Hukm, uning mohiyati va ahamiyati Hukmning mazmuni va uni chiqarish tartibi
Download 24.08 Kb.
|
2-MAVZU HUKIM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sudning xususiy ajrimlari
Hukmni e’lon qilish
Sud hukmni imzolaganidan keyin sud majlisi zaliga qaytib chiqadi va raislik qiluvchi yoki xalq maslahatchisi hukmni e’lon qiladi. Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan barcha shaxslar, shu jumladan sud tarkibi ham hukmni tik turib eshitadilar. Hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan tilda bayon qilingan bo‘lsa, hukm e’lon qilingandan keyin, tarjimon hukmni sudlanuvchining ona tilida yoki u tushunadigan boshqa tilda o‘qib eshittiradi. Raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, hukm ustidan ular istagi bo‘yicha apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish muddati va tartibini tushuntiradi. Agarda sudlanuvchi favqulodda jazo chorasi - umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan bo‘lsa, unga afv etishni so‘rab iltimos qilish huquqi ham tushuntiriladi. Sudlanuvchi oqlanganda, shuningdek jazo tayinlanmasdan yoki jazodan ozod qilib yoxud shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlab hukm chiqarilganda hamda sudlanuvchi dastlabki qamoqda saqlangan vaqtdan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda qamoqda saqlanayotgan sudlanuvchi darhol bevosita sud majlisi zalining o‘zida ozod qilinishi lozim. Hukm e’lon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta bo‘lgan taqdirda esa, o‘n sutkadan kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi lozim. Boshqa taraflarga hukm nusxasi yoki uning ko‘chirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi. Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan bo‘lsa, hukmning ko‘chirma nusxasi unga qamoqda saqlash joyining ma’muriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat ko‘chirma nusxa topshirilgan sana va vaqt ko‘rsatilgan holda sudga taqdim etiladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning voyaga yetmagan bolalari, qari ota-onalari, qaramog‘ida boshqa shaxslar bo‘lsa va ular qarovsiz hamda yordamsiz qolayotgan bo‘lsa, sud ayblov hukmini chiqarish bilan bir vaqtda ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning yoxud muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirish to‘g‘risida, mahkumning qarovsiz qolayotgan mol-mulki yoki uy-joyi bo‘lsa, ularni qo‘riqlab turish choralarini ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. JPKning 50-moddasida ko‘rsatilgan tartibda tayinlangan advokat ishda himoyachi bo‘lib qatnashgan hollarda sud advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbarining iltimosnomasi bo‘lgan taqdirda ajrim chiqarib, unda advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi foydasiga mahkumdan haq undirish va bu haqning miqdori to‘g‘risidagi masalani hal qiladi. JPKning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur bo‘lganda sud hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy ajrim ham chiqaradi. Ushbu moddada ko‘rsatilgan barcha protsessual qarorlar sud majlisining zalida hukm e’lon qilinganidan keyin o‘qib eshittirilishi lozim. Hukm e’lon qilinganidan keyin raislik qiluvchi yoki sud raisi qamoqda saqlanayotgan mahkumning yaqin qarindoshlari yoki uning himoyachisi iltimosiga ko‘ra u bilan uchrashish imkoniyatini berishi shart. Sudning xususiy ajrimlari Bir necha shaxsni turli hududlarda sodir etgan jinoyatlari uchun ayblash to‘g‘risidagi jinoyat ishlari, shuningdek bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash to‘g‘risidagi jinoyat ishlari birlashti- rilganda, agar bu ishlar bir xil darajadagi ikki yoki bir necha sudning sudloviga tegishli bo‘lsa, ish dastlabki tergov qaysi hududda tamom- langan bo‘lsa, shu hududdagi sud tomonidan ko‘riladi. Bir shaxs yoki bir guruh shaxslar turli darajadagi sudlarning sudloviga tegishli bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan bo‘lsa, bunday ishlar yuqori sud tomonidan ko‘riladi. Agarda ish bo‘yicha bir shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblansalar va bu shaxslardan loaqal biri yoki jinoyat- lardan biri haqidagi ish harbiy sudning sudloviga tegishli bo‘lsa, barcha jinoyatlar va barcha shaxslarga doir ish harbiy sud tomonidan ko‘riladi. Jinoyat Download 24.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling