Huquq fanini boshqa fanlar bilan integratsiyasi
Download 5.78 Kb.
|
Huquq fanini boshqa fanlar bilan integratsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish-demokratik huhuqiy davlat qurishning garovidir!’’
Huquq fanini boshqa fanlar bilan integratsiyasi. Huquq –davlat tomonidan o’rnatiladigan, u tomonidan himoya qilinadigan, barcha uchun majburiy xulq atvor qoidalari yeg’indisidir. Bu huquq sohasiga berilgan qoida bo’lib, insoniya paydo bo’gandan buyon jamiyat va davlatni tartibga solish,bu sohalarni rivojlantirish uchun insonlar turli hil tartib qoidalar ishlab chiqa boshladilar. Shu asnolarda davlatlar rivojlana bordi va dastlabki ko’rinishi ahloq qoidalaridan boshlangan tartib intizomlar huquq sohalarini vujudga keltirdi. Hozirgi davrda O’bekiston Respublikasi demokratik huquqqiy davlat barpo etish yo’lidan ketar ekan huquq sohalarini jadal rivojlantirish va xalqning huquqiy ongini yuksaltirish borasida uzluksiz ishlar olib borilmoqda. Shuni aytib o’tish joizki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida’’ gi 5618-sonli Farmoni qabul qilindi. Bu farmonning qabul qilinishidan maqsad avvalo xalqimizning huquqiy ongini yuksaltirish va fuqarolik jamiyatiga o’tish bosqichini jadallashtirishdan iboratdir. Bu farmonning birinchi qoidasida shunday deyilgan: Aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakillantirish , fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish-demokratik huhuqiy davlat qurishning garovidir!’’ degan hayotiy g’oyani mustahkamlash; Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuquqr singdirish kabi topshiriqlarni o’z ichiga olgan. Farmondan kelib chiqiladiki huquq fani va sohalari eng asosiy sohalardan biri desak adashmagan bo’lamiz. Aholini huquqiy ongini va savodxonligini oshirishda eng avvalo maktablarning ro’li kattadir. Shu sababdan huquq fani o’quvchilaraga bosqichma -bosqich va uzluksiz o’tib borilishi lozim. Bu fanning dolzarbligi shundaki fuqarolok jamiyatiga o’tilganda davlat apparatlari emas balki fuqarolarning o’zlari huquq va burchlarini bilga holda davlat boshqaruvida ishtirok etadilar va o’z burchlari va vazifalarini sidqidildan, og’ishmasdan bajaradilar. Shu natijalarga erishish va rivojlangan fuqarolik jamiyatiga o’tish uchun huquq sohasini va huquqiy savodxonlikni oshirish lozimdir. Bag’dod tumani24-Umumiy o’rata ta’lim maktabi. Huhuq fani o’qituvchisi:Madaminov Xurshidbek. Download 5.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling