Monetar siyosat
Download 40.28 Kb.
|
Monetar siyosat.
Monetar siyosat Monetar siyosat- bu davlat tomonidan davlat milliy banki orqali muomalaga tushadigan pul massasini nazorat qilish boshqarish demakdir. Davlatni puliga bolgan talab, taklifini ozgartirish borasidagi siyosati. Shu siyosatni otkazish orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solib turadi. Monetar siyosatni turlari quyidagicha: Siyosat Harakat Samara Monetar siyosatning asosiy yonalishlari: - yuqori harid - pul taklifini kamaytiradi -deflyatsion qobiliyatiga ega Ustama foizlarni oshiradi. -Inflyatsiya bo‘lgan pullar. -harid qobiliyati pastligi -pul taklifini oshiradi -ustama foizlarni pasaytiradi. Harakatdagi qоnun va qоidalariga muvоfiq O‘zbekistоn Respublikasi Markaziy banki mоliyaviy yil bоshlanishidan 30 kun оldin kelgusi yil uchun o‘zining pul-kredit va mоnetar siyosatining asоsiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va bu haqida Оliy Majlisga axbоrоt beradi. Bundan tashqari, mоnetar siyosat matbuоtda e`lоn qilinadi. Markaziy bankning pul-kredit va mоnetar siyosatining asоsiy yo‘nalishlari iqtisоdiy kоn`yukturaning tahlili va istiqbоl ko‘rsatkichlari, muоmaladagi pul massasining iqtisоdiy jihatdan asоslangan chegaralari, valyuta va fоiz siyosatining asоsiy yo‘nalishlari hamda hukumat tоmоnidan keyingi yil uchun belgilangan makrоiqtisоdiy ko‘rsatkichlarning prоgnоz parametrlaridan kelib chiqqan hоlda tayyorlanadi. Mоnetar siyosatning asоsiy yo‘nalishlari samarali bo‘lishini ta`minlash uchun avvalоmbоr, albatta o‘tgan yillardagi mamlakatdagi iqtisоdiy kоn`yunktura har tоmоnlama chuqur tahlil qilinmоg‘i zarur. Asоsiy makrоiqtisоdiy ko‘rsatkichlar, ya`ni ichki mahsulоtning tarkibi, o‘sish yoki kamayish dinamikasi, ularning sabablari o‘rganiladi. Yalpi ichki mahsulоtning qishlоq xo‘jaligidagi, sanоat, ahоliga pullik xizmat ko‘rsatish, investitsiya va qurilish sоhalaridagi o‘zgarishlar va ularning sabablari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, asоsiy makrоiqtisоdiy ko‘rsatkichlardan hisоblangan inflyatsiya va narxlarning o‘sish darajalari, tendentsiyasi va sabablari to‘liq o‘rganiladi. Bizga ma`lumki, hоzirgi zamоn iqtisоdiy glоballashuv sharоitida alоhida оlingan mamlakat iqtisоdiyotini tashqi mamlakatlar bilan iqtisоdiy alоqalarisiz tasavvur etish qiyin. Shunday ekan, mоnetar siyosatning asоsiy yo‘nalishlarini aniqlashda mamlakatning bоshqa davlatlar bilan iqtisоdiy alоqalarining ko‘lami, dinamikasi, tashqi savdо aylanmalari, to‘lоv va hisоb-kitоb balanslarining hоlati tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni alоhida ta`kidlash zarurki, kelgusi yilga samarali pul-kredit siyosatini amalga оshirishni belgilab оlish uchun, o‘tgan yildagi Markaziy bankning mоnetar siyosati, uning qaysi instrumentlari samaralirоq fоydalanilganligi, yo‘l qo‘yilgan xatо va kamchiliklar to‘liq talqin qilinmоg’i va ulardan ijоbiy fоydalanmоg‘i tavsiya etiladi. Bunda pul-kredit siyosatining bevоsita instrumentlari bilan bir qatоrda uning bilvоsita instrumentlaridan fоydalanish imkоniyatlari, o‘tgan davrdagi mоnetizatsiya darajasi taxmini va eng asоsiysi pul bоzоrini hоlati, ya`ni fоiz stavkasining dinamikasi va valyuta siyosati tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, pul kredit, mоnetar siyosatning samarali pirоvard natijasida mamlakat pul birligining barqarоrlik darajasi bilan belgilanadi. Yuqоridagilar bilan bir qatоrda samarali mоnetar siyosat yo‘nalishlarini aniqlashda mamlakat bank tizimi barqarоrligi tahlili ham muhim o‘rin tutadi. Yuqоrida qayd etilgan masalalar aniq va to‘liq chuqur tahlil qilinib, sabab va оqibatlar har tоmоnlama o‘rganilgandan keyin Markaziy bank hukumat tоmоnidan keyingi yil uchun prоgnоz qilingan yalpi ichki mahsulоt hajmi va uning real o‘sishi, YaIM deflyatоrining miqdоriy ko‘rsatkichlari va inflyatsiya darajasi hamda tashqi savdо aylanmasi qоldig‘ining ijоbiy bo‘lishi va davlat byudjeti ko‘rsatkichlari kabi makrоiqtisоdiy parametrlaridan kelib chiqqan hоlda o‘zining pul-kredit, mоnetar siyosatini ishlab chiqadi. Bizning nazarimizda, eng muhim masala shundan ibоratki, pul-kredit, mоnetar siyosatni belgilashda Markaziy bank hukumat tоmоnidan prоgnоzlashtirilgan makrоiqtisоdiy ko‘rsatkichlarning o‘sish dinamikasi bilan muоmaladagi pul massasi o‘zgarishi o‘rtasidagi mutanоsiblik darajasini aniqlash va dоimiy ravishda unga erishishdan ibоrat bo‘lmоg‘i lоzim. Chunki xalq xo‘jaligining har bir tarmоg‘ida ma`lum darajada o‘sishni ta`minlash albatta qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qiladi. Demak, dоimо yalpi ichki mahsulоt o‘sishi bilan pul massasi o‘sishi o‘rtasida qandaydir mutanоsiblik bo‘lishni talab qiladi.Shunday qilib, mоnetar siyosatning asоsiy yo‘nalishlari mamlakat iqtisоdiyotiga pul-kredit vоsitalari оrqali ta`sir qilish natijasida mamlakat pul birligi barqarоrligini ta`minlоvchi muhim hujjatdir. 2020-yil 24-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining ochiq yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Monetar siyosatning 2021-yil va 2022-2023-yillar davriga moljallangan asosiy yonalishlari korib chiqildi va tasdiqlandi.Pul-kredit siyosati deganda, toliq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflatsiyaning tasirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini ozgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni taminlash vazifasini hayotga tadbiq etadi. Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy osish, toliq bandlikni, baholarning hamda tolov balansining barqarorligini taminlashdan iborat.Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini taminlab turish zarur boladi. Boshqacha aytganda, monetar siyosat pullarga bolgan talab va pullar taklifini tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlar yigindisini ifodalaydi.Monetar siyosatning ikki asosiy turi mavjud: 1. restriksion monetar siyosat; 2. ekspansionistik monetar siyosat. Restriksion monetar siyosat deganda, odatda, muomaladagi pul massasining osish suratlarini jilovlashga qaratilgan monetar siyosat tushuniladi.Restriksion monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi: Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalarining darajasi oshiriladi; tijorat banklariga qimmatli qogozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotib olish sharti bilan sotiladi; Markaziy bank tomonidan hukumatga va tijorat banklariga tegishli bolgan vaqtinchalik bosh pul mablaglari depozit hisobraqamlariga jalb etiladi; Markaziy bank valyuta siyosati doirasida milliy valyutadagi pul mablaglari hajmining osish suratlarini cheklashga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshiradi. Ekspansionistik monetar siyosat deganda, muomaladagi pul massasining multiplikativ kengayishini taminlash asosida tolovga qobil talabni ragbatlantirishga qaratilgan monetar siyosat tushuniladi. Ekspansionistik monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi: Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini pasaytiradi va tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning hajmini oshiradi; tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan Markaziy bank tomonidan belgilangan limitlar hajmi oshiriladi, yani banklarga kreditlar miqdorini oshirishga imkoniyat yaratiladi. Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari pasaytiriladi; tijorat banklariga qimmatli qogozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotish sharti bilan sotib olinadi; Markaziy bank valyuta siyosati doirasida milliy valyutadagi pul mablaglari hajmining osish suratlarini oshirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshiradi.2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda dunyoning kopchilik mamlakatlarida Markaziy banklar ekspansionistik monetar siyosatni amalga oshirishdi. Xususan, AQSh FZT, Yaponiya Markaziy banki va Yevropa Markaziy banki nollik hisob stavkalariga asoslangan arzon pullar siyosatidan foydalanishdi.Arzon pullar siyosati birinchi bolib J.M. Keyns tomonidan taklif etilgan. Bunda J. Keyns Markaziy bankning hisob stavkasini pasaytirish yoli bilan tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini pasaytirishga erishishni taklif qilgan. Buning natijasida kompaniyalarning bank kreditlaridan foydalanish darajasi oshishi va shuning asosida ularning investitsion xarajatlarini moliyalashtirish hajmining oshishiga erishish lozim edi. Bu esa, oz navbatida, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining oshishiga va yangi ish orinlarining yaratilishiga olib kelishi kerak edi. Ekspansionistik monetar siyosat mamlakat bank tizimining likvidliligini oshirish, ichki tolovga qobil talabni ragbatlantirish va shuning asosida iqtisodiyotni turgunlik holatidan chiqarish imkonini beradi. Ekspansionistik pul-kredit siyosatining qollanilishi milliy iqtisodiyotning pul mablaglari bilan taminlanganlik darajasini oshishiga olib keladi.Iqtisodiy adabiyotda kopchilik iqtisodchi olimlar tomonidan milliy valyutaning barqarorligini taminlash va mamlakatda baholar barqarorligiga erishish monetar siyosatning strategik maqsadlari sifatida etirof etilganMonetar siyosat- Monetar siyosat: xarakatdagi pul miqdorini belgilash, uni qatiy nazorat qilish; tijorat banklari faoliyatini kozatib borish: kredit emissiyasini bajarib borish; davlat oltin valyuta zaxirasini yaratish va foydalanishni kozda tutadi.Davlat xarajatlari va soliqqa tortish boyicha chora tadbirlar korish orqali mamlakatdagi ijtimoiy iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan siyosat fiskal siyosat deyiladi. Fiskal siyosatning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy barqarorlikni taminlash.Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bolinadi. Avtomatik deganda xukumat tomonidan qoshimcha chora tabirlar belgilamay mavjud iqtisodiy mexanizm orqali iqtisodiy o’zgarishlarga moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq tuzilmalarini iqtisodiy kon’yuktura o’zgarishiga bog'liqligi va boshqalar. Diskresion (lotincha dissrecio – o’z qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat davlat tomonidan yalpi milliy mahsulotning real xajmiga, bandlik, iflyasiya va iqtisodiy osishga tasir korsatish maqsadida davlat tomonidan aniq chora tadbirlarni belgilash tushuniladi. Doimiy amal qiluvchi qonunlar, qoidalar, meyorlarga qo'shimcha ravishda yoki ularni ozgartirish boyicha tezkor tarzda majburiy chora tadbirlar koriladi (soliq reformasi va boshqalar).Umuman olganda fiskal siyosat ijtimoiy ximoya usullarini, byudjet daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish suratlarini oshirish siyosati, narx navoni pasaytirishga tasir korsatish kabi chora tadbirlarni oz ichiga oladi. Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari Malumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik munosabatlar orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bolgan resurslarni sotib olish, ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish jarayoni odatda korxona va tashkilotlar ortasida olib boriladigan pullik munosabatlarga boђliq. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi va xo’jaliklarni o’z xodimlari bilan bo’ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd pullik va naqd pulsiz shaklda olib boriladi.Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning xarakati bankdan boshlanadi. Naqd pul bankdan chikkach korxona va tashkilotlar kassasi orqali axoli qo'liga o'tadi. Oldi sotdi va tolov xarakatlari bajarilgach u yana bankga qaytadi. Mamlakatimizda naqd pul qo'llaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi subyektlar ortasida boladi. 1. Davlat va korxona, tashkilotlar, muassasalar ortasida (ish xaqi, tovar sotib olish, xizmat korsatish boyicha tolovlar va boshqalar) 2. Davlat va axoli ortasida (pensiya, nafaqa, byudjetga soliq to’lovlari va boshqalar) 3. Kredit tizimi va aholi o’rtasida (qarz olish, uni qaytarish, pulni jamђarmaga qo’yish va olish, yutuqlarni olish va boshqalar) 4. Korxona, tashkilot va muassasalar o’rtasida cheklangan holdagi naqd pul bo’yicha hisob – kitoblar, chunki ular o’rtasidagi hisob – kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi. Pulning naqd aylanishi – bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to’lovlar yig'indisidir. Bu aylanish pul o’zining to’lov va muomila vositasi funksiyalarini bajarishi bilan bog'liq.Naqd pullar muomila vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar o’rtasida hamda aholi o’rtasidagi tovarlar sotib olinganda va sotishda qullaniladi.Pul to’lov vositasi sifatida ish xaqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi qurilish va boshqa maqsadlarga beriladigan kreditlar, sug'urta to’lov va qoplamalarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi.Undan tashqari naqd pulning aylanishi: - kommunal va maishiy xizmatlar uchun to’lovlarda - soliq va boshqa yig'imlar to’lovida - «O’zbekiston pochtasi» xizmatlari boyicha tolovlarda - Temir yo'l, xavo yo'li va mahalliy transportga tolovlarda - savdoda tovarlarni sotishda - o'yilmalarni qo'yish va olishda - mehnat xaqi, pensiya va nafaqalar tolovini amalga oshirishda va boshqa xolatlarda amalga oshiriladi. Shuni ta’kidlash lozimki, pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi bir – biri bilan uzviy bog'liq, chunki pul naqd pul aylanishidan naqd pulsiz aylanishga va aksincha aylanib doimiy xarakatda bo’lib, umumiy pul aylanishini ta’minlaydi.Korxona, tashkilot va muassasalarning banklardagi hisob raqamlaridagi pul mablag'lari quyidagi xollarda naqd pulga aylanadi: - Ishchi, xizmatchilarga ish xaqi berishda - Ko’rsatilgan xizmat va ishlar uchun naqd pul to’lovida - Pensiya, nafaqa, har xil mukofotlar, suђurta qoplamasi to’lovida - Aholidan qishloq xo’jalik mahsulotlari sotib olinganda - Davlat zayomlari va lotoreya biletlari bo’yicha to’lovlarda - Aholi banklardan o’z jamђarmalarini talab qilganda va boshqa hollarda O’z navbatida naqd pullar quyidagi hollarda naqd pulsiz aylanishga tushadi: - Uy– joy va kommunal xizmatlar uchun to’lovlarda - Ќar xil soliq va yigimlar, boj va jarimalar to’lovlarida - Aloqa tashkilotlariga to’lovlarda - Davlat zayomlari, lotoreya va boshqa uyinlardan tushumlar orqali - Aholini yakka tartibdagi banklar bilan qurilish va boshqa kredit munosabatlari bo’yicha to’lovlarda - Bolalar muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda - Dam olish uylari va boshqa soђlomlashtirish muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda va boshqa hollarda Pulning naqd pullik aylanishga o’tish jarayoni pul muomilasi uchun xatarliroq ekanligi tufayli Markaziy bank tomonidan u qattiq nazorat qilinadi.Markaziy bank tomonidan nazoratni oshirilishi tufayli 1996 – 2002 yillarda naqd pullarni bank kassalariga qaytishi 80 – 93 foiz oraliђida bo’lgan bo’lsa, 2005 yilda u 96,3 foizga yetdi.Naqd pullik munosabatlarning xususiyatlari yana shundaki, bir pul belgisi bir necha marta to’lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Muomilada bo’lgan naqd pul massasi ma’lum bir davrda (oy, chorak, yillarda o’zgarmas bo’lib turgan holda naqd pul aylanishi pulni aylanish tezligiga ko’ra muomiladagi naqd pul miqdoridan bir necha marta ko’p bo’lishi mumkin va aksincha. Pul aylanishida to’lov aylanishi bilan naqd pulsiz aylanishlar o’rtasidagi farqni bilish lozim. To’lov aylanishi deb pulning to’lov vositasi sifatida xarakati tufayli vujudga kelgan pul aylanishiga aytiladi. Naqd pulsiz aylanish to’lov aylanishining tarkibiy qismi bo’lib naqd pulsiz aylanish va naqd pul aylanishining pulning to’lov vositasi funksiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi.Monetarizm (lot. moneta — tanga, pul) — davlatni iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy konsepsiya. 20-asr ning 50-yillarida Milton Fridmen asos solgan. M. M. Fridmen, G. Xaberler (AQSH), O. Fayt (GFR), J. Ryuyeff (Fransiya) va boshqa asarlarida rivojlantirilgan. Fridmen va uning safdoshlari J. M. AGeynsning pulsiz omillar (mas, investitsiyalar) oʻrniga aynan pulli omillarni afzal koʻradilar. M. iqtisodiyot nazariyasidagi neoliberalizm oqimiga kiradi, taʼminlash va iktisodiy oʻsish mexanizmini yaratish muammolari bilan shugʻullanadi va bu mexanizmda asosiy eʼti-borni pulga qaratadi.M.ga koʻra, iqtisodiy jarayonlarda, xoʻjalik yuritishda muomaladagi pul miqdori va pul massasi bilan tovar massasi oʻrtasidagi aloqalar belgilovchi oʻrinda turadi. Monetaristlar pul emissiyasini tartibga solish, milliy pul birligining valyuta kursi, kredit foizi, soliq stavkalari va boj tariflarini iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatishning asosiy usullari deb biladilar. Fiskal siyosat oʻrniga faol pul-kredit siyosatini qoʻllash taklif etiladi. 1963-yil Fridmen tomonidan"AQShning 1867—1960-yillarda pul tarixi" kitobi (Anna Shvars bilan hammualliflikda) bosilib chikdi. Bu kitobda M. konsepsiyasi uzining ishonchli tasdigʻini topdi. Mazkur kitobda AQShdagi Buyuk depressiyaning asosiy sababchisi Markaziy bank ekanligi kursatilgan. Monetar konsepsiya AQSH amaliyotida yaxshi natija berdi. M. gʻoyalari 20-asrning 80-yillaridan Gʻarb mamlakatlarida davlat iqtisodiy si-yosatiga singdirildi, uning tavsiyalari amaliyotga joriy qilindi. AQShda "reygonomika" (AQSH prezidenti R. Reygan nomi bilan bogʻliq) siyosati shu tavsiyalar asosida ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Natijada AQSH iqtisodiyoti 70-yillarda yuz bergan tanglikdan chiqib rivojlanish yulga utdi.Markaziy bankning nisbatan qattiq monetar siyosati hamda hukumatning rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati tashqi savdo defitsitining o‘sishiga hissa qo‘shib kelmoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning fikricha, budjet xarajatlarini qisqartirish tashqi savdo defitsitining o‘sishini sekinlashtirishi mumkin.O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tashqi savdo defitsiti muttasil oshib — eksport va import orasidagi farq tobora kengayib — bormoqda hamda bu tendensiya ko‘pchilikni, xususan, qaror qabul qiluvchilarni xavotirga sola boshlagani shubhasiz. Yaqin yillardagi trendga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tashqi savdo defitsitining nafaqat qiymati, balki tashqi savdo aylanmasidagi ulushi ham yil sayin o‘sib borayotganining guvohi bo‘lish mumkin. Bu tendensiyani qisman yangi davr boshlanishi ortidan savdo to‘siqlarining biroz yumshatilishi, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aloqalarining yaxshilanishi hamda pandemiya davrida ayrim tovarlar uchun import bojlarining vaqtincha bo‘lsa-da bekor qilinishi bilan izohlash mumkin.Yuqorida ta’kidlanganidek, Markaziy bank yuqori inflyatsiyani jilovlash hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida nisbatan qattiq monetar siyosat yuritib kelmoqda. Regulyator qattiq monetar siyosat yuritish orqali asosiy foiz stavkasi (qayta moliyalashtirish stavkasi) hamda inflyatsiya o‘rtasidagi ijobiy farqni saqlab kelmoqda.Ma’lumot uchun: yumshoq monetar siyosat — bu markaziy bank tomonidan iqtisodiyotga qo‘shimcha stimul berish maqsadida pul massasini oshirishga qaratilgan siyosat bo‘lib, asosan asosiy foiz stavkasini pasaytirish orqali amalga oshiriladi. Ko‘plab davlatlar inqiroz arafasida foiz stavkalarini tushirish orqali iqtisodiyotga stimul berishni maqsad qiladi. Nisbatan qattiq monetar siyosat esa yuqori inflyatsiyaga qarshi kurash maqsadida yuritiladigan siyosat bo‘lib, asosiy foiz stavkasining oshirilishi hamda inflyatsiya darajasi bilan asosiy foiz stavkasi o‘rtasida ma’lum darajada ijobiy farqni saqlab turishni nazarda tutadi Boshqacha aytganda, Markaziy bank yuqori inflyatsiyaga qarshi kurashish hamda iqtisodiyotni «sovutish» maqsadida asosiy foiz stavkasini inflyatsiyadan bir muncha yuqori darajada ushlab turibdi. Xususan, 2019 yilda asosiy stavka hamda inflyatsiya o‘rtasidagi farq 0,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil yakuniga kelib mazkur farq 2,7 foizni tashkil etdi. Nazorat savollari 1.Monetar siyosat nima? 2.Monetar siyosatning turlarini sanab bering? 3. O‘zbekistоn Respublikasi Markaziy banki mоliyaviy yil bоshlanishidan 30 kun o'tgach pul kredit va minetar siyosatni ishlab chiqadi va bu haqida kimga axborot beradi? 4.Monetar siyosatning asosiy yo'nalishlari? 5.Pul-kredit siyosati deganda nimani tushunasiz? 6.Restriksion monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank qanaqa usullardan foydalanadi? 7.Ekspansionistik monetar siyosat deb nimaga aytiladi? 8."Arzon pullar"siyosatidan foydalangan davlatlar qaysi? 9."Arzon pullar" siyosat 1-bo'lib qaysi olim tomonidan taklif etilgan? 10.Fiskal siyosatning asosiy vazifasi? 11.Diskresion so'zining ma'nosi? 12.Mamlakatimizda naqd pul qo'llaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi subyektlar o'rtasida bo'ladi?Ular qaysilar? 13.Markaziy bank yuqori inflyatsiyaga qarshi kurashish hamda iqtisodiyotni «sovutish» maqsadida asosiy foiz stavkasini inflyatsiyadan bir buncha yuqori darajada ushlab turdi.2022-yilga kelib bu farq qanchani tashkil etdi? 14.Yumshoq monetar siyosat deb nimaga aytiladi? 15.Monetarizm so'zining ma'nosi? 16.Markaziy bank yuqori inflyatsiyani jilovlash hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida nisbatan qanaqa siyosatni yuritib kelmoqda? 17.Fiskal siyosat deb nimaga aytiladi? 18.Monetarizmga kim asos solgan? 19.Monetarizmni kimlar asarlarida rivojlantirishgan? 20.Qattiq monetar siyosat bu-? Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Газета.uz 2.Fayllar.org Tayyorladi:Mutalibov Ibrohimxon Download 40.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling