qarorlarni eng yaxshi variantini tanlashdir. Bu yerda gap xalq xo‘jaligi tarmoqlari, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish, korxonalarni joylashtirish xududlari, quvvatlarini tanlash, yangi qurilishlar hamda amaldagi korxonalarni qayta ko‘rish, qurilish va kiritilayotgan quvvatlarni o‘zlashtirirsh muddatlarini aniqlash, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari va boshqalarini rivojlantirish yunalishlari haqida ketayapti. Loyihaning turli variantlarini solishtirish shuni ko‘rsatadiki, qator holatlarda eng past tannarxli variant katta hajmli kapitalni talab qiladi, ob’yektni yaratishga kam qo‘yilma qo‘yilishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarining sarflanishi qurilish muddatlarini o‘zaytiradi. Bundan joriy xarajatlarga qo‘shimcha kapital qo‘yilmalarini tejamkorlik bilan jalb etish zaruriyati kelib chikadi. Solishtirma samaradorlikni hisoblash, asosan qushimcha kapital qo‘yilmalarining iqtisodiy samaradorligini aniqlashni ko‘zda tutadi, bu quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Download 64.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling