Hujjatlashtirish va inventarizatsiya


Download 78.63 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2023
Hajmi78.63 Kb.
#1142302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hujjatlashtirish va inventarizatsiya

AQ




YES


=


--------------


AM




AXM


=


------------


x100%




OES


=


------------


AM






100










AM










12x100




YES — yillik eskirish summasi;
AQ — aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati;
AXM — aktivning xizmat muddati;
AM — amortizatsiya me’yori;
OES — oylik eshkirish summasi.
Ushbu usul amortizatsiya faqat foydali xizmat muddatiga bog‘liq degan taxminga asoslangan.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli amortizatsiya summasini aktivning taxmin qilinayotgan ishlatilishi yoki taxmin qilinayotgan ishlab chiqarish unumdorligidan kelib chiqqan holda hisoblashga asoslangan. Bunda amortizatsiya quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:






AQ






AS


=


------------------------


x DBS








CHBS






AS — amortizatsiya summasi;
AQ — aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati;
DBS — mazkur davrdagi birliklar soni;
CHBS — aktivning butun foydali xizmat muddati uchun hisoblab chiqilgan (chamalangan) birliklar soni.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli amortizatsiya (eskirish) faqat foydalanish natijasi bo‘lib hisoblanishigagina asoslanadi va davrning bir qismi uning hisoblanish jarayonida biror-bir rolь o‘ynamaydi.
Aktivdan intensiv foydalanilganda, ayniqsa ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida aktiv eskirishini jadallashtirilgan amortizatsiya usullari asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli hisoblanadigan amortizatsiya summasini aktivning foydali xizmat muddati mobaynida kamayishini anglatadi. Ushbu usulda teng maromli usulida foydalaniladigan me’yorga qaraganda ikki baravar oshirilgan amortizatsiya me’yori olinadi.
Nomoddiy aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan amortizatsiya usuli vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim, agarda ushbu aktivlardan iqtisodiy foyda olishning taxmin qilinayotgan chizmasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lgan holda, usul ushbu o‘zgarishlarni aks ettirish uchun o‘zgartirilishi va buxgalteriya baholarida o‘zgarishlar sifatida aks ettirilishi lozim, joriy va kelgusi davrlar amortizatsiya ajratmalariga esa tuzatish kiritilishi lozim.
Davrdagi amortizatsiya ajratmalari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan bank xarajatlariga kiritiladi:
Dt 56618 «Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi»
Kt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi» (kontr-aktiv)
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida balansdan hisobdan chiqariladi:
1) to‘liq eskirishi;
2) sotilishi;
3) tekinga berilishi;
4) fors-major holatlarida.
Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan yuzaga keladigan foyda yoki zararlar aktivni sotishdan sof tushumlarning baholangan summasi bilan uning qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi hamda daromad yoki xarajat sifatida foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Foydalanilishi to‘xtatilgan va chiqib ketish uchun mo‘ljallangan nomoddiy aktivlar aktivni faol foydalanishdan chiqarish sanasida ularning balans qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar chiqib ketishida ularning qoldiq qiymati quyidagi tarzda aniqlanadi:
1) yig‘ilgan eskirish summasiga:
Dt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi» (kontr-aktiv)
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
2) mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha 30908 — hisobvaraqda bor bo‘lgan qoldiq summasiga:
Dt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»
Kt 31203 «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»
Hisobdan chiqariladigan nomoddiy aktivlar sotilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:
1) nomoddiy aktivlar etkazib berilgandan so‘ng xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilgan holda:
Dt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar».
2) to‘lov kelib tushgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari:
a) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan katta bo‘lsa:
Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i
Kt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
Kt 45913 — «Bankning boshqa xususiy mulkini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda»
b) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lsa:
Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i
Dt 55906 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar»
Kt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
3) oldindan to‘lov amalga oshirilgan holda:
Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i
Kt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi» va ayni vaqtda:
a) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan katta bo‘lsa:
Dt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»
Kt 45913 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan foyda»
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
b) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lsa:
Dt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»
Dt 55906 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar»
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
To‘liq eskirganligi munosabati bilan, fors-major holatlarida, tekinga berilganda nomoddiy aktivlarning qiymati belgilangan tartibda zararga hisobdan chiqariladi va quyidagi o‘tkazma bilan rasmiylashtiriladi:
qoldiq qiymati summasiga:
Dt 55906 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar»
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
Agar nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqli bo‘lsa, xizmat muddati tugaganligiga qaramay bank ulardan foydalanishni davom ettirishi mumkin. Bunda nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblanmaydi.
Tayanch so’z va iboralar.
1.Nomoddiy aktivlar
2.Gudvill
3.Boshlang’ich qiymat.
4.Faol ikkilamchi bozor.
5.Dasturiy ta’minot.
6.Qayta baholash.
7.Amortizatsiya
8.Fors-major holatlar
9.Taqsimlanmagan foyda
10.Daromad va xarajatlar.
Nazorat savollari
1.Nomoddiy aktivlar deganda nimani tushunasiz?
2.Nomoddiy aktivlarga nimalar kiradi?
3.Gudvill deb nimaga aytiladi?
4.Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasining nechta usuli mavjud?
5.Boshlang’ich qiymat deb qanday qiymatga aytiladi?
6.Bank nomoddiy aktivlari qayday usullar bilan shakllanadi?
7.Nomoddiy aktivlar qanday holatlarda balansdan chiqariladi?
8.Nomoddiy aktivlar tan narxini shakllantirilayotganda qanday xarajatlar kirilishi mumkin?
9.Nomoddiy aktivlar qaysi hisobvaraqda yuritiladi?
10. Nomoddiy aktivlar tekinga olinganda qanday buxgalteriya provodkasi beriladi?
Test:
1. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasining nechta usuli mavjud?


A)3 ta
B)2ta

C)4ta
2. Nomoddiy aktivlar qaysi hisobvaraqda yuritiladi?
A)16501
B)16601

C)17601
3.O’zbekiston Respublikasi Banklarida Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnomaga nechinchi yilda Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan?
A)2000-yil 4-avgust
B)2002-yil 12-oktabr
C)2000-yil 5-fevral
4.Nomoddiy aktivlar berilmagan qatorni toping?
A)Dasturiy ta’minot
B)Patent
C)Kompyuter
5.Nomoddiy aktivlarga eskirishj qachondan boshlab hisoblab yoziladi?
A)Sotib olingan kundan boshlab.
B)Sotib olingan kundan qat’iy nazar yil boshidan.
C)Foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oydan boshlab.
6.Qaysi holatda bank nomoddiy aktivni balansda haqiqiy tannarxda aks ettiradi?
A)sotib olganda
B)Bank ichida yaratilgan bo’lsa
C)Tekinga olganda
7.Nomoddiy aktivlarni haqiqiy qiymatini topishda nimalar chegirilad?
A)hech nima chegirilmaydi
B)barcha savdo chegirmalari va qaytarishlar
C)barcha tashqi xarajatlar
8.Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqli bo’lsa va xizmat muddati tugaganligidan qat’iy nazar foydalanishni davom ettirayotgan bo’lsa amortizatsiya hisoblanadimi?
A)HA
B)Yo’q

C)Ixtiyoriy
9.Nomoddiy aktivlarni qayta baholashning musbat natijasi qaysi hisobvaraqda hisobdan chiqariladi?
A)30309
B)31203

C)16601
10.Agar da’sturiy ta’minot tegishli uskunaning tarkibiy qismi hisoblansa u …… ?
A)nomoddiy aktiv
B)moddiy aktiv
C)asosiy vosita.
Tarqatma material
Nomoddiy aktivlar qiymatini to‘liq yoki qisman oldindan to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
Kt bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i
Aktiv kelib tushgan paytda:
Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
Kt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:
1) Nomoddiy aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish:
Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
Kt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun
to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»
2) Aktivlar qiymati to‘langanda:
Dt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»
Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i
Nomoddiy aktivlar tekinga olinganda tekinga olingan nomoddiy aktivlarning real qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi rasmiylashtiriladi:
Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
Kt 30905 «Tekinga olingan mulklar»
Agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan oshsa, bu oshish 30908 — «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat» hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
a) Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»;
Kt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi
qo‘shimcha qiymat»;
b) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa:
Dt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi
qo‘shimcha qiymat»;
Kt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi (kontr-
aktiv)».

Teng maromli hisoblash usuli o‘zgarmas eskirish (amortizatsiya) summasini teng maromda, asosiy vositalarning foydali xizmat muddati mobaynida ularning qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblashga asoslanadi. Bunda quyidagi formulani ishlatish maqsadga muvofiq:






AQ










1











Download 78.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling