HUQUQ FANIDAN
30 talik
1. Shaxs uchun muhim bo’lgan qadriyatlarga nimalar kiradi ?
A) o‘z uyi – oilasi, mamlakati – vatani
B) mahallasi – qo‘ni-qo‘shnilari,
C) o‘quv dargohi – sinfdoshlari yoki kursdoshlari, ishxonasi – hamkasblari
D) barcha javoblar to’g’ri
2. Davlatning ibtidoiy, urug‘chilik jamiyatidan ajratib turadigan belgilari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping
1. Davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma’lum bir hududga birlashadilar. 2. Davlat o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun murakkab tizimdan tashkil topgan boshqaruv apparatiga ega bo‘ladi va ana shu boshqaruv tizimi yordamida o‘zining barcha fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan davlat hokimiyatini amalga oshiradi. 3. Davlat hokimiyatni to‘laqonli amalga oshirish uchun qonunlar va turli normativ hujjatlar qabul qiladi. Ya’ni, davlat mavjud bo‘lgan joyda huquq ham mavjud bo‘ladi. 4. O‘z faoliyatini yuritishga kerak bo‘ladigan zaruriy xarajatlar o‘rnini qoplash uchun moliyaviy manbalarga ega bo‘ladi. Soliqlar va boshqa to‘lovlar joriy qiladi va ularni yig‘adi. Ya’ni o‘z budjetiga ega bo‘ladi. 5. Davlat o‘z faoliyatini to‘laqonli tarzda amalga oshirishi uchun o‘z suverenitetiga (mustaqilligiga) ega bo‘lishi lozim
A) 1, 2,3 B) 2, 4, 5
C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
3. Davlatning tashqi funksiyasiga kirmaydigan javobni aniqlang.
A) tashqi xavf-xatardan mudofaa
B) xalqaro iqtisodiy faoliyat
C) tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash
D) fuqarolarning madaniy-ma’rifiy barkamollikka erishishlari uchun sharoit yaratish
4. Amir Temur davlatida odil sudlovni amalga oshirgan sudlar faoliyatini to’g’ri moslashtiring.
1) fuqarolik sudi; 2) harbiy sud; 3) shariat sudi; 4) amaldorlar sudi
a) islom qozisi; b) lashkar qozisi c) xizmatchilar qozisi; d) aholi qozisi
A) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c
C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
5. Quyidagi qaysi qatorda xatolik mavjud.
A) qonun hujjatlarida huquq normasi har doim uch tarkibiy elementdan iborat bo’ladi
B) sanksiyada huquq normalari bajarilmagani uchun davlat tomonidan qo‘llaniladigan majburlov chorasi bayon etiladi
C) davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi huquq normasi
deyiladi
D)huquq normasining asosiy vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
Do'stlaringiz bilan baham: |