«humans»ning «tovar va xizmatlar vitrinasi» servisidan foydalanish qoidalari
Download 48.54 Kb. Pdf ko'rish
|
terms
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mijoz
- To’lov tashkiloti ofertasi
- Sayt
- «Humans»ning huquq va majburiyatlari
- Servisidan Foydalanish «HUMANS»NING SODIQLIK DASTURI
- Keshbek hisob
- Bank kartasini bog’lash
- Dastur
«HUMANS»NING «TOVAR VA XIZMATLAR VITRINASI» SERVISIDAN FOYDALANISH QOIDALARI «Humans»ning«Tovar va xizmatlar vitrinasi» servisidan foydalanishning ushbu qoidalari «Humans» MChJ, manzil: O’zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Mahtumquli ko’ch., 2 b uy, ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami: 749733, STIR: 306 624 856, telefon: 1111, (keyingi o’rinlarda «Humans» deb ataladi) tomonidan nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan ommaviy oferta hisoblanadi hamda Mijoz quyida bayon qilingan tartibda rozilik bildirgan vaqtdan boshlab Mijoz va Humans o’rtasidagi kelishuvga aylanadi.
1.1.
Bank kartasi — emitenti bank hisoblangan, naqd pulsiz hisob-kitob vositasi bo’lgan, Mijoz o’z bank hisobida bo’lgan pul mablag’lari, yoki bank hisobi shartnomasiga muvofiq bank taqdim etgan kredit pullari bilan, yoki bank va Mijoz o’rtasidagi kredit shartnomasiga muvofiq belgilangan doirada (bunday kartadan to’lov uchun foydalanish mumkin bo’lsa) Mijoz opertasiyalar amalga oshirishi uchun mo’ljallangan plastik yoki virtual bank kartasi. 1.2.
Mijoz – Mobil ilovani o’rnatgan, undan ro’yxatdan o’tgan hamda Mobil ilovada tegishli tugmani bosib, Qoidalarni qabul qilgan jismoniy shaxs. 1.3.
o’rnatiladigan, Mijozlarga Servisdan foydalanish imkonini beruvchi «Humans»ning mobil operatsion tizimlari uchun mo’ljallangan ilovasi hisoblanuvchi dasturiy ta’minot. Mobil ilovada Mijoz uchun Hamkorlar ro’yxati, bank kartalarini bog’lash va operatsiyalar tarixini ko’rish funksionali va boshqa imkoniyatlar mavjud. 1.4.
To’lov tashkiloti ofertasi – To’lov tashkiloti saytida https://click.uz/ru/terms manzili bo’yicha joylashgan To’lov tashkilotining ommaviy ofertasi. 1.5. Hamkor — Mijozlarga Tovarlarni realizatsiya qiladigan yuridik shaxs/yakka tartibdagi tadbirkor. 1.6.
oshirish uchun banklar va boshqa to’lov tashkilotlariga kerakli ma’lumotni o’tkazishni amalga oshiradigan «CLICK» MChJ yuridik shaxsi (manzil: Toshkent sh., Bratislava ko’ch., 11-uy, STIR: 302134733, To’lov tashkilotining litsenziyasi: 1-sonli 28.03.2020 dan). 1.7.
bajarish yoki boshqa jismoniy shaxsga pul mablag’larini o’tkazishni amalga oshirish. 1.8.
ushbu qoidalar. Saytda va Mobil ilovada joylashgan «Humans»ning shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish Siyosati ushbu Qoidalarning ajralmas qismi hisoblanadi. Mijoz ushbu Qoidalarni qabul qilar ekan, u Shaxsga doir ma’lumotlar siyosati bilan tanishib chiqib, ularni qabul qilishi kerak. 1.9.
Sayt – www.humans.uz manzili bo’yicha joylashgan «Humans»ning Internet tarmog’idagi sayti.
1.10. Servis - Mobil ilova yordamida To’lov tashkilotining To’lov haqidagi ma’lumotini Hamkor yoki boshqa mijoz manziliga texnologik o’tkazuvini amalga oshirish, shuningdek operatsiyalar tarixini ko’rish, tanlangan To’lovlarni saqlash, bank kartalarini bog’lash va sozlashni amalga oshirish, «Humans»ning qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish va Mobil ilova funksionalida ko’zda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkonini beradigan «Humans»ning «Tovar va xizmatlar vitrinasi» servisi. 1.11.
Servis yordamida to’langan tovar, ish, xizmat, intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan huquqlar. 1.12. PAN — 16 belgilik Bank kartasi raqami. 1.13. Expiry date — Bank kartasining amal qilish muddati.
2.1.
Servisdan faqat shaxsiy, maishiy maqsadlarda foydalanadigan, undan savdo-sotiq faoliyati uchun va foyda ko’rish niyatida foydalanmaydigan har bir jismoniy shaxs Ushbu Qoidalarning shartlarini qabul qilishi va Servisning mijoziga aylanishi mumkin. 2.2.
Servisdan foydalanish uchun Mijoz quyidagi harakatlarni amalga oshirishi lozim: 2.2.1.
Mijozga tegishli bo’lgan foydalanuvchi abonent qurilmasiga (smartfonga, planshetga) Mobil ilovani o’rnatish; 2.2.2. Mobil ilovada ro’yxatdan o’tish, buning uchun mobil telefon raqamini, elektron pochta manzilini yoki Facebook ijtimoiy tarmog’idagi akkauntni ko’rsatish; 2.2.3. Qoidalar shartlari bilan tanishib chiqish va ularni qabul qilish, jumladan tegishli tugmani bosib, Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish qoidalarini qabul qilish; 2.3. Ushbu Qoidalarning 2.2. bandida ko’rsatilgan harakatlarni amalga oshirish Qoidalarning to’liq va e’tirozsiz aksepti hisoblanadi va shuni tasdiqlaydiki, Mijoz: 2.3.1.
Qoidalar mazmuni bilan tanishib chiqdi; 2.3.2. To’lov tashkiloti Ofertasi shartlariga muvofiq To’lovlar amalga oshirish uchun To’lov tashkiloti tomonidan undiriladigan komissiya miqdori, shuningdek tariflar bilan tanishib chiqdi va rozi bo’ldi; 2.3.3. «Humans» va/yoki Hamkordan SMS, elektron pochta, telefon aloqasi hamda tarqatma va bildirmalarning boshqa turlari orqali ma’lumot va reklama olishga rozilik bildirdi. Mijoz Mobil ilova yoki Abonent qurilmasining ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan interfeyslar orqali, yoki «Humans» Kontakt Markaziga murojaat qilib ma’lumot (shu jumladan reklama) olishdan bosh tortishi mumkin; 2.3.4. Mobil ilovaning to’g’ri ishlashi hamda Tovarlar joylashuvi va Hamkorlar haqida ma’lumot aks etishi uchun, shuningdek marketing maqsadlarida «Humans» ga o’zining geopozitsiyasini taqdim etishga rozi bo’ldi. Mijoz o’zining foydalanuvchi abonent qurilmasi sozlamalarida geopozitsiyasi haqida ma’lumot taqdim qilishdan voz kechishi mumkin. 2.4. Mijoz uchun Servisdan foydalanish bepul. To’lovlarni amalga oshirishda Mijoz To’lov tashkiloti tomonidan tashkilotning Ofertasiga muvofiq belgilangan va uning saytida joylashtirilgan komissiyani to’laydi «Humans» qo’shimcha hech qanday to’lov yoki komissiya undirmaydi. Shuningdek Mijoz undan olinayotgan komissiyalar haqida ma’lumotni Mobil ilovada olishi mumkin.
2.5. Mijozga Servis taqdim etish quyidagi hollarda to’xtatiladi: 2.5.1. Mijoz tegishli bildirishnomani «Humans»ga xat bilan yoki Mobil ilova chati orqali yo’llab, Servisdan voz kechsa; 2.5.2. To’lov tashkiloti Ofertasida, ushbu Qoidalarda yoki O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalarida ko’zda tutilgan hollarda To’lov tashkilotining talabiga ko’ra; 2.5.3. Qoidalarning 2.6 va 2.7 bandlarida ko’zda tutilgan hollarda; 2.5.4. Mijoz o’zining shaxsga oid ma’lumotlariga ishlov berishga bildirgan roziligini qaytarib olib, buning natijasida «Humans» Mijozga Servis taqdim qilish imkonini yo’qotsa. 2.6.
«Humans» Qoidalarning 6-bo’limiga muvofiq Saytda ma’lumot e’lon qilish yo’li bilan Mijozga bu haqda xabar qilgan holda bir tomonlama tartibda ushbu Qoidalarning amal qilishini va Servis ko’rsatishni to’xtatishga haqli. 2.7.
«Humans» har qanday Mijozni, agar u: • Qoidalarga rioya qilmasa; • Servis yoki Mobil ilovadagi ma’lumotni o’zgartirish uchun yoki Servis yoki Mobil ilovadan foydalanishning foydalanuvchi ssenariylarida ko’zda tutilmagan Mijozlar, To'lovlar, Servis Hamkorlari haqida ma’lumot olish uchun dasturiy vositalardan, apparat vositalaridan yoki boshqa usullardan foydalansa; • «Humans» haqida noto’g’ri ma’lumotlarni tarqatsa; • firibgarlikdan iborat bo’lgan, shuningdek To’lov tashkiloti yoki banklar tomonidan firibgarlik yoki frod operatsiyasi deb baholangan harakatlarni amalga oshirsa; • To’lov tashkiloti yoki har qanday uchinchi shaxslarga nisbatan vijdonsiz harakatlar amalga oshirsa, jumladan, agar har qanday uchinchi shaxslardan Mijoz harakatlariga nisbatan shikoyat kelib tushsa; • «Humans»ga, Hamkorga, boshqa Mijozlarga yoki To’lov tashkilotiga yanglishtiradigan axborotni yoki noto’g’ri xabarlarni taqdim etsa; ushbu Servis Mijozlari qatoridan chiqarib tashlashga haqli; 2.8.
Servis O’zbekiston Respublikasi hududida taqdim etiladi. 2.9.
Servis taqdim etayotib, «Humans» Tovarlarni Mijozlarga sotish (realizatsiya qilish) bo’yicha faoliyat ko’rsatmaydi, Tovarlarni xarid qilish, yetkazib berish va h.k. bilan bog’liq munosabatlar bevosita Hamkor hamda Mijoz o’rtasida vujudga keladi. Servis Mijozlarga Tovarlar haqida ma’lumot olishga, Hamkor, Mijoz va To’lov tashkiloti o’rtasida ma’lumot almashishga imkon beradi.
3.1.
Mobil ilovada Mijoz Hamkorlar ro’yxati bilan tanishib chiqishi mumkin. 3.2.
«Humans» Mijozga to’lov xizmatlarini ko’rsatmaydi. «Humans» To’lov tashkilotining texnologik hamkori hisoblanadi hamda Mijoz va To’lov tashkiloti o’rtasidagi axborot almashuvini ta’minlaydi. 3.3.
To’lov Mijoz tashabbusi bilan Mijoz To’lov tashkilotining qo’shimcha foydalanuvchi interfeysi hisoblanuvchi Mobil ilova orqali To’lovni amalga oshirishga rozilik yuborishi orqali amalga oshiriladi. To’lov qilish uchun Mijoz Mobil ilovadagi qo’llanmalarga qat’iy rioya qilishi va barcha kerakli ma’lumotlarni kiritishi lozim. 3.4. To’lov faqat O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi 3.5. To’lov qilish uchun ma’lumotlar kiritishni osonlashtirish maqsadida Mijoz Mobil ilovada o’zining «UZCARD» yoki «HUMO» to’lov tizimlariga tegishli bo’lgan Bank kartasining ma’lumotlarini kiritishi (Bank kartasini bog’lashni amalga oshirishi) mumkin. Buning uchun mijoz quyidagi harakatlar jamlanmasini amalga oshirishi kerak: 3.5.1.
Mobil ilovada «Bank kartasini bog’lash» bo’limiga kirish; 3.5.2. Bank kartasida ko’rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarni (familiya va ism) hamda karta ma’lumotlarini (PAN, expiry date, Bank kartasiga bog'langan telefon raqami - mamlakat kodi bilan) kiritish; 3.5.3. Maxsus parol orqali yoki To’lov tashkiloti yoki Bank kartasining emitent banki belgilagan autentifikatsiyaning boshqa usullari yordamida autentifikatsiyadan o’tish. Bank kartasining ma’lumotlari haqiqiyligi tekshiruvdan o’tganidan so’ng bank kartasining bog’lanishi amalga oshirilgan hisoblanadi. Agar Mijozning bir nechta Bank kartasi bo’lsa, ularni bog’lash uchun U har bir bog’langan kartaga nisbatan yuqorida ko’rsatilgan harakatlar jamlanmasini qaytadan amalga oshirishi lozim. Bir nechta Bank kartasini bog’lashda Mijoz Mobil ilovada pul mablag’larini yechish sozlamalarini, shu jumladan mablag’ yechishda ustuvorlikni o’rnatishi, To’lovlar uchun asosiy Bank kartasini belgilashi hamda Mobil ilova interfeyslarida ko’zda tutilgan boshqa sozlashlarni amalga oshirishi mumkin. Mijoz eng ko’pi bilan o’nta karta bog’lashi mumkin. 3.6.
Amalga oshirilgan To’lovlar haqida ma’lumotni Mijoz operatsiyalar tarixiga qarab, shuningdek Mobil ilova orqali qo’llab-quvvatlash chatiga murojaat qilgan holda olishi mumkin.
4.1.
Mijozning huquq va majburiyatlari: 4.1.1.
Mijoz Tovarlarni sotib olish va ularni qaytarish (agar bu Tovarlarning ma’lum turlariga nisbatan qo’llaniladigan bo’lsa) shartlari bilan ularni Hamkorlardan xarid qilishgacha diqqat bilan tanishib chiqish majburiyatini oladi; 4.1.2.
Mijoz Bank kartasining ma'lumotlarini hamda foydalanuvchi abonent qurilmasini uchinchi shaxslarga bermasligi, o'ziga tegishli bo’lgan foydalanuvchi abonent qurilmasi, shuningdek Mobil ilovaning uchinchi shaxslar tomonidan ijozatsiz foydalanilishidan himoya qilishi, jumladan ulardan foydalanish uchun parol, texnik autentifikatsiya vositalarini (touch ID, faceID hamda foydalanuvchi abonent qurilmasi ishlab chiqaruvchisi bilan mos keluvchi boshqa himoya vositalari) o’rnatishi, parollarni yopiq va uchinchi shaxslar foydalana olmaydigan joyda saqlashi, ularni tez-tez almashtirib turishi, foydalanuvchi abonent qurilmalarini zararli dasturiy ta’minotlardan himoya qilishni ta’minlashi, faqat litsenziyali dasturiy ta’minotlardan foydalanishi hamda To’lovlarni ijozatsiz amalga oshirish va Mobil ilovadan foydalanishga to’sqinlik qiladigan boshqa himoya vositalarini qo’llashi shart; 4.1.3.
Mijoz ushbu Qoidalardagi, shuningdek To’lov tashkilotining Ofertasidagi o’zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borishi hamda har hafta ularning dolzarbligini tekshirib borishi shart; 4.1.4.
To’lov amalga oshirilmagan hollarda (agar bu holat Mijoz tomonidan ushbu Qoidalarni, To’lov tashkiloti Ofertasini buzish bilan bog’liq bo’lmasa) yoki Mobil ilovaning To’lov qilish uchun mo’ljallangan interfeyslarida ko’zda tutilgan harakatlar amalga oshirilmagan holatlarda Mijoz 5.4. bandida belgilangan tartibda «Humans» ga murojaat qilishga va agar muammo hal qilinmasa, To’lov tashkilotidan uning Ofertasida ko’zda tutilgan tartib va miqdorda kompensatsiya talab qilishga haqli; 4.1.5. «Humans»dan rasmiy talab olgan sanadan boshlab 5 (besh) kalendar kunidan kechiktirmay Mijoz tomonidan To’lov amalga oshirilganligini, Mijoz ushbu Qoidalarni bajarganligini tasdiqlovchi, shuningdek Mijozning Servisdan foydalanishdagi harakatlarini tushuntiruvchi hujjat va ma’lumotlarni taqdim etish; 4.1.6.
Mijoz «Humans» tomonidan ushbu Qoidalarga biriktirilgan ilovalada belgilangan shartlar asosida hamda belgilangan barcha majburiyatlarga rioya qilgan holda «Humans»ning Xayrixohlik dasturida ishtirok etishga haqli. 4.2.
«Humans»ning huquq va majburiyatlari: 4.2.1.
Agar Mijozning Mobil ilovani o’rnatish va undan belgilangan maqsadda foydalanishga imkon beruvchi texnik ta’riflarga ega bo’lgan foydalanuvchi abonent qurilmasi, shuningdek texnik imkoniyatlari mavjud bo’lsa, shuningdek Mijoz Servis talablariga rioya qilsa, «Humans» Mijozni Servisga ulashni amalga oshirish majburiyatini oladi; 4.2.2.
«Humans» Mijozlarga Servisdan foydalanish masalalari bo’yicha maslahatlar berishi, shuningdek Mobil ilova chatidan foydalangan holda Mijozlarning da’vo va shikoyatlarini qabul qilishi shart; 4.2.3. «Humans» Servislar orqali Mijozlar, Hamkorlar yoki To'lov tashkilotidan olgan ma'lumotning maxfiyligini ta’minlashi, shu jumladan uchinchi shaxslar ulardan g’ayriqonuniy foydalanishidan himoya qilishi shart. «Humans» olingan axborotni har qanday uchinchi shaxslarga oshkor qilishga haqli emas (ushbu axborotdan foydalanish o’z majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo’lgan xodimlar, maslahatchilar hamda pudratchilar, shuningdek ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); 4.2.4. «Humans» Mijozdan ushbu Qoidalarning 4.1.5. bandida ko’rsatilgan hujjatlar va axborotni so’rab olishga haqli. Uchinchi shaxslardan Mijoz harakatlariga nisbatan shikoyatlar, To’lov tashkiloti yoki To’lovni amalga oshirishda ishtirok etayotgan banklardan rasmiy talablar kelib tushganida, shuningdek Mijoz tomonidan Qoidalarning 2.7. bandida ko’rsatilgan harakatlarni sodir etilish belgilari aniqlanganida «Humans» Mijozning Servisdan foydalanishini Mijoz harakatlarining qonuniyligi va vijdonliligi tasdiqlanguniga qadar to’xtatib qo’yishga haqli; 4.2.5. «Humans» Mijozdan olingan axborotni unga Servis ko’rsatish maqsadida, «Humans» va/yoki Hamkorlarning marketing va reklama maqsadlarida, Servis Mijozlarining o’zini tutishi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun, shuningdek Shaxsga oid ma’lumotlarni himoya qilish siyosatida belgilangan boshqa maqladlarda foydalanishga haqli.
5.1.
Ushbu Qoidalarda tartibga solinmagan barcha masalalar bo’yicha Tomonlar O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga tayanadi. 5.2. Human» Servis doirasida bajarilmagan yoki kerakli darajada bajarilmagan majburiyatlar, shuningdek quyidagi hollarda keltirilgan zarar javobgar emas: 5.2.1.
Mijozning yoki uchinchi shaxslarning axborot xavfsizligini yoki «Humans», Hamkorlar yoki uchinchi shaxslarning Servisni tashkil etish uchun foydalanadigan uskunalarining normal ishlashini buzishga qaratilgan g’ayriqonuniy harakatlari natijasida yuzaga kelgan; 5.2.2. Koddagi xatoliklar, kompyuter viruslari hamda Servisni tashkil etishda foydalaniladigan «Humans» uskunasining dasturiy ta’minotidagi kodning boshqa begona qismlaridagi xatolar oqibatida Mobil ilova faoliyatida ishdan chiqish holatlari natijasida yuzaga kelgan; 5.2.3. To’lov tashkiloti yoki Hamkorlarning uskunasi va/yoki dasturiy ta’minoti faoliyatidagi ishdan chiqish holatlari, shuningdek natijada «Humans» o’z majburiyatlarini bajarish uchun kerakli bo’lgan axborotni olmagan To’lov tashkiloti yoki Hamkorlarning boshqa harakatlari va/yoki harakatsizligi natijasida yuzaga kelgan; 5.2.4. Uchinchi shaxslar, shu jumladan To’lov tashkilotining xatti-harakatlari natijasida yuzaga kelgan. 5.3. «Humans» yoki To’lov tashkiloti Hamkorlar tomonidan Tovarlarning sifati va ularning realizatsiya qilish shartlari uchun Mijoz oldida javobgar emas. Tovar va uni xarid qilish shartlari bilan bog’liq barcha da’volarni Mijozlar tegishli Hamkorlarga yo’llashi kerak. 5.4. Servisdan foydalanishda yuzaga kelgan barcha da’volarni Mijozlar Mobil ilovadagi chat yordamida yo’llashlari kerak. Shuningdek Mijozlar «Humans» manziliga yozma shaklda da’vo xati yo’llashlari mumkin. Da’vo xatini «Humans» olingan vaqtdan boshlab 30 (o’ttiz) kun ichida ko’rib chiqadi. Agar da’vodagi masala «Humans» ko’rsatadigan xizmatlar doirasidan chetga chiqadigan bo’lsa va uni ko’rib chiqish uchun To’lov tashkilotidan ma’lumotlar olish talab etilsa, «Humans» bunday da’voni bu haqda Mijozni ogohlantirgan holda To’lov tashkilotiga yuborishga haqli. To’lov tashkilotida Mijozning da’vosini ko’rib chiqish To’lov tashkiloti ofertasida ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 5.5.
Barcha bahsli holatlar muzokara qilish yo’li bilan hal etiladi. Agar hal etishning imkoni bo’lmasa, bahsli holat ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq sudga yuboriladi.
6.1.
Mijoz uchun Servisning amal qilishi Qoidalarning 2.6. bandiga ko’ra Servis taqdim etilishi tugatilgan mahaldan yoki «Humans» tomonidan Servis ko’rsatish tugatilgan vaqtdan boshlab to’xtatiladi. Servis ko’rsatish to’xtatilgani haqida «Humans» Saytda ma’lum qiladi. Saytdagi tegishli xabarda ko’rsatilgan sanadan boshlab Servis to’xtatilgan hisoblanadi. 6.2. Ushbu Qoidalar Saytda e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. 6.3. «Humans» ushbu Qoidalarni bir tomonlama tartibda o’zgartirishga haqli. Qoidalar Saytda «Humans» tomonidan tegishli xabarda ko’rsatilgan vaqtdan boshlab o’zgargan hisoblanadi. Agar Mijoz o’zgarishlar kuchga kirganidan keyin Servisdan foydalanishda davom etsa, bunday o’zgarishlar Mijoz tomonidan qabul qilingan sanaladi
«Humans»ning ushbu Sodiqlik dasturi «Humans»ning «Takliflar vitrinasi» servisidan foydalanish Qoidalarining ilovasi va ajralmas qismi hisoblanib, «Humans» MChJ tomonidan, manzil: O’zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Mahtumquli ko’ch., 2 b uy, STIR 306 624 856 (keyingi o’rinlarda «Humans» deb ataladi), nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan bo’lib, Mijoz quyida bayon qilingan tartibda uni qabul qilgan vaqtdan boshlab Mijoz hamda «Humans» o’rtasidagi kelishuvga aylanadi.
1.1.
Aksiya - Dastur doirasida o’tkaziladigan, Ishtirokchilarning «Humans» va Hamkorlarga bo’lgan sodiqligini shakllantirish va oshirishga yo’naltirilgan, uning doirasida Ishtirokchiga ma’lum xatti-harakatlarni (shartlarni) bajarishda Bonuslar olish taklif etiladigan marketing va/yoki reklama tadbiri. Aksiyani ishga tushirish, uning shartlari, amal qilish muddati, cheklovlari to’g’risida qaror «Humans» tomonidan bir tomonlama tartibda qabul qilinib, saytda va (yoki) Mobil ilovada joylashtiriladi. 1.2.
amalga oshirganlik uchun «Humans» tomonidan belgilangan shartli birliklar miqdorini Ishtirokchining Keshbek hisobiga o’tkazish. 1.3.
Keshbek hisob – Ishtirokchi foydalanishi mumkin bo’lgan Keshbek va Bonuslar miqdori aks etgan «Humans»dagi tahliliy hisobga olish registri. 1.4.
miqdorini Ishtirokchining Keshbek hisobiga o’tkazish. 1.5.
realizatsiya qilinishi rejalashtirilgan tovar va xizmatlar uchun noyob takliflar, shuningdek Ishtirokchi Keshbek hisobidagi mablag’lar evaziga qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan «Humans»ning tovar va xizmatlariga bo’lgan chegirmalar. Rag’batlantirishga ega bo’lish uchun zarur bo’lgan Keshbek va (yoki) Bonuslar miqdori va Rag’batlantirishlar turi sayt va (yoki) Mobil ilovada «Humans» tomonidan belgilanadi. 1.6.
rekvizitlarini hamda O’zbekiston Respublikasidagi har qanday mobil aloqa operatori tomonidan unga ajratilgan mobil telefon raqamiga yo’llangan bir martali kodni kiritish orqali karta bog’lashni tasdiqlash bo’yicha qilingan xatti-harakatlari. 1.7.
1.8.
Dastur ishtirokchisi (Ishtirokchi) – o’ziga tegishli bo’lgan Bank kartasini Mobil ilovaga bog’lashni amalga oshirgan Mijoz. 1.9. Ushbu Dasturda ishlatiladigan boshqa atamalar «Tovarlar vitrinasi» servisidan foydalanish Qoidalarida belgilangan ma’noda qo’llaniladi. 2. DASTURDA QATNASHISH 2.1.
«Humans»ning «Tovarlar vitrinasi» servisidan foydalanish Qoidalarini qabul qilgan va Bank kartasini Mobil ilovaga bog’lashni amalga oshirgan har bir mijoz Dastur Ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Ilk marta Keshbek yoki Bonus o’tkazilgan vaqtdan boshlab ularning miqdori Ishtirokchiga Mobil ilovada ko’rina boshlaydi. 2.2. Dasturda qatnashish bepul. 2.3. Ishtirokchining Bank kartasini bog’lash bo’yicha amalga oshirgan harakatlari uning Dastur bilan to’liq va e’tirozsiz rozi ekanligini anglatadi. 2.4.
Dasturda qatnashishda Ishtirokchi Aksiya shartlari, Mobil ilova va (yoki) Saytdagi Bonuslar va Keshbek o’tkazib berish va ulardan foydalanish tartibi bilan tanishib chiqishi shart. 2.5. Quyidagi hollarda dasturda qatnashish to’xtatiladi: • «Takliflar vitrinasi» servisidan foydalanish Qoidalariga muvofiq Servisning amal qilishi to’xtaganida; • ushbu Dastur shartlariga muvofiq Ishtirokchi Dasturdan chiqarib tashlanganida; • «Humans» tomonidan Dasturning amal qilishi muddatidan oldin tugatilganida. 2.6. Mobil ilovada Ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan barcha xatti-harakatlar Ishtirokchining o’ziga tegishli harakatlar hisoblanadi. 2.7.
Keshbek va Bonus «Humans»ning Mobil ilovasi va Servisining tarqalishini oshirish uchun mo’ljallangan rag’batlantiruvchi tadbir hisoblanib, ularga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinmaydi.
3.1.
«Humans» Ishtirokchi tomonidan To’lov amalga oshirilganida, shuningdek Aksiya shartlari bajarilganida Bonuslar taqdim qiladi. Shuningdek «Humans» yangi Ishtirokchilar uchun Bank kartasini bog’lashda Bonuslar belgilashi, shuningdek boshqa Bonuslar joriy qilishi ham mumkin.
3.2. Keshbek miqdori To’lov miqdoriga, Bonus miqdori Aksiyaning muayyan shartlariga bog’liq. Keshbek va Bonus miqdorini «Humans» bir tomonlama tartibda To’lov sanasiga yoki muayyan Aksiya shartlarida ko’rsatilgan harakatlar amalga oshirish sanasiga belgilaydi. 3.3. Keshbek va Bonuslar taqdim etilishi To’lov amalga oshirilgan yoki Aksiya shartlari bajarilgan sanadan boshlab «Humans» tomonidan bir sutka muddat ichida amalga oshiriladi. O’tkazilgan Keshbek va Bonuslar haqida ma’lumot Mobil ilovada aks etadi. 3.4. Ishtirokchiga Keshbek quyidagi shartlar bajarilganida taqdim etiladi: • Ishtirokchi Hamkorga Tovarni qaytarmadi yoki Hamkor Ishtirokchiga pul mablag'larini qaytarib berishiga olib kelgan boshqa harakatlarni amalga oshirmadi. Agar Hamkor har qanday asosga ko’ra Ishtirokchiga Tovar uchun to’langan pul mablag’larini qaytargan bo’lsa, u holda Keshbek hisobga o’tkazilmaydi, o’tkazilgan Keshbek bekor qilinadi; • Ishtirokchi To’lov amalga oshirgan Hamkor To’lov amalga oshirilgan sanasidagi Hamkor hisoblanadi; • Keshbek taqdim etilgan vaqt Dasturning amal qilishi yoki Ishtirokchining Dasturda qatnashishi to’xtatilmagan. 3.5. Ishtirokchiga, agar u Aksiya shartlarida ko’zda tutilgan harakatlar jamlanmasini to’liq bajargan bo’lsa, Bonus taqdim etiladi. Agar Aksiya shartlarida ma’lum harakatlar nafaqat Ishtirokchi, balki boshqa uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi ko’zda tutilgan bo’lsa, bunday uchinchi shaxslarning barchasi kerakli bo’lgan harkatlar jamlanmasini amalga oshirishgan. 3.6. Ishtirokchi tomonidan ushbu Dastur shartlari yoki «Humans»ning «Takliflar vitrinasi» servisidan foydalanish Qoidalari har qanday tarzda buzilsa, «Humans» bir tomonlama tartibda Keshbek va Bonus taqdim etishni rad qilishga, shuningdek yuqorida ko’rsatilgan qoidabuzarliklar bo’yicha taxminlar tekshirilguniga qadar Keshbek va Bonus taqdim qilishni to’xtatib turishga haqli. 3.7. Ishtirokchiga Keshbek va Bonus «Humans» ixtiyoriy ravishda belgilagan shartli birliklarda, «so’mda» (UZS, Sum, So’m) taqdim etiladi. Taqdim etiladigan bonuslar pul mablag’lari, elektron pullar yoki pulning boshqa ekvivalenti hisoblanmaydi. 4. KESHBEK VA BONUSDAN FOYDALANISH QOIDALARI 4.1.
Ishtirokchi o’ziga taqdim qilingan Keshbek va Bonuslardan faqat ushbu Dastur qoidalariga muvofiq foydalana oladi. 4.2. Keshbek va Bonusni «Humans» tomonidan belgilangan hamda Ishtirokchi buyurtma qilgan sanada mavjud bo’lgan Rag’batlantirishlarni qo’lga kiritish uchun foydalanish mumkin. 4.3.
Keshbek hamda Bonus evaziga xarid qilish mumkin bo’lgan Rag’batlantirishlar ro’yxati Saytda va (yoki) Mobil ilovada e’lon qilinadi. «Humans» Rag’batlantirishlar ro’yxati va ularni qo’lga kiritish shartlarini bir tomonlama tartibda o’zgartirishi mumkin. 4.4.
Har bir Rag’batlantirishga nisbatan unga ega bo’lish uchun zarur bo’lgan Keshbek va Bonuslar miqdori belgilangan. Agar Ishtirokchining Keshbek hisobidagi summa Rag’batlantirish olish uchun yetarli bo’lmasa, Ishtirokchi uni ololmaydi. 4.5.
Agar Keshbek va Bonus miqdori Rag’batlantirish olish uchun yetarli bo’lsa, Ishtirokchi Mobil ilova orqali aniq Rag’batlantirishga buyurtma berishi mumkin. Bu holda Ishtirokchining Keshbek hisob balansi tegishli tarzda kamayadi. 4.6.
Agar Ishtirokchi Rag’batlantirishdan foydalanish huquqini realizatsiya qilgunigacha Mobil ilovaning tegishli interfeyslaridan foydalangan holda undan voz kechsa, Rag’batlantirish bekor qilinadi va tegishli Rag’batlantirish uchun Keshbek va Bonus miqdori Ishtirokchining Keshbek hisobiga qaytariladi. 4.7. «Humans» oldin buyurtma berilgan Rag’batlantirishlardan voz kechishni taqiqlashga haqli. 4.8. Ishtirokchi Keshbek va Bonusni Dasturning boshqa Ishtirokchisi bilan bo’lishishga haqli. «Humans» bunday o’tkazmalarning shartlarini, jumladan boshqa Ishtirokchiga o’tkazilishi mumkin bo’lgan Keshbek va Bonusning eng kam va (yoki) eng ko’p miqdorini cheklashi mumkin. O’tkazma faqat Mobil ilovada amalga oshiriladi.
5.1.
Tomonlar ushbu Dasturda ko’zda tutilgan, jumladan ushbu bo’limda quyida ko’rsatilgan huquqlarga ega va ulardagi majburiyatlarni bajarishi shart. 5.2. «Humans»ning majburiyatlari: 5.2.1. Agar Ishtirokchining texnik imkoniyatlari bo’lsa va u Dastur talablariga rioya qilsa, «Humans» uning Dasturga ulanishini amalga oshirishi shart; 5.2.2. «Humans» Mijozlarga Keshbek va Bonusni Dasturda belgilangan, jumladan muayyan Aksiyalar shartlarida joriy etilgan shartlar, tartib va muddat asosida taqdim qilishi shart.
5.3. «Humans»ning huquqlari: 5.3.1. «Humans» Aksiya va Rag’batlantirishlarni o’z ixtiyoricha o’zgartirish, qo’shish, olib tashlashga, shuningdek Aksiya va Rag’batlantirishlar shartlarini, shu jumladan ularni o’tkazish muddatlarini Mijozni oldindan ogohlantirmasdan o’zgartirishga haqli; 5.3.2. Ishtirokchining xatti-harakatlarida firibgarlik va/yoki ushbu Dastur qoidalarini buzish elementlari kuzatilganida yoki «Humans» ixtiyoriga ko’ra boshqa hollada surishtiruv ishlari olib borish davrida «Humans» Keshbek va Bonus taqdim qilish protsedurasini to’xtatib qo’yishga haqli; 5.3.3. «Humans» Ishtirokchidan To’lov amalga oshirganlikni hamda Ishtirokchining xatti- harakatlari vijdonliligini tasdiqlovchi hujjat va axborotlar rasman so’rab olishga haqli. So’rab olingan hujjat va axborotlarni Ishtirokchi so’rov olingandan sanadan boshlab 5 (besh) kundan kechiktirmagan holda taqdim qilishi shart; 5.3.4. Agar «Humans» hujjatlarni ko’rib chiqishda va axborotni tahlil qilishda Ishtirokchi tomonidan Dastur shartlari buzilgan yoki uning harakatlarida huquqni suiiste’mol qilish va insofsiz xulq-atvor belgilari bor, degan xulosaga kelsa, Ishtirokchiga qoidabuzishlar aniqlangan To’lov va Aksiyalar bo’yicha, shuningdek Keshbek va Bonus taqdim qilinishi to’xtatib qo’yilgan davr davomida amalga oshirilgan To’lov va Aksiyalar uchun Keshbek va Bonus berishni «Humans» rad qilishga haqli. 5.4. Ishtirokchining majburiyatlari: 5.4.1. Ishtirokchi ushbu Dasturning shartlari, Aksiyalar shartlari, To’lov qilish shartlari, taqdim qilinadigan Keshbek va Bonuslar va ulardan foydalanish tartibi bilan diqqat bilan tanishib chiqishi, shuningdek Mobil ilovada avval e’lon qilingan shartlar o’zgarishi haqida ma’lumotni muntazam ravishda kuzatib borishi shart; 5.4.2. Ushbu Dastur talablariga to’liq amal qilish. 5.5. Ishtirokchining huquqlari: 5.5.1. Mobil ilovada Dastur shartlari, undagi o’zgarishlar, Keshbek va Bonus taqdim etilishi tartibi va Aksiya shartlari to’g’risida ishonchli ma’lumotlar olish, jumladan Mobil ilovaning maxsus bo’limi yoki Sayt orqali qo’llab-quvvatlash chatiga yozish; 5.5.2. Ishtirokchining huquqlari buzilganida «Humans»ga talabnoma bilan murojaat qilish. Talabnoma Mobil ilovada qo’llab-quvvatlash chati orqali Ishtirokchining huquqi buzilgan sanadan boshlab 10 (o’n) kun ichida jo’natiladi. Agar Mizoj Keshbek yoki Bonus taqdim etilgan sanadan boshlab 10 (o’n) kun ichida asosli talabnoma taqdim qilmasa, Keshbek yoki Bonus ushbu Shartlarga muvofiq amalga oshirilgan sanaladi, va Mijozning «Humans»ga nisbatan da’vosi bo’lmaydi. 5.6. «Humans»ning javobgarligi: 5.6.1. «Humans»ning ushbu Dastur shartlarini buzganligi uchun javobgarligi har bir Ishtirokchiga nisbatan 500 000 (besh yuz ming) so’m pul mablag’i bilan chegaralangan. 5.6.2. «Humans» Servis doirasidagi majburiyatlarning bajarilmagani yoki kerakli darajada bajarilmagani, shuningdek quyidagi hollarda keltirilgan zarar uchun javobgar emas: • Ishtirokchi yoki uchinchi shaxslarning «Humans», Hamkorlar yoki uchinchi shaxslar axborot xavfsizligi yoki ularning Dasturni tashkil etish uchun foydalanadigan uskunasining normal ishlashini buzilishiga qaratilgan g’ayriqonuniy harakatlari, jumladan asossiz qo’shimcha Keshbek va (yoki) Bonus olishga qaratilgan harakatlari natijasida yuzaga kelgan holatlar; • Koddagi xatoliklar, kompyuter viruslari hamda «Humans» uskunasining dasturiy ta’minotidagi kodning boshqa begona qismlaridagi xatolar tufayli Mobil ilova faoliyatida ishdan chiqish holatlari natijasida yuzaga kelgan holatlar; • Hamkorlarning uskunasi va/yoki dasturiy ta’minoti faoliyatidagi ishdan chiqish holatlari, shuningdek natijasida «Humans» Dasturga muvofiq o’z majburiyatlarini bajarish uchun kerakli axborotni olmagan Hamkorlarning boshqa harakatlari va/ yoki harakatsizligi natijasida yuzaga kelgan holatlar. 6. DASTURNING AMAL QILISHI 6.1.
Ushbu Dastur u Saytda e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. 6.2.
Dasturning amal qilish muddati 31.12.2020 yilgacha. 6.3.
«Humans» bir tomonlama tartibda Dastur, Aksiya va Rag’batlantirishlar shartlarini istalgan payt, jumladan muddatidan oldin o’zgartirishga yoki amal qilishini to’xtatishga haqli. Dastur, Aksiya, Rag’batlantirishlarning o’zgarishi yoki amal qilishi to’xtatilishi haqida «Humans» Ishtirokchilarga Saytda va (yoki) Mobil ilovada xabar qiladi. 6.4. Dastur, Aksiya va Rag’batlantirishlarning amal qilishi «Humans»ning ularning amal qilishi to’xtagani haqidagi xabarida ko’rsatilgan sanadan boshlab to’xtatiladi. 6.5.
Ushbu Dasturda tartibga solinmagan barcha savollar bo’yicha Tomonlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tayanadi. Sahifa tarkibi: 1. Servisidan foydalish qqidalari 2. Sodoqlik dasturi EN
RU Download 48.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling