5-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari


Download 64.29 Kb.
bet6/7
Sana21.06.2023
Hajmi64.29 Kb.
#1639977
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari

E=(S1+EnK1) - (S2+EnK2)
bu yerda: S1 va S2 – qiyoslanayotgan variantlarda mahsulot tannarxi;
K1 va K 2– qiyoslanayotgan variatlarda kapital qo‘yilmalar.
Agar En o‘rnatilgan normativga teng yoki kam bo‘lsa, qushimcha kapital qo‘yilmalar tejamli hisoblanadi. Bir necha variantlar yechimlarini solishtirishda variantlar bo‘yicha keltirilgan xarajatlar(Xkel)ni hisoblashdan foydalaniladi:


Xkel= S + EnK → min
bu yerda :
S - har bir variant bo‘yicha joriy xarajatlar;
En – kapital qo‘yilmalarning normativ koeffitsienti;

K - shu variant bo‘yicha kapital qo‘yilmalar.


Kapital qo‘yilmalarning solishtirilayotgan variantlari, aniqlanayotgan samaradorlik belgisidan tashqari barcha belgilar (mahsulot hajmi, tarkibi, sifati, tayorlash muddati) bo‘yicha, shuningdek ijtimoiy ta’sir, jumladan atrof-muxitni himoya qilish bo‘yicha solishtirma jihatga (solishtirish imkoniyatlariga) ega bo‘lishi kerak.
Hozirga paytda amaliyotda investitsiyalar samaradorligini aniqlashda BMTning YUNIDO tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan metod keng qo‘llanilmoqda. Bu metod mazmuni va asosiy ko‘rsatkichlari bilan ushbu ma’ruza mantnlarining mualliflari tomoninidan tayyorlangan «Biznes-rejalashtirish» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma va ma’ruza matnlarida tanishish mumkin.


5.4. Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PF-5495-son Farmoniga muvofiq:


a) 2018 yil 1 oktyabrdan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etilmoqda:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;
ko‘chmas mulk ob’yektlarini (mehmonxonalar, savdo ob’yektlari, madaniy-ko‘ngilochar majmualar, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, ta’lim va tibbiyot tashkilotlari, yo‘l infratuzilmasi va boshqalar) qurish uchun yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini auksion orqali sotish;
b) quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimlariga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va tartibda 10 million AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi “Davlat mulki ob’yektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan ob’yektlar bundan mustasno) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berildi.
2. Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining 2018 yil 15 avgustdan 2019 yil 15 avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eksperiment (keyingi o‘rinlarda eksperiment deb yuritiladi) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha investitsiya shartnomalarini tuzish orqali Toshkent shahar hokimining qarori asosida soddalashtirilgan tartibda investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy egalik, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini taqdim etish imkoniyati;
investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha investitsiya kelishuvi asosida Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat mulki ob’yektlarini, shu jumladan foydalanilmayotgan ob’yektlarni ularning maydoni hajmidan qat’i nazar berish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutilgan sohalardagi ob’yektlar bundan mustasno;
Toshkent shahar hokimining qarori bilan kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish;
Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlarining bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini ularning balans qiymati va xodimlari sonidan qat’i nazar xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan berish, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarining ijro etuvchi organi funksiyalarini shartnoma asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga biznesni tashkil etish va yuritish uchun berish. Bunda, har bir tumanda mahalliy davlat hokimiyati organining ulushi bo‘lgan bitta mahalliy bozor saqlab qolinishi nazarda tutilsin;
Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida avtomobil yo‘llari bo‘ylab pulli avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, xususiy investorlarni jalb qilgan holda ko‘p qavatli avtomobil saqlash joylarini qurish dasturlarini tasdiqlash;
eng yuqori ijara to‘lovlari va investitsiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan yo‘l harakati sohasida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik sub’yektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga berish.
Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligi ijtimoiy mehnat unumdorligini oshishi hamda mahsulot tannarxini kamayishi bilan ifodlanadi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish milliy hamda jaxon tajribalari asosida tashkil etilishi, hamda nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, balki ishchilar mehnatini engilashtirish, unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga yo‘naltirilishi lozim.
Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishdagi birinchi darajali omil – vaqt bo‘lib, ob’yektlar qanchalik tez ishga tushsa shunchalik tez va ko‘p mahsulot ishlab chiqariladi va (xalq ) aholi ixtiyoji qondiriladi yoki aksincha, qurilish muddatining o‘zayishi kapital qo‘yilmalarining samaradorligini pasaytiradi. Misol uchun, qurilish muddatining 10% ga o‘zayishi qurilish montaj ishlarini tannarxini 1-2%ga oshiradi. Qurilish muddatini haddan tashqari o‘zaytirish, bitkazilmagan, chala qurilishlar hajmini kengaytiradi, asosiy fondlarni joriy etish rejalarini bajarilmasligiga olib keladi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligi qurilishning tashkil etilishiga, qurilish tashkilotlarining faoliyatiga bog‘liqdir. Qurilish ishlari qanchalik oqilona samarali tashkil etilsa, shunchalik ko‘p yangi korxonalar, uylar, maktablar, kasalxonalar va boshqa ob’yektlarni qurish mumkin.
Kapital qo‘yilmalarning samarali yunaltirishni rejalashtirish quyidagilarga alohida e’tibor berishni talab qiladi:

  • asosiy (ya’ni muhim) ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish;

  • mamlakat xududida iqtisodiy asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish, tabiiy resurslardan tularoq foydalanish, iqtisodiy hududlarni rivojlantirish, korxonalarni ixtisoslashtirish va kooperatsiyani tashkillashtirish;

  • moddiy va mehnat resurslarini oqilona yunaltirish, chunki bu vositalarini amalga tezroq kiritishga imkon yaratadi.

Loyihalashtirishda qurilayotgan korxonalarning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, texnik darajasini aniqlash, samarali loyihaviy qarorlar, qurilishni amalga oshirishning oqilona va samarali yo‘llari belgilanadi.
Shuni aytish lozimki, zamonaviy loyihalash amaliyotida na’munaviy (ommaviy) loyihalar bilan bir qatorda, maqdan vaa materiallarni tejashga yo‘naltirilgan individual loyihalarni yaratish ham rivojlanib bormoqda. Texnologik tizimni qayta qurilishga tez moslashadigan yangi bino va inshootlar qurilishni loyihalashtirish amalda ko‘paymokda. Sanoat korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida issiklik, energiya va shovqinga qarshi xarakteristkalarga ega uskunalardan foydalanilayapti.
Zamonaviy loyihalarda binolarga mashina yoki uskunalar uchun quti sifatida qarashayapti. Moxiyatan ular kapital qo‘yilmalar hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshrishga imkon beruvchi optimal mehnat sharoitlarini hamda texnologik jarayonlarini yo‘lga quyishni anglatadi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligini oshirishning muhim yo‘li - bu ularning texnologik va takror ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirishdir. Vaholanki, bu qo‘shimcha vositalarni talab qilmaydi va asosan loyihalashtirish hamda rejalashtirish bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ma’lumki, kapital qo‘yilmalari qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, uskunalarni, inventarlarni sotib olish va boshqa ishlarga – loyiha qidiruv, qurilish maydonini tayyorlash, qurilayotgan korxona uchun kadrlarni tayyorlash va x.k. larga sarflanadigan xarajatlardan kelib chiqadi.
Fondlarning aktiv qismiga ajratilgan mablag‘ning ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab chiqarishning va kapital qo‘yilmalarning samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmidan harakatdagi korxonalarni rekonstruksiya qilish, qayta texnik qurollantirish va kengaytirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning ulushini oshirish orqali, qisqa muddatlarda va kam xarajatlar bilan iqtisodiy samaraga erishish mumkin.



Download 64.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling