Hukm (mulohaza) Reja
Download 1.28 Mb.
|
portal.guldu.uz-Hukm (mulohaza)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predikatning mazmuniga ko’ra oddiy hukm turlari.
1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o’zida ham umumiy, ham tasdiq bo’lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o’rganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S-Pdir» formulasi orqali ifodalanadi.2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o’zida ham umumiy, ham inkor bo’lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm»Hech bir S-P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi. 3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham tasdiq bo’lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S-P dir» formulasi orqali ifodalanadi. 4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham inkor bo’lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug’ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S-P emas» bo’lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi. Predikatning mazmuniga ko’ra oddiy hukm turlari.Ular qo’yidagilardan iborat:atributiv hukmlar,mavjudlik hukmlariva munosabat hukmlari.Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko’rsatiladi. Shuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta’riflasa bo‘ladi.Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o’rtasida muayyan munosabatlarning bo’lishi yoki bo’lmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi.Munosabat hukmlari sifatiga ko’ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo’linadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o’zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarida esa predmetlar o’rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi.Munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra ham turlarga bo’linadi. Xususan, ikki o’rinli munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, xususiy-xususiy, yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo‘linadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling