20. Konstitutsiyaviy huquqning asosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang ?
1) inson; 2) fuqaro; 3) davlat; 4) sud; 5) jamiyat; 6) hokimiyat
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 5, 6
C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
21.“Sizlar uchun (bu gap erkaklarga aytilyapti) onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opasingil laringiz, qaynonalaringiz, nikohingizda bo‘lgan xotinlaringizning tarbiyangizda bo‘lgan qizlari – mana shu sanab o‘tilgan ayollarga uylanish harom qilindi.” deb «Qur’oni karim»ning qaysi surasida bayon qilingan ?
A) Niso surasi, 23-oyat B) Niso surasi, 20-oyat
C) Niso surasi, 18-oyat D) Niso surasi, 16-oyat
22. Qaysi kodeksida nikohdan ajralishning sud amaliyoti quyidagicha belgilangan: «Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi».
A) Oila kodeksi B) Fuqarolik kodeksi
C) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
D) Jinoyat kodeksi
23. Qaysi holda jinoyat ehtoyotsizlik tufayli sodir etilgan deb topiladi ?
A) o‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik oqibatida
sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish
B) jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunga qaramay, uni sodir etishni istagan bo‘lsa
C) qonun bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy
xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)
D) A, B, C
24. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish jinoyati qanday ifodalanadi ?
1) jinsi, irqi, millati, tili, dini; 2) ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi; 3) shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyidan, kelib chiqishdan qat’i nazar fuqarolarning huquqlarini buzish yoki cheklash;
4) fuqarolarga bevosita afzalliklar berishda
A) 1, 2 B) 1, 3
C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
25. «Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi. » ushbu so‘zlarning muallifini aniqlang.
A) Yusuf Xos Hojib B) Abu Rayhon Beruniy
C) Aflotun D) Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |