O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining


Download 38.66 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi38.66 Kb.
#196010
Bog'liq
7 28.04.2000




[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.04.00 Ma’naviy zararni qoplash]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining

Qarori

Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida

 LexUZ sharhi

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)

Ma’naviy zararni qoplash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini o‘rganish natijalarini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ma’naviy zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarning turliligi, ularni kuchga kirish muddatlarining har xilligi, shuningdek Fuqarolik kodeksi qabul qilinishi bilan tushuntirishlar berish talab qilinadigan muammolar kelib chiqqanligini qayd etadi.



Fuqarolik huquqiy javobgarlikning yangi turi — ma’naviy zarar yetkazilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutgan qonunlarning kuchga kiritilishi va sudlarda muammolar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, Oliy sudning Plenumi qaror qiladi:

Oldingi tahrirga qarang.



1. Ma’naviy zararni qoplash masalalari bir qator qonun hujjatlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 112-moddasi, 1996-yil 26-apreldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasi, 2014-yil 6-maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 113-moddasi, 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11, 99, 100, 163, 1021 va 1022-moddalari, 1998-yil 29-avgustdagi “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasi va boshqa qator qonunlar bilan tartibga solinishiga e’tibor qaratilsin.

(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)

Kelib chiqqan nizolarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal qilish uchun sudlar har bir ish bo‘yicha taraflarning o‘zaro munosabatlari xarakterini va bu huquqiy munosabatga ma’naviy zararni qoplash bo‘yicha qonunni qo‘llashga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi, agar qonunda bunday javobgarlik belgilangan bo‘lsa, ma’naviy zararni qoplash tartibi va shartlarini nazarda tutgan qonunning qachon kuchga kirganini, shuningdek, ma’naviy zararni keltirib chiqargan harakatlar qachon sodir bo‘lganligini tekshirishi va muhokama qilib baho berishi lozim.

Shuningdek, sud jabrlanuvchiga jismoniy va ma’naviy azoblar yetkazilgani fakti nima bilan tasdiqlanishi, u qanday holatlarda va qanday harakatlar (harakatsizlik) bilan yetkazilganligi, zarar yetkazuvchining ayb darajasi, jabrlanuvchi qanday ma’naviy va jismoniy azoblar tortgani, uni qoplashni qanday miqdorda baholashi va nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashi zarur.

2. Ma’naviy zarar deganda jabrlanuvchiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) oqibatida u boshidan kechirgan (o‘tkazgan) ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy og‘riq, zarar ko‘rish, noqulaylik va boshqa) azoblar tushuniladi.

G‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik)ning obyekti bo‘lib fuqaroga tug‘ilgan vaqtidan buyon va qonunga muvofiq tegishli bo‘lgan nomoddiy manfaatlari, (hayoti, sog‘lig‘i, shaxsning qadr-qimmati, ishchanlik obro‘-e’tibori, shaxsiy hayotning daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy siri), shaxsiy nomulkiy huquqlari (o‘z nomidan foydalanish huquqi, mualliflik huquqi va boshqa nomulkiy huquqlarning intellektual faoliyat natijalarini qonunlarga ko‘ra huquqiy muhofaza qilish) va mulkiy huquqlari (uy-joy daxlsizligi, mulk huquqi va boshqalar)ni buzilishi bo‘lishi mumkin.

Ma’naviy zarar, jumladan yaqin qarindoshini yo‘qotish (o‘limi) sababli ma’naviy qayg‘urish, ijtimoiy hayotdagi faolligini davom ettira olmaslik, ishini yo‘qotish, oilaviy, tibbiy sirlarni oshkor qilish, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, har qanday boshqa huquqlarini vaqtincha cheklash yoki ulardan mahrum qilish, yetkazilgan zarar yoki sog‘liqqa boshqacha ziyon yetkazish tufayli, jismoniy og‘riq, sog‘liqqa boshqacha yetkazilgan yoxud yetkazilgan ma’naviy azoblar natijasida boshidan o‘tkazilgan boshqa kasalliklarda namoyon bo‘lishi mumkin.

3. Amaldagi qonunga ko‘ra (FK 1021-moddasi) ma’naviy zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning kelib chiqishiga asos bo‘luvchi shartlardan biri zarar yetkazuvchining aybi bo‘lishi hisoblanadi. Qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasnodir. Masalan:

zarar fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo‘lsa;

zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof ravishda qo‘llash, ma’muriy jazo qo‘llash va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan bo‘lsa;

zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘ e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa.

4. Agar ma’naviy zarar jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplashni nazarda tutgan qonun kuchga kirgunga qadarli yetkazilgan bo‘lsa, shuningdek da’vogar bunday qonun kuchga kirganidan keyin ham ma’naviy va jismoniy azob his qilayotgan bo‘lsa ham da’vogarning bu haqdagi talabi qanoatlantirishga tegishli emas, chunki zarar yetkazilgan vaqtda javobgarlikning bu turi belgilanmagan bo‘lgan va umumiy qoidaga ko‘ra sodir qilingan vaqtda amalda bo‘lgan qonunda belgilangan xilof harakatga nisbatan javobgarlikni kuchaytiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin emas.

Lekin, agar da’vogarga yetkazilayotgan ma’naviy va jismoniy azoblar uchun javobgarning qonunga xilof harakati (harakatsizligi) ma’naviy zarar yetkazilganligi sababli javobgarlikni nazarda tutadigan qonun kuchga kirgunga qadar boshlangan bo‘lsa va bu qonun amalga kirganidan keyin davom etayotgan bo‘lsa, bunday holatda ma’naviy zarar qoplanishga tegishli bo‘ladi.

5. Etkazilgan ma’naviy va jismoniy azoblar uchun zarar undirish imkoniyati qonun hujjatida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilmaganligi hamma vaqt ham jabrlanuvchi ma’naviy zarar undirishga huquqi yo‘q degan xulosani bildirmaydi.

Fuqarolik kodeksining 989-moddasi 1-qismiga muvofiq yuridik shaxs yoxud fuqaro o‘z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydi.

Qonunda ko‘rsatilgan bu qoida ma’naviy zarar yetkazilgan holatlarga ham tatbiq qilinadi.

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.02 Xodimga mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilish natijasida yetkazilgan zararni to‘lash]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

6. Mehnat kodeksining 112-moddasiga binoan sud mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganlik yoki xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazganlik oqibatida xodimga yetkazilgan ma’naviy azoblarni qoplash majburiyatini ish beruvchiga yuklashi mumkin.

Ish beruvchiga bunday majburiyat intizomiy jazo asossiz qo‘llanilganda, noqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazish rad qilinganda, ishdan chetlatilganda, mehnat daftarchasi, ish haqi, shuningdek boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida bermaganlikda ham yuklatilishi mumkin.

7. Fuqaroning ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlarni tarqatilishi sababli ma’naviy zararni qoplashni tartibga soluvchi qoidalar yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya etishga nisbatan ham tegishli yo‘sinda tatbiq qilinadi (FK 100-moddasi 9-qismi).

Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, ma’naviy zarar bunday ma’lumotlarni (yiqqan) tarqatgan shaxsdan, agar bu ma’lumotlar tegishli hujjatlarda bo‘lsa, ularni ma’qullagan (guruh) komissiya a’zolarining har biridan undirilishi lozim.

8. Sud ma’naviy zararni undirish haqidagi da’voni mulkiy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo bilan birga ham, shuningdek alohida ham ko‘rilishi mumkin, chunki amaldagi qonunga ko‘ra yetkazilgan ma’naviy zarar uchun javobgarlik mulkiy zararning mavjudligi bilan bog‘liq emas.

[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.06.00 Siyosiy repressiyalarga uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilish. Jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]

9. Jinoyat protsessual kodeksining 57-moddasiga muvofiq jabrlanuvchi, ya’ni jinoyat tufayli ma’naviy zarar ko‘rgan shaxs, jinoyat ishi yuritilishi jarayonida ma’naviy zararni qoplash haqida fuqarolik da’vosini qo‘zg‘ash huquqiga ega.

Oldingi tahrirga qarang.

Agar jinoyat ishi ko‘rilayotganda ma’naviy zararni qoplash haqidagi da’vo arz qilinmagan yoki hal etilmagan bo‘lsa, FPKning 38-moddasiga muvofiq bunday da’vo fuqarolik ishi yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin.



(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)

Reabilitatsiya etilganning ma’naviy ziyonni undirishga bo‘lgan huquqi oqlov hukmi chiqarilganidan yoki jinoyat ishini tugatilganidan keyin vujudga kelishligini nazarda tutish lozim (JPK 302, 306, 309 va 310-moddalari). Reabilitatsiya etilganga yetkazilgan ma’naviy ziyonni undirish haqidagi da’vo fuqarolik ishi yuritish tartibida ko‘riladi (FKning 1021-moddasi).

[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ma’muriy javobgarlik]

10. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni g‘ayriqonuniy tarzda ma’muriy javobgarlikka tortish hollarida ham ma’naviy ziyonni undirish huquqi vujudga keladi (MJtKning 271-moddasi).

Ma’muriy ish bo‘yicha jabrlanuvchi ham qonunbuzarning harakatlari natijasida yetkazilgan ma’naviy zararni undirish huquqiga ega.

[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.02.00 Umumiy ovqatlanish sohasini boshqarish va nazorat qilish.Iste’molchi huquqini himoya qilish.;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish / 09.19.02.00 Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarish va nazorat. Iste’molchilar huquqini himoya qilish]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]

11. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga binoan iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, sud tomonidan belgilanadigan miqdorda haq to‘lashi lozim. Zararni qoplash miqdorini neustoyka bo‘yicha to‘lanadigan summa yoki tovar (ish, xizmat) qiymatiga tobe qilib qo‘yish mumkin emas, uni belgilashda har bir aniq holatda iste’molchiga yetkazilgan ruhiy va jismoniy azoblarning hajmi va xarakteriga asoslanish lozim. Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.

Ma’naviy zarar, uni yetkazishda aybdor bo‘lgan javobgar(lar) tomonidan qoplanadi. Shu bois, bunday hollarda javobgar FKning 1018-moddasida ko‘rsatilganidek (tovar sotuvchi yoki tayyorlovchi) iste’molchining xohishiga ko‘ra aniqlanmasdan, balki ulardan qaysi biri iste’molchining huquqlarini poymol etishi natijasida ma’naviy zarar yetkazilganiga qarab aniqlanishi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

Agar sud muhokamasi davomida, da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan da’vo taqdim etilganligi aniqlansa, sud FPK 46-moddasi talablariga rioya qilgan holda ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni ishga daxldor bo‘lgan javobgar bilan almashtirish yoki bu shaxsni qo‘shimcha javobgar sifatida jalb etishga haqli



(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)

Oldingi tahrirga qarang.

(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)

13. Ma’naviy zararning miqdorini belgilashda sudlar jabrlanuvchining unga yetkazilgan ma’naviy zararning og‘irligiga bergan subyektiv bahosini, shuningdek da’vogarga yetkazilgan ma’naviy va jismoniy azoblarning darajasini ko‘rsatuvchi obyektiv ma’lumotlarni, tajovuz qilingan obyektning hayot uchun muhimligi, foydasi (hayoti, sog‘lig‘i, qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi, uy-joyning daxlsizligi, katta qimmatlikka ega bo‘lgan mulklari va boshqalar), huquqbuzarlikning og‘irligi va oqibati (yaqin qarindoshlarining o‘ldirilishi, nogironlikka olib kelgan tan jarohati yetkazilishi, ozodlikdan mahrum qilish, ishdan yoki turar joydan va boshqalardan mahrum qilish), uyaltiradigan noto‘g‘ri ma’lumotlarning xarakteri va ularni qanchalik darajada (doirada) tarqatilganligi, jabrlanuvchining yashash sharoitlari, shaxsiy xususiyatlari (xizmati, oilaviy, maishiy, moddiy tomonlari, sog‘lig‘ining holati, yoshi va boshqalar), zarar yetkazuvchining va jabrlanuvchining ayb darajalari, zarar yetkazuvchi shaxsning moddiy ahvoli va boshqa e’tiborga molik holatlarni hisobga olishlari lozim.

Bundan kelib chiqib, ma’naviy zararni qoplash miqdorini yetkazilgan mulkiy va boshqa moddiy zararni undirish da’vo talabining qoplanish hajmiga qarab belgilash mumkin emas. Zararni qoplash miqdorini belgilashda adolatlilik va oqilonalik talablari inobatga olinishi lozim (FKning 1022-moddasi).

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qarz shartnomasidan kelib chiqqan majburiyat, pul majburiyati bo‘lib, uni bajarmaganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi FKning 327-moddasida belgilanganligi sababli qarz oluvchining shartnoma bo‘yicha majburiyatni buzganligi qarz beruvchining ma’naviy zararni qoplash huquqini istisno etadi.

14. Bir necha shaxslarning birgalikdagi harakatlari tufayli ma’naviy zarar yetkazilgan hollarda jabrlanuvchi uni yetkazganlarning hammasidan sheriklik tarzida yoki har biridan alohida tarzda ham undirish huquqiga ega (FKning 1000-moddasi).

Oldingi tahrirga qarang.

15. Ma’naviy zararni qoplash nomoddiy boyliklarni va nomulkiy huquqlarni himoya qilishning birdan-bir manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra FK 163-moddasining birinchi qismiga muvofiq ma’naviy zararni undirish haqidagi talablarga da’vo muddati tatbiq etilmaydi



(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)

[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini to‘lash tartibi]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

Oldingi tahrirga qarang.

16. Ma’naviy va jismoniy azoblarni qo‘llash haqidagi da’vo arizalarni qabul qilish va ishlarni ko‘rishda, ma’naviy zarar pul bilan qoplansada, nomulkiy zarar ekanligini hisobga olish lozim, Shuni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan davlat boji stavkalarining miqdorlariga muvofiq mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalaridan undiriladigan miqdorda davlat boji undirilishi lozim.



(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)

Qonunda belgilangan hollarda da’vogarlar davlat boji to‘lashdan ozod qilinishlarini ham nazarda tutish lozim (masalan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi 2-qismi).

Oldingi tahrirga qarang.

17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudlar tomonidan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishlarini ta’minlash va ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borsinlar.



(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)

2000-yil 28-aprel,



7-son

Download 38.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling