Tilning ijtimoiy xususiyatlari va uning vazifalari. Til va madaniyat G’afforova Asila 101-guruh REJA: - 1.Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi.
- 3.Tilning ijtimoiy hayotdagi o’rni
- 2.Til va uning vazifalari.
- 3. Til va madaniyat
Tilning ijtimoiy xususiyatlari Aslida tilning paydo boiishi va taraqqiyoti insoniyat jamiyati bilan uzviy bog‘langan. Til jamiyat mahsuli, jamiyat bor joyda til paydo bo'ladi. Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr ko‘rmasin, u gapirmaydi. Chunki til nasldan-naslga, avloddanavlodga o‘tmaydi, ya’ni uning irsiyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Irsiyat qonuniga binoan, bolaning biologik, antropologik xususiyatlari (tanasining va sochining rangi, yuz tuzilishi va boshqalar) avioddanavlodga o‘tadi, lekin o‘zbek oilasida tug‘ilgan bola faqat o‘zbek tilida gapiradi, deyish noto‘g‘ridir. Uning ijtimoiy hodisaligiga dalil - XX asr boshlarida Hindistonda ro‘y bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo‘la oladi. U yerda bo‘rilar to‘dasi orasida ikki qizchaga duch kelingan. Qizchalardan biri - 2, boshqasi - 7-8 yashar bo‘lgan. Ular bo‘rilarga xos xatti-harakatlar qilishgan, lekin gapirishni bilishmagan. Hindistonlik psixolog olim bu ikki go‘dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini (kichigi ko‘p vaqt o‘tmay, kasallanib vafot etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 10 yil atrofida umr ko‘rdi, ammo til va yurish-turishda aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu yillar mobaynida u 45 ga yaqin so‘zni o‘rgandi, lekin ulardan gap tuza olmadi
Tekshiruvdan xulosalar 1. Til tabiiy hodisa emas. 2. Tilning paydo bo‘lishi uchun kishilik jamiyati bo‘lishi shart. 3. Til - nutq muhiti bolaning chaqaloqligida yaratilishi va chaqaloqqa bir tomonlama til ta’siri o‘tkazish muhim, u hal qiluvchi ahamiyatga ega. ( Irisqulov T. “Tilshunoslikka kirish”)
Til va jamiyat tushunchalari ma’no anglatish nuqtayi nazaridan farqli-farqli ma’nolarni ifodalasa-da, bir-biri bilan uzviy bog'langandir. Tiini xalq yaratadi va o‘z navbatida, jamiyat
taraqqiyoti bilan hamnafas ohangda takomil topib boradi. Xalqning madaniy va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti o‘z izlarini, birinchi galda, tilda qoldiradi. Shu bois, jamiyatdagi har qanday
o'zgarish, birinchi navbatda, tilda aks etadi. Ana shu qonuniyat har ikki tushunchaning qanchalik uzviy bog'liqligini iioda etadi.
(Yo’ldoshev T. Sharipova O’. “Tilshunoslik asoslari”)
Til va madaniyat Ma’lumki, jonli mavjudot ko‘payish xususiyatiga ega. Vaqt o‘tishi bilan qabila a’zolari ko'payib, kengroq hududga tarqala boshlaydi. Boshqa joylarga ko‘chib ketgan qarindosh qabilalar ma’lum ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarda bir tilning turli shevalarida so‘zlashuvchi qabilalaming uyushmasiga - qabila ittifoqlariga birlashadi. Qabila ittifoqlarining umumiy tili bo‘lib, ayrim qabila tillari qabila ittifoqi tiliga nisbatan sheva holotini egallaydi.
Qardosh qabilalar ittifoqi vaqti kelib xalqni tashkil qiladi. Kishilik jamiyati bu uyushmasining asosiy belgilari: umumiy til, umumiy hudud, madaniyat va ma’naviy taxlitning umumiyligidir. Xalqning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan milliy til bir-biridan farq qiluvchi shevalami o‘zaro yaqinlashtiruvchi, yetakchi, iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon bo‘ladi.
( Irisqulov T. “Tilshunoslikka kirish”)
Tilshunoslik
Jamiyat
Madaniyat
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: - Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
- 1.Irisqulov M. T.—“Tilshunoslikka kirish”—T.—2008.
- 2.Sharipova O’, Yo’ldoshev T.—“Tilshunoslik asoslari”—T.-2007
- 3.Abduazizov A.—“Tilshunoslik nazariyasiga kirish”.
- 4. Xolmonova Z.—“Tilshunoslikka kirish
Do'stlaringiz bilan baham: |