2022-yilning oktabr oyida Toshkent shaxar, Uchtepa tumanidan soliq
Download 426.29 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqoraliq moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Muammoli vaziyat yuzasidan Toshkent shahar soliq boshqarmasining qoplanadigan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan kameral soliq
2 KAZUS 2022-yilning oktabr oyida Toshkent shaxar, Uchtepa tumanidan soliq to‗lovchi sifatida ro‗yxatdan o‗tgan ―GLP‖ MCHJ ―KIA‖ rusumli avtomashinani 327.900.000 so‗mga sotib oldi. Shundan so‗ng jamiyat buxgalteri S.Alimov xududiy soliq organiga murojaat qilib, sotib olingan avtomashina jamiyat faoliyati uchun ekanligi sababli sarf etilgan mablag‗ning 12 foizi yaʼni qo‗shimcha qiymat solig‗ini jamiyat xisob raqamiga tushirib berishni so‗rab murojaat qildi. Biroq xududiy soliq organi transport vositalariga to‗langan summalar yuzasidan qo‗shimcha qiymat solig‗ini qaytarib berilmasligini va avtomashina qayta sotilayotganda to‗langan summadan qayta QQS xisoblanmasligini ko‗rsatib so‗rovni rad etdi. Bundan norozi bo‗lgan jamiyat Toshkent shaxar soliq boshqarmasiga murojaat qilinganda boshqarma ham so‗rovni rad etib, QQS qaytarilsa faqatgina kameral tekshiruv o‗tkazilib, QQS qaytarilishini ko‗rsatdi. Savol: 1. Qo„shimcha qiymat solig„i qanday soliq turiga kiradi va nima maqsadda qo„llaniladi. 2. Muammoli vaziyatdagi xududiy soliq organining xarakatlariga Soliq qonunchiligiga asosan qonuniy baho bering. 3. Muammoli vaziyat yuzasidan Toshkent shahar soliq boshqarmasining qoplanadigan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o„tkazish haqidagi vajini asoslang. 4. Mazkur vaziyatda “GLP” MChJning avtomashina uchun to„langan summadan QQSni qaytarib olishi qonuniymi?. Fikringini asoslang. 5. Qanday turdagi maxsulotlarga nima sababdan QQS qaytarib berilmaydi. Soliq kodeksi asosida taxlil qiling. Javob: 1) Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi Moris Lore tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan obyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, texnologik, qayta taʼmirlash va boshqa shunga oʻxshash ishlar qiymati qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida bajarilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq obyekti boʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortishda uning obyekti joʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida qoʻshilgan qiymat soligʻi asosan, 12,0 % li stavka boʻyicha undiriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi kamaytirilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻini undirish va toʻlash tartib-qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining „Soliq kodeksi― (65-79-moddalari) bilan tartibga solinadi. 2) Ushbu vaziyatda soliq organi 267-moddaning 2-qismiga asoslangan holda ushbu qarorga kelgan. Agar moddaga sinchkovlik bilan qarasak u yerda faqat shaxsiy ehtiyojlar uchun sotib olinsagina qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmasligi kerakligi aytib o‘tilgan. Download 426.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling