Hukm borliqni aks ettirishning mantiqiy shakli
hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1535643697 67643
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab hukmlar
- Savol va javobning muhokama yuritishda tutgan o’rni Savol
hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi.
Munosabat hukmlari sifatiga ko’ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo’linadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o’zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarida esa predmetlar o’rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi. Munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra ham turlarga bo’linadi. Xususan, ikki o’rinli munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, xususiy- xususiy, yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo‘linadi. Murakkab hukmlar Hukm terminlari birdan ortiq bo’lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog’lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo’llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o’zaro birikishidan hosil bo’ladi. Mantiqiy bog’lovchining mazmuniga ko’ra murakkab hukmlarning qo’yidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent. Savol va javobning muhokama yuritishda tutgan o’rni Savol - o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. U o’zining asosiga, (datum questioins) bazisiga ega. Savolning asosini unda mujassamlashgan bilim (axborot) tashkil etadi. Savollarning bir qancha turlarini farq qilsa bo’ladi. Xususan, savol o’zining asosiga ko’ra to’g’ri va noto’g’ri qo’yilgan savollarga bo’linadi. Javob - predmet haqidagi avvalgi bilimni qo’yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtiradigan, to’ldiradigan yangi hukm (mulohaza) dan iborat. U savolning asosini (bazisini) tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yangi bilim olishga imkon beradi. Bilimlarimiz predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan hukmlar (mulohazalar) dan yangi, ularni to’ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savollarni qo’yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling