2022-yilning oktabr oyida Toshkent shaxar, Uchtepa tumanidan soliq
Download 426.29 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqoraliq moliya
3) Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‗tkaziladi:
tahlika-tahlil dasturi ma‘lumotlari asosida soliq qonunchiligi buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjud bo‗lganda; soliq to‗lovchi taqdim etgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda; soliq qonunchiligi talablarining buzilish holati haqida jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati soliq organiga tushganda; oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko‗rilgan zarar summasini ko‗paytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda. Kameral soliq tekshiruvi soliq organi buyrug„i asosida o‗tkaziladi. Yuqoridagi kazusda ―GLP‖ MCHJ soliq qonunchiligi talablarining buzilish holati haqida soliq organiga murojaat qilsagina soliq organi tomonidan tegishli tartibda kameral soliq tekshiruvi o‘tkaziladi. MCHJ ning qilgan vajlari esa asosli, sababini esa keyingi savolga bergan javobimda keltirib o‘taman. 4) O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 267-moddasi ikkinchi qismiga asosan soliq to‗lovchi amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‗liq bo‗lmagan yengil avtomobillar va ular uchun yoqilg‗ini sotib olishda to‗langan QQS summasi hisobga olinmaydi. Shuningdek, mazkur moddaning birinchi qismida vakillik xarajatlari, soliq to‗lovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga mo‗ljallangan hamda foyda solig‗ini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda soliq summasi hisobga olinmasligi belgilangan. E‘tibor berish lozimki, sotib olingan yengil avtomobil tadbirkorlik subyekti amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‗liq deganda – ushbu asosiy vosita obyektidan bevosita foydalanish orqali daromad olishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Masalan, yengil avtomobillarda yo‗lovchi tashish (taksi), tovarlar yoki taomlar yetkazib berish va shunga o‗xshash xizmatlar. Aksincha, yengil avtomobildan xizmat avtomashinasi sifatida, shuningdek rahbar yoki ta‘sischining shaxsiy ehtiyojlari maqsadida foydalanish soliq to‗lovchining daromad olishga qaratilgan faoliyat turiga bog‗liq bo‗lmaydi va bunday hollarda QQS summasi hisobga olinmasligi kerak. Yuqoridagi vaziyatda esa GLP MCHJ tomonidan sotib olingan ―KIA‖ rusumli avtomashinasi jamiyat faoliyati uchun ekanligi sababli asosli ravishda soliq organidan QQS solig‘ini qaytarib olishni so‘ragan. 5) Soliq kodeksining 267-moddasiga asosan: a) bepul olingan tovarlar, agar ularga soliq to‘langan bo‘lmasa; b) vakillik xarajatlari; c) soliq to‗lovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga mo‗ljallangan tovarlar; d) tovarlar (xizmatlar) soliq to‗lovchi bo‗lmagan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda; e) realizatsiya qilish bo‗yicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar ko‗rsatish) uchun sotib olinganda; f) realizatsiya qilish bo‗yicha aylanmalari ushbu bo‗limga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar ko‗rsatish) uchun mo‗ljallangan asosiy vositalar, ko‗chmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda (olib kirilganda); Soliq to‗lovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chog‗ida to‗lagan soliq summalari quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chog‗ida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bog‗liq bo‗lmasa, hisobga olinmaydi: 1) yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni, shuningdek motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilg‗ini; 2) alkogol va tamaki mahsulotlarini sotib olganda soliq summasi hisobga olinmaydi va quyidagi holatlarda QQS daromad solig‘I soliq to‘lovchi tomonidan qaytarib olinmaydi. Download 426.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling