Qurolli to‘qnashuvlar Alohida himoya qilinadigan ba’zi ob’yektlar reja: Alohida himoya qilinadigan ba’zi ob’yektlar. «Harbiy ob’yekt»


«Harbiy ob’ekt» va «Fuqaro ob’ekti» tushunchalari


Download 84.75 Kb.
bet2/4
Sana14.03.2023
Hajmi84.75 Kb.
#1267773
1   2   3   4
Bog'liq
Abdullayev B

2. «Harbiy ob’ekt» va «Fuqaro ob’ekti» tushunchalari.
Qurolli to‘qnashuvlar huquqiga muvofiq agarda ob’ektlar harbiy hisoblanadigan bo‘lsa, ular hujum ob’ekti bo‘lishi mumkin. Quyidagi ob’ektlar harbiy ob’ektlar hisoblanadi:
a) qurolli kuchlarni tashkil etuvchi kishilar va asbob-anjomlar (tibbiyot va diniy xodimlar va ularning jihozlari bundan mustasno);
b) qurolli kuchlar yoki ularning jihozlari joylashgan muassasalar, binolar va joylar (masalan, harbiy xizmatchilar yotoqlari, omborlar, qurolli kuchlar to‘planadigan joylar, pozitsiyalar);
v) boshqa ob’ektlar, agar ular:
o‘zlarining xarakteri, joylashuvi, maqsadi yoki foydalanilishi bilan harbiy operatsiyalarda muhim rolь o‘ynasa va ularning qisman yoki to‘liq yakson qilinishi, qo‘lga kiritilishi yoki neytralizatsiya qilinishi (ya’ni zararsizlantirilishi) shak-shubhasiz harbiy ustunlikni ta’minlasa.Jeneva Konventsiyalariga I Qo‘shimcha Protokolning 52 (2) -moddasi).
Shunday qilib, armiyaga mo‘ljallangan har qanday jihoz, strategik ahamiyatga molik kommunikatsiyalar (aloqani amalga oshiruvchi har qanday yo‘llar, oziq-ovqat transporti) va fuqaro aholisi ko‘chirilgan va kombatantlar tomonidan egallangan fuqaro binolari harbiy ob’ekt sanaladi.
Harbiy ob’ektda fuqaro shaxslar mavjud bo‘lsa ham u harbiy ob’ektligicha qolaveradi. Fuqaro shaxslar bunday ob’ektlarda yoki uning yaqinida bo‘lishlari bilan o‘zlarini xavf-xatarga qo‘yadilar.
Fuqaro ob’ekti. Qurolli mojarolar huquqida harbiy ob’ekt sanalmaydigan har qanday ob’ekt «fuqaro ob’ekti» hisoblanadi. Xususan, Jeneva Konventsiyalariga I Qo‘shimcha Protokolning 52 (1)-moddasida yuqorida keltirilgan ta’rif berilgan.
Shuni e’tiborga olish kerakki, odatdagi sharoitlarda fuqaro ob’ekti bo‘lgan ob’ektlar harbiy holat sharoitlarida harbiy ob’ektlarga aylanishi mumkin (masalan, yashash joyi hisoblanmish uy yoki ko‘priklar himoyachilar tomonidan faol foydalanilsa, ular harbiy ob’ektlar hisoblanadi hamda hujum ob’ektiga aylanadilar).
Jeneva Konventsiyalari I Qo‘shimcha Protokolining 52 (1)-moddasiga muvofiq odatda fuqaro ob’ekti hisoblangan ob’ektning (masalan: sajdagohlar, maktablar, ko‘priklar, turar joylar va shu kabilarning) harbiy ob’ekt ekanligi yoki bunday emasligiga shubha tug‘ilgan taqdirda ularni fuqaro ob’ekti deb hisoblash lozim.

Download 84.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling