Hunarmandchilikda kompozitsiya yaratish usullari


Download 179 Kb.
bet2/11
Sana26.01.2023
Hajmi179 Kb.
#1128741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kompozitsiya

Kurs ishining maqsadi.
1. Kurs ishini bajarish. Talabalarni estetik idrok qilish qobiliyatlarini o’stirish, ularni tabiat, san’at va hayotdagi go’zalliklarni idrok etishga o’rgatish.
2. Talabalarning estetik didini tarbiyalash, ularni go’zallikni baholay olish haqiqiy go’zallikni farqlay bilishga odatlantirish.
3.Talabalardagi ijodiylikni tarbiyalash va o’stirish.
4. Talabalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish.
5. Rangshunoslik fanidan olgan bilimlarini amalda qo’llash.
Kurs ishining obyekti. Kurs ishi uchun qo’yilgan miniatyura mavzusi asosida bajarilgan turli xil variantdagi eskizlar, qoralama ishlar va natyurmort mavzusida ijod etgan rassomlarning asarlaridan reproduksiyalar. Amaliy ish jarayonida miniatyura texnologiyasi qonun-qoidalariga amal qilish kompozitsiyada detallarning shakli fakturasini rangini amalda qo’llash.
Kurs ishining ilmiyligi. Kurs ishini bajarishda qalam tasvir qonuniyatlariga qat’iy amal qilish. Rangshunoslik qonunlari: rang koloriti gammasi, ranglarning to’yinganligi, narsa va buyumlarning shakli fakturasi kabi tomonlarini asosli ravishda topilishiga kata e’tibor qaratish. Ilmiylik prinsipi, shuningdek, yorug’-soya chiziqli va havo perspektivasi, rangshunoslik qonunlarini o’zlashtirishni nazarda tutadi.
Kurs ishidan olingan natija. Mavzu asosida kompozitsiya chizishda ketma-ketlik prinsipiga amal qilingan. Birinchi navbatda obyekt yoki pastanovka tanlanib, kuzatilib, o’rganilib tavsiya qilingan. Kuzatish va tahlil asosida qoralama ishlar etyutlar bajarilgan. Tayyorgarlik bosqichidan keyin kompozitsiya asosiy holatda ko’chirilgan. Bitiruv malakaviy ishini chizishda rangshunoslik va rang texnologiyasining barcha qonun-qoidalariga amal qilingan holda ish bajarilgan.
Mavzuli kompozitsiyani ishlash jarayonida ranglarning asosiy xususiyatlari uning yorqinligi (och-to’qligi), tusi va to’yinganligi bilan belgilanadi. Kompozitsiyada har qanday predmetning hajmi, shakli, materiali, fazodagi joylashuvi aniqlangan va kompozitsiya markaziga bo’ysundirilgan.

Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling