Hujjatlashtirish va inventarizatsiya
Download 23.43 Kb.
|
Hujjatlashtirish va inventarizatsiya
Hujjatlarning aylanishi
Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos boluvchi hujjatlar bir necha m as’ul shaxslarda, bolim larda, korxonalarda harakatda boladi va o ‘z mo’ljali bo‘yicha xizmat qilib bolganidan so‘ng, belgilangan tartibda arxivga topshiriladi, ya’ni hujjat aylanishi sodir boladi. Demak, hujjatlarning aylanishi birlamchi hujjatlar tuzilib, ulami qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilgungacha bolgan harakatidir. Buxgalteriya hisobining har bir obyekti hujjatlari alohida aylanish tizimiga ega. Masalan, kassa hujjatlarining aylanishi kirim-chiqim orderlari hujjatlarini rasmiylashtirishdan boshlanib, to kassa chiqimining hisoboti va moliyaviy hisobotgacha boradi.Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Hujjatni tekshirishda quyidagilami e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Shakl nuqtayi nazaridan (hujjat to‘g ‘ri toMdirilganligi, hamma rekvizitlar mavjudligi, to‘liqligi).Mazmun nuqtayi nazaridan (hujjatlashtirilayotgan jarayon qonuniyligi, iqtisodiy mazmunga ega ekanligi, alohida ko‘rsatkichlar mantiqiy bog‘liqligi, arifmetik xatolar yo‘qligi).Iqtisodiy mantiqsiz, qonunga xilof jarayonlar aks ettirilgan hujjatlar rasmiylashtirishga va jarayonning bajarilishiga qabul qilinmaydi. Bunday hujjatlar tegishli qaror qabul qilish uchun korxona boshqarma buxgalteriyalariga topshirilishi shart.Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan hujjatni yana qayta ishlashning oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob registriga yozilgan muddati,agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali am alga oshirilsa, ularni ishlashga javobgar nazoratchi tomonidan shtamp orqali belgi qo‘yiladi. Kassa jarayonlariga asos boiuvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov vedomostlariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda yoki shtampda «olindi» yoki «tolandi» degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatib aks ettirilishi shart. Buxgalteriya hisobida hujjatlar harakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa korxona, tashkilot va muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga uzatish uchun olinishi ro‘yxat bilan tartibga solinadi. Hujjat aylanishi ro‘yxatining tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Ro‘yxatni tuzishdan maqsad hisob ishlarini osonlashtirish va hujjat aylanishini oqilona tashkil etishdan iborat. Download 23.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling