O’quvchilar nutqinio’stirishda iboralarning ahamiyati shamidinova Sevara Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Annotatsiya


Download 18.8 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi18.8 Kb.
#1381518
Bog'liq
6321-Текст статьи-15651-1-10-20220616


O’QUVCHILAR NUTQINIO’STIRISHDA IBORALARNING AHAMIYATI
Shamidinova Sevara
Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada nutq o’stiruvchi vosita iboralar, tasviriy vositalar haqida fikr yurutiladi. O’quvchilar nutqini o’stirishda iboralar va tasviriy ifodalar asosiy vosita bo’lib, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirishda, so’z boyligini kengaytirishda muhim omil hisoblanadi.
Kalit so’zlar: ibora, tasviriy ifoda, komponet, tafakkur, badiiy uslub, ko’chma ma’no, fikrlash.
Анотатсия. В этой статые говорится о средствах розвития речи образных виражениях, фразеалогизмах. Фразеалогизм и образнъи виражения являются ключевым инструментом в развитим речи учаўихся, расмиреним словарного запаса и развитии навиков мишления
Ключевые слова: фразеалогизмы, образное виражения, компонент, мишмение, художственний стилъ, преносимое значение мислителъная способностъ.
Annostatsion. This article discusses speech enhancing tools, phrases, and visual aids. Figures and figurative expressions are the main tools in the development of students speech, they are an important factor in the development of students thinking skills, the expansion of vocabulary.
Keywords: expressions, figurative expression, component thinking, artistic stule, portable meaning, thinking ability.

Bizga malumki, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to’grisidagi” qonunlari va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga muvofiq yangilangan pedagogic tafakkur barcha fanlar oldiga yangicha talablarni qo’yib kelmoqda, xususan ona-tili ta’limning bosh maqsadi, yoshlarimizni ijodiy fikrlashga, o’z fikrini erkin va ta’sirli qilib yozma va og’zaki shaklda ifodalashga, o’zbek tili qonun qoidalarini ongli o’zlashtirishga hamda nazariy bilimlardan o’rinli va to’g’ri foydalana olish ko’nikmasini o’stirishga, fikr doirasini kengaytirishga vatanimizga, milliy an’analarimizga, boy ma’naviyatimizga mehr muxabbat ruxida tarbiyalashga qaratilgan.


Nutqimizda ibora va tasviriy ifoda haqida birinchi ma’lumotlarni professor Sh.Rahmatullayev elon qilgan. Iboralar murakkab til hodisasi sifatida ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topadi. Shu ma’noda iboralarni amaliy va ilmiy o’rganish o’ziga xos yondashuvni, o’ziga xos metod va usulni taqozo etadi.
Professor Sh.Rahmatullayev o’zining ilmiy tadqiqotlaridan iboralarning til xodisalari bilan o’xshash va farqli xususiyatlari, Grammatik tabiatini o’rganadi, shuningdek ilk bor o’zbek frazzemalarining izoxli lug’atini tuzdi.
Frazzeologizmlar bu iboralar bo’lib ma’nosi bir so’zga teng keladigan gap yoki so’z birikmalari xisoblanib ular ko’chma ma’noda ishlatiladi. O’quvchilar nutqini o’stirishda iboralar kabi tasviriy ifodalar ham muhim ahamiyatga ega. Ularning ma’nosi ham bir so’zga teng hisoblanadi. Yani tasviriy ifoda bu nutq jarayonini shakllantiruvchi vosita hisoblanib shaxs, narsabuyum, voqea-xodisalarni tasvirlash yo’li bilan bildiradigan so’z birikmalari tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deyiladi.
Tasviriy ifodalar so’zning manosini oydinlashtirish, matnni badiiylashtirish, takrorni oldini olish kabi vazifalarni bajaradi. Masalan :
Gaz alangasi-zangori olov
Mehanik haydovchilar-po’lat ot chavandozlari, zangori kema kapitanlari
Farg’ona –yashil vodiy
Prezident-xalq oqsoqoli
Traktor-po’lat ot
Suv-ekinning qoni
O’rmon- yashil boylik
Pilla-kumush tola
Misollardan ko’rinib turibdiki tasviriy ifodalar ko’chma ma’noda ishlatiladi. Iboralaraga o’xshab so’zlashuv va badiiy uslubda keng qo’llaniladi. Tasviriy ifodada ma’no o’xshatish, qiyoslash asosida amalga oshiriladi. Iboralar esa o’z ma’nosida va ko’chma manoda ishlatiladi. Masalan:
Akram yo’l yoqasidagi ariq boshiga yetdi. (O’z ma’no) Akram qari onasining ko’p kasalliklarga duchor qilib boshiga yetdi. (Ko’chma mano)
Iboralar turmushdagi turli voqea xodisalarga guvox bo’lish, kishilarni xilma-xil holatlariga baho berish tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan, aniq, tiniq xulosalarning o’ziga xos obrazli ifodasi hisoblanadi.
Bag’ri qon-g’am alamli
Ko’ngli joyiga tushdi-tinchidi
Bahri dili ochildi-kayfiyati yaxshilandi
Xamirdan qil sug’urganday-oson
Kesak otadi- xira qilmoq
Bosh qo’shdi-aralashdi , qatnashdi
Dalli –g’ulli - ko’ngli toza
Boshi kal, ko’ngli so’qir- nozik tabiatli
Boshiga yetdi – halok qildi
Nari borib, beri keldi- juda qattiq azoblandi
Nonini tuya qildi-aldab suldab birovni xaqqini o’zlashtirdi
Qo’lini yuvib qo’ltiqqa urmoq- ixlosi qaytib ishonmay qo’yish
Sichqonni ini ming tanga bo’ladi- qochib qutulgani joy topolmay qoldi
Nutqimiz jarayonida bunday iboralardan foydalanish so’z boyligimizni, tasavvur va dunyo qarashlarimizni kengaytiruvchi vosita hisoblanadi.
Bugungi kunda o’quvchilarning Grammatik savodxonligini, uning ijodiy fikrlash qobiliyatini, topqirligini o’stirishda shuningdek nutqi va fanga bo’lgan qiziqishlarni orttirish maqsadida turli topshiriqlar, boshqotirmali o’yinlar, o’ylashga, fikrlashga olib boradigan talablar qo’yilmoqda. Bu talablar asosida albatta nutq o’stirish turadi. O’quvchilar nutqini o’stirishda iboralar va tasviriy ifodalar asosiy vosita hisoblanadi. Ularni o’quvchilar nutqida o’rinli qo’llay olish malakalarni hosil qilishdan iborat hisoblanadi. Shunday ekan o’quvchilar nutqida so’z boyligini oshirishda, ularning dunyo qarashlarini fikrlash qobiliyatlarini, oshiruvchi vosita hisoblanadi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov takidlaganlaridek fan-taraqqiyot demakdir. Fanni yuksak rivojlantirmay vatanning kelajagi haqida gapirish qiyin yoki xalq ta’limi, yosh avlodga ta’lim tarbiya berish soxasi tubdan yangi yondashuvlarni talab qiladi. Shunday ekan bugungi kunda o’quvchilarga ta’lim tarbiya berish eng avvalo ularni fanga qiziqtirish hamda fanlar aro intigratsiya asosida amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham ona tili va adabiyot fanlarida uchraydigan iboralarni shunchaki o’qib qo’yish bilan kifoyalanmay ularning ma’nolarini anglash nutq, jarayonida amalga oshirish kerak ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Iboralar va tasviriy ifodalarning o’ziga xos xususiyatlari ham amaliy ham nazariy jihatdan asoslanib yangi pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish yo’llari ishlab chiqildi. Bu mavzularni o’tish bo’yicha ko’rgazmali vositalar, slaydlar, o’yin-topshiriqlar tavsiya qilingan. Berilgan tavsiya va xulosalar amaliyotchi o’qtuvchilar uchun, xususan o’rta maktab tizimining leksikologiya bo’limini o’tishda qo’l keladi. Bu ayni paytda ishning amaliy ahamiyatihamdir. Bunda iboralar va tasviriy ifodalar orqali o’quvchilar nutqini o’stirish yo’llarini ishlab chiqish asosiy maqsad qilib olinadi. Shuningdek ta’limiy jihatdan bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish bilan birga, o’quvchilarda insoniy fazilatlarini, xislatlarini yanada rivojlantirib, ularni ma’naviy jixatdan ham yuksak shaxs qilib yetishida zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib, noananaviy tarzda dars o’tish shuningdek o’quvchilarning gramatik savodxonligi ijodiy fikrlash qobiliyati, topqirligi, nutqi va fanga bo’lgan qiziqishini orttirish maqsadida shuningdek iboralarning uslubiy imkoniyatlari nihoyatda katta xuddi so’zlar kabi iboralar ham uslubiy qo’llanilishi jihatdan neytral yoki uslublardan biriga tegishli bo’lishi mumkin. Iboralardan o’z o’rnida foydalanish nutqni ifodaliligini, orazliligini oshiradi.
So’zlashuv uslubida takror va qaytariqlarni oldini olish, fikrning ta’sirchanligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi yoki unumli foydalaniladi. Ba’diy uslubda esa badiy asar ta’sirchanligini shuningdek badiy asar qaxramonining nutqi ifodaliligini oshirishga yordam beradi.
Yuqoridagi nazariy ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki bugungi o’quvchi, talabalarning, umuman, o’zbek tilini o’rganayotgan yoshlarning og’zaki nutqini oshirishda nutq madaniyatlarini egallashlarida iboralardan o’z o’rnida foydalanish nutqning ifodaligini va jozibaligini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.Karimov. Zamonaviy kadrlar taraqqiyotimizning muhim omilidir.
Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida 6-qism.
Toshkent O’zbekiston, 1998 266-bet
Raxmattullayev o’zbek tilining izohli frazalogik lug’ati.
Sh.Abdurahmonov M.Asqarova A.Hojiyev I.Rasulov X.Doniyorovlarning “Hozirgi o’zbek adabiy tili oliy o’quv yurtlari uchun darslik til va adabiyot ta’limidan” faktlar.
Download 18.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling