Qurolli to‘qnashuvlar Alohida himoya qilinadigan ba’zi ob’yektlar reja: Alohida himoya qilinadigan ba’zi ob’yektlar. «Harbiy ob’yekt»
Download 84.75 Kb.
|
Abdullayev B
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Alohida himoya qilinadigan baza ob’ektlari.
Qurolli to‘qnashuvlar Alohida himoya qilinadigan ba’zi ob’yektlar REJA: 1. Alohida himoya qilinadigan ba’zi ob’yektlar. 2.«Harbiy ob’yekt» va «Fuqaro ob’yekti» tushunchalari. 3. .«Kombatant» va «Fuqaro shaxs» tushunchalari. 4. Alohida himoya qilinuvchi ba’zi hudud va joylar. 1. Alohida himoya qilinadigan baza ob’ektlari. Qurolli mojarolar huquqiga muvofiq ba’zi bir ob’ektlar alohida himoya qilinuvchi ob’ektlar sanaladi. Jumladan, bularga insoniyat tarixi davomida yaratilgan hamda uning madaniy, diniy, ilmiy yodgorliklari hisoblanuvchi ob’ektlar, qisqacha «madaniy (qadriyat) yodgorliklar» so‘zi bilan ifodalanuvchi ob’ektlar kiradi. Bu haqdagi asosiy qoidalar 1954 yil 14 mayda Gaagada qabul qilingan «Qurolli mojaro paytida madaniy (qadriyat) yodgorliklarni himoya qilish haqida»gi Konventsiya va Protokol, Jeneva konventsiyalari I Qo‘shimcha Protokolining 52-moddasi va II Qo‘shimcha Protokolining 16-moddasida aks ettirilgan. Bulardan tashqari 1972 yil 16 noyabrda YuNESKO tomonidan qabul qilingan «Jahon madaniyat va tabiat qadriyatlarini himoya qilish haqida»gi Konventsiya ham katta ahamiyatga ega. Ushbu hujjatlarga muvofiq madaniy qadriyatlar tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - yodgorliklar, tarixiy, san’at yoki ilmiy nuqtai nazardan ulkan universal ahamiyatga ega bo‘lgan arxitektura asarlari, monumental haykaltaroshlik va rang tasvir asarlari, arxeologik xarakterdagi element va qismlar, yozuvlar, g‘orlar; - ansambllar, tarixiy, san’at yoki ilmiy nuqtai nazardan ulkan universal ahamiyatga ega bo‘lgan alohida yoki birga jamlangan binolar, alohida yoki atrof-muhit bilan uyg‘unlashgan arxitektura ob’ektlari. Jeneva konventsiyalari I Qo‘shimcha Protokolning 85 (4d)-moddasiga muvofiq «xalqlarning madaniy yoki ma’naviy merosi hisoblanuvchi tarixiy yodgorliklar, san’at asarlari yoki sajdagohlarni… hujum ob’ektiga aylantirish… (XGH qoidalarining) jiddiy buzilishi sanaladi». Madaniy qadriyatlar diniy yoki dunyoviy xarakterda bo‘lishidan qat’iy nazar umumiy yoki maxsus himoya qilinishi mumkin. Umumiy himoya belgisi oq-havo rangli bitta katta qalqon timsoli, alohida himoya belgisi esa, uchta kichikroq ana shunday qalqon timsolidir: Tarixiy yodgorliklar, muzeylar qizil xoshiyali doira ichiga uchta qizil nuqtali belgidan iborat: Alohida himoyadan foydalanuvchi ob’ektlar qatoriga xavfli kuchlarni o‘zida tutib turuvchi qurilma va inshootlar ham kiradi. Mazkur tushuncha to‘g‘onlar, dambalar (ko‘tarmalar), atom elektr stantsiyalari, zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi zavodlar, shunday moddalarni tashuvchi transport vositalarini aks ettiradi. Qurolli to‘qnashuv paytida ularning hujum natijasida yakson qilinishi xavfli kuchlar va moddalarning chiqib ketishiga va tinch aholi orasida jiddiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin (Jeneva konventsiyalari I Qo‘shimcha Protokol, 56-modda). Mazkur ob’ektlarni bildiruvchi belgi gorizontal va qator joylashgan uchta yorqin to‘q sariq rangdagi doiralardir (Jeneva konventsiyalari I Qo‘shimcha Protokol, 56-modda va I ilova). Mazkur ob’ektlarga, hatto ular harbiy ob’ektlar bo‘lgan taqdirda ham, hujum qilinmasligi kerak. Ammo ularga hujum qilish mazkur ob’ektlarning harbiy operatsiyalarni bevosita va kuchli darajada qo‘llab-quvvatlab turganligi va bunday qo‘llab-quvvatlashga chek qo‘yish hamda harbiy ustunlikka erishishga amalda boshqa iloj qolmagandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. Ushbu ob’ektlarni himoya qiluvchi kishilardagi qurol ularga bo‘ladigan hujumni qaytarishga imkon beradigan darajada bo‘lishi kerak. Download 84.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling