5-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari


Investitsiyalar tuzilmasi va ularni investitsion qarorlar


Download 64.29 Kb.
bet2/7
Sana21.06.2023
Hajmi64.29 Kb.
#1639977
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari

5.2 Investitsiyalar tuzilmasi va ularni investitsion qarorlar
samaradorligiga ta’siri

Investitsiyalarning qoplanishi ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning tuzilmasiga, ya’ni kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmidagia alohida xarajatlarning ulushiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.


Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi turlarga ajratadilar.
1. Texnologik tuzilma.
2. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi.
3. Tarmoqlararo tuzilma.
4. Hududiy tuzilma.
Investitsiyaning texnologik tuzilmasi – bu qurilish-montaj ishlarini bajarish, asbob-uskunalar, mashinalar va boshqa mehnat vositalarini sotib olish hamda loyihaviy-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘zaro foizlardagi nisbatidir. Iqtisodiy jixatdan foydaliroq bo‘lib shunday tuzilma hisoblanadiki, unda qurilish-montaj ishlariga xarajatlarning ulushi kamayib boradi va ishlab chiqarish asbob-uskunalariga ketadigan xarajatlar qismi nisbatan tezroq o‘sib boradi. Biroq texnologik tuzilma yaratilayotgan asosiy fondlarning xarakteri va qurilish tarmog‘iga sezilarli darajada bog‘liq. Takror ishlab chiqarish strategiyasi.
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilishlarga qilinayotgan xarajatlar bilan, faoliyat yuritayotgan korxonani rekonstruksiya qilish, kegaytirish va texnik qayta qurollantirish xarajatlari orasidagi shuningdek, asosiy fondlarni eskirishi sababli chiqarilishini qoplash xarajatlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni o‘zida aks ettiradi.
Bugun investitsion siyosat qayta ta’mirlashga, faoliyat yuritayotgan korxonalarni texnik ta’mirlash va kengaytirishga ajratilayotgangan xarajatlarini ko‘paytirishga, yangi qurilishni ulushini esa qisqartirishga sezilarli burilish qilmoqda, vaholanki, yangi qurilishlarsiz ilmiy – texnika taraqqiyotiga va raqobatbardosh zamonaviy ko‘rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish qiyin.
Tarmoqlararo tuzilma xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari o‘rtasida va ularni ichida investitsiyalarning taqsimlanishini foizlarda aks ettiradi. Masalan, investitsiyalarning umumiy hajmidan sanoatni qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa, qurilish industriyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ulushlari - bu tarmoqlararo taqsimlanish va kapital qo‘yilmalar tuzilmasi; sanoatga kiritilayotgan kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmidan mashinasozlik, kimyo, yoqilg‘i sanoati, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga sarflanadigan ulushlari – bu investitsiyalarning tarmoqlar ichidagi tuzilmasi.

Download 64.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling