Hukmning tarkibi va xususiyatlari reja: Hukmning tarkibi va xususiyatlari


Download 28.7 Kb.
bet1/2
Sana08.02.2023
Hajmi28.7 Kb.
#1178587
  1   2
Bog'liq
f18


HUKMNING TARKIBI VA XUSUSIYATLARI 
 
REJA: 

1. Hukmning tarkibi va xususiyatlari 




2. Oddiy hukmlarning son va sifat jihatidan bo’linishi. 


3. Hukmlar o’rtasidagi munosabatlar. 
 

1. Hukmning tarkibi va xususiyatlari 
Hukm predmetga ma'lum bir xossa va munosabatning xos yoki xos 
emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. hukmlar tasdiq va inkor shaklida bo’ladi. 
Masalan, tushuncha tafakkur shaklidir – tasdiq hukm, tushuncha gap emas – inkor 
hukm. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning ichki, zaruriy 
xossalari, bog’lanishlari va munosabatlarini bilib boramiz. Predmetlar haqida hosil 
qilingan bilimlar hukm yordamida ifodalanadi. hukm ham tushunchaga o’xshash 
ob'ektiv voqe'lik in'ikosi natijasi sifatida fikrni ifodalashning mantiqiy shaklidir. 
Bizning har bir chin (yoki xato) fikrimiz voqelikdagi narsa va xodisalarning 
xossalari, o’zaro munosabatlari borligi yoki yo’qligi hamda bu voqelik 
elementlarining xossalari, ular orasidagi munosabatning doimiyligi, zaruriy yoki 
tasodifiyligi xaqida borsa, unda bizning fikrimiz hukm shaklida ifodalanadi. 
Tasdiq yoki inkor har bir hukmning xarakterli belgisidir. Shuning uchun, agar 
hukm o’ziga xos bo’lgan tasdiq yoki inkor belgisiga ega bo’lmasa, u hukm bo’la 
olmaydi. Demak, hukm narsa va xodisalar, ularning turli belgilari, xususiyati va 
munosabatlari haqidagi tasdiq yoki inkor shaklidagi fikrdir.  

Chin hukmda buyum belgisi va munosabati xaqidagi fikr voqe'likda buyum


belgisi va munosabati qanday bo’lsa, xuddi shunday olinadi. Masalan, Antarktida 
okeandir – chin hukm. Agar voqe'likdagi buyumlarga xos xususiyat va munosabat 
xos emas deb, xos emas xossa va munosabat xos deb olinsa, unda hukm albatta 
xato bo’ladi. Masalan, Antarktida okean emas va Antarktida dengizdir – xato 
hukmlar hisoblanadi.
Tafakkur til bilan bog’liq bo’lganligi sababli hukm gap bilan bog’liq. hukm 
va gap aynan bir xil emas. hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik 
kategoriya hisoblanadi. Barcha gaplar ham hukmni ifodalamaydi. So’roq, undov 
va buyruq gaplar asosan hukmni ifodalamaydi. Ba'zi so’roq gaplar (so’roq - ritorik) 
gaplar hukmni ifodalaydi. Masalan, “Onani kim sevmaydi?” so’roq gapi “Onani 
hamma sevadi” ma'nosidagi darak gap o’rnida ham kelishi mumkin. So’roq 
gaplarning asosiy maqsadi javob olishdir. Shuning uchun so’roq gaplar bir qator 
hukmlar yordami bilan ma'lum xabarni yetkazish usulidir. So’roq gapdagi «nima 
bo’ldi:?» so’rog’i «nimadir bo’lganligi» hukmini ifodalaydi. Bunday holat 
bo’lmaganda edi, so’roq ham ma'nosiz fikrga aylanar edi. Shuning uchun har bir 
so’roq gapda ikki bo’lak, birinchisida boshlang’ich xabar «nimadir bo’lganligi» va 
ikkinchisida aynan “qaysi hodisa bo’lganligi” haqidagi savol spetsifikasini tashkil 
etuvchi muaammo mavjud. Shunga o’xshash holat undov gaplarda ham mavjuddir. 
Fikrlash jarayonida turli xil savollarga bir xil gap shaklida javob beriladi. Shuning 
uchun bitta gap turli xil hukmlarni ifodalashi mumkin. Bundan tashqari hukm bilan 
gapning tarkibi bir-biridan farq qiladi. Gapda ega va kesim bir yoki bir necha so’z 
yordamida ifodalanadi. Shuning uchun gapda ega va kesimdan tashqari, boshqa 
bo’laklar aniqlovchi, to’ldiruvchi kabi bo’laklar ishtirok etishi mumkin, shunga 
qarab gapnig strukturasi o’zgarib turadi. hukm tarkibi qat'iy bo’lib, sub'ekt, 
predikat va ularni munosabatini aniqlovchi bog’lovchidan iborat bo’ladi. hukmning 
sub'ekti – bu hukmning predmetini ifodalovchi tushuncha bo’lib, S simvoli bilan 
ifodalanadi. hukmning predikati – uning predmeti belgisi va munosabatini 
ifodalovchi tushuncha bo’lib, P simvoli bilan ifodalanadi. Sub'ekt va predikat 
hukmning terminlari hisoblanadi. Subekt va predikat munosabatini mantiqiy 

bog’lovchi “ – ” ifodalaydi. U o’zbek tilidagi “ifodalaydi”, “hisoblanadi”, 


“boradi”, “keladi” kabi fe'llarga to’g’ri keladi. hukmning formulasi – S – P.
Masalan, daftar (S) – (bog’lovchi) o’quv quroli (P). 

Download 28.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling