Хulоsа Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо’yхаti


Download 484.54 Kb.
bet1/15
Sana26.03.2023
Hajmi484.54 Kb.
#1297973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MUROD KURS ishi tayyorr



MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………….………..…………………2
1. Xalqaro moliyaviy bozorlar mohiyati, tasnifi va nazariy asoslari……………….4
2.Xalqaro moliya bozorlarining tartibga solishda qo’llaniladigan usullari.…….…10
3. Globallashuv sharoitida Xalqaro moliya bozorlarining rivojlanishida xalqaro moliya institutlarining o’rni ………………………………………………………16
4. Xalqaro moliya bozorlari operatsiyalarining to’lov balansiga ta’siri tahlili …...20
5. O’zbekiston sharoitida xalqaro moliya bozorlarining huquqiy asoslari va ularni rivojlantirish yo’llari ……………………………………………………...………32
Хulоsа………………………………………………………………………42
Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо’yхаti……………………………………....45


KIRISH
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar har bir mamlakat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli global sharoitda amalga oshirilayotgan xalqaro moliya bozorlar va operasiyalarini boshqarish va ularni tartibga solish nafaqat mamlakat aholisiga, balki mamlakatimiz hukumati bilan hamkorlikda ish yuritayotgan xalqaro tashkilotlar va boshqa mamlakatlar hukumatlari uchun ham foydali hisoblanadi. O’z navbatida mamlakatimiz iqtisodiyotida xalqaro moliya operatsiyalari, jumladan, eksport va import, xorijiy kapital oqimlari, qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar ortib bormoqda.
Ma’lumki, xalqaro moliya bozorlar mamlakat to’lov balansini tuzishning asosi hisoblanadi va to’lov balansining ko’rsatkichlari asosida mamlakatning ahvoli va uning salohiyatiga baho beriladi. Shu sababli xalqaro moliya operatsiyalarini tartibga solish va ularni boshqarish jarayonida huquqiy-me’yoriy asoslar va alohida strategiyalar ishlab chiqilishi lozim.
Yetakchi rivojlangan mamlaktlarda xalqaro moliya bozorlar tartibga solish va boshqarishga oid ulkan tajriba shakllangan bo’lib, rivojlanib borayotgan mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun ushbu mamlakatlar tajribasidan keng foydalanish yuqori samara berishi mumkin.
Ayni vaqtda mamlakatimizda xalqaro moliya bozorlarini boshqarish hali yetarli darajada rivojlanmagan va hozirda shakllanish bosqichidadir.
Mamlakatimizda o’tgan yillar mobaynida tashqi iqtisodiy siyosatni rivojlantirish, huquqiy me’yoriy bazani takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni ta’kidlab o’tish lozim. Xususan, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 20-dekabrdagi “Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3439-sonli qarori1 xalqaro miqyosda amalga oshiriladigan iqtisodiy jarayonlarni rivojlantirishda muhim qadam bo’ldi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda O’zbekiston Respublikasida xalqaro moliya operatsiyalarini tartibga solish va boshqarishning yetarli darajada rivojlanmaganligi va bu borada taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishning zarurligi mazkur mavzuni dolzarbligini belgilaydi.

Download 484.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling