Hunarning-foydasi-dars-ishlanma pdf


Download 19.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1747746
Bog'liq
hunarning-foydasi-dars-ishlanma



ONA TILI VA O’QISH 
SAVODXONLIGI
2-sinflar uchun
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti IV 
bosqich 
810-20 (401)-guruh talabasi
 
Usmonova Yulduz




FIKRNI TO’LIQ 
BAYON QILISH
VAQTDAN 
UNUMLI 
FOYDALANISH 
INTIZOMLI VA 
FAOL BO’LISH
YANGILIKLAR 
SARI INTILISH
O’ZGALAR 
FIKRINI 
TINGLASH
OLTIN 
QOIDALAR



MAVZU: HUNARNING 
FOYDASI





ESLAB QOLING!




Uyga vazifa:


E’TIBORINGIZ 
UCHUN RAHMAT


Jizzax shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 18-umumiy o’rta ta’lim maktabi
2-“A” sinfida o’qish fanidan “Hunarning foydasi” mavzusida o’tkazilgan
ochiq dars
B A Y O N N O M A S I
24.10.2023 yil Jizzax shahri
Qatnashdi: O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rin bosari, maktab o’qituvchilari, 
sinf rahbari hamda 29 nafar o’quvchi.
Kun tartibi:
1. Sinf rahbari Usmonova Yulduz tashkil qilgan ochiq darsni kuzatish.
2. Ochiq dars yuzasidan kuzatuvchilarning fikrlarini o’rganish.
ESHITILDI:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan ochiq dars mashg’uloti kuzatildi.
Dars salomlashishdan boshlandi, davomat aniqlandi, kun yangiliklari hamda ob-
havo ma’lumotlari aytib o’tildi. O’quvchilar guruhlarga ajratib olindi hamda ularga
nomlar qo’yildi. So’ngra o’tgan mavzu yuzasidan guruhlar o’rtasida “Tezkor
savol-javob” o’yini o’tkazildi. Yangi mavzuni tushuntirib berishda ko’rgazmali
qurollardan, tarqatma materiallardan va taqdimotdan foydalanildi. O’quvchilar
matn bilan tanishganlaridan so’ng o’zlarining ishtirokida hikoya sahnalashtirib
ko’rsatildi. Bu narsa mavzuning o’quvchilar xotirasida yaxshi saqlanib qolishiga
yordam berdi. O’quvchilarda toliqish kuzatilganda “Quvnoq daqiqa” o’tkazildi.
Shundan so’ng matnda uchragan murakkab so’zlar va iboralar yuzasidan lug’at ishi
tashkil qilindi. Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirib borildi
va baholandi. Dars so’ngida o’quvchilarga yangi mavzu mazmunini so’zlab berish
hamda hikoyaga mos rasm chizish topshirig’i yuklatildi.


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan o’quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari hamda ochiq darsni kuzatgan boshqa o’qituvchilarning fikr-
mulohazalari o’rganildi. Ular darsda erishilgan quyidagi yutuqlarni ta’kidlashdi:
- fanlararo integratsiya amalga oshirildi;
- vaqtdan unumli foydalanildi;
- barcha o’quvchilar darsga jalb qilib olindi
- yangi mavzuni mustahkamlash to’g’ri amalga oshirildi; 
- o’quvchilar kerakli o’rinlarda rag’batlantirildi. 
Kamchilik sifatida biroz shovqin kuzatilganligi aytib o’tildi.
Ko rilgan masalalar yuzasidan yig ilish
ʼ
ʼ
QAROR QILADI:
1. O’qituvchi Usmonova Yulduz tomonidan o’tilgan ochiq dars yaxshi deb
topilsin.
2. Sinf tartib-intizomi kuchaytirilsin.
Yig’ilish raisi: Abduhakimova N.
Dars kuzatuvchilar: Tog’ayeva D.
Nosirova G.
Hakimova Y.


Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling