Qurolli to‘qnashuvlar Alohida himoya qilinadigan ba’zi ob’yektlar reja: Alohida himoya qilinadigan ba’zi ob’yektlar. «Harbiy ob’yekt»


Aholini himoya qiluvchi baza hudud va joylari


Download 84.75 Kb.
bet4/4
Sana14.03.2023
Hajmi84.75 Kb.
#1267773
1   2   3   4
Bog'liq
Abdullayev B

4.Aholini himoya qiluvchi baza hudud va joylari.
Qurolli to‘qnashuvlar huquqiga muvofiq harbiy harakatlar tufayli odamlarga nisbatan xavf-xatar vujudga kelmasligi uchun ba’zi hududlarga alohida himoya qilinadigan hududlar va joylar maqomi berilishi mumkin. Bu haqda I Jeneva Konventsiyasining 14, 15-moddalarida va I Qo‘shimcha Protokolning 59, 60-moddalarida gapiriladi. Ular sanitar hududlar, xavfsiz hududlar, betaraf hududlar, qurollardan xoli qilingan (demilitarizatsiya qilingan) hududlar va himoya qilinmaydigan joylar bo‘lishi mumkin.
Ular odatda hujum qilinishdan va harbiy harakatlardan himoya qilinadi. Bunday hududlar yuqori hokimiyat organlari tomonidan tashkil etiladi. Hukumat organlari bunday hududlar va joylarga nisbatan qanaqa qoidalar amal qilishi va ularni qanday amalga oshirish kerakligini rasman e’lon qiladilar. Umuman olganda odatiy huquqqa muvofiq himoya qilinmaydigan joylar bosib olinishi uchun ochiq bo‘ladi va ularga nisbatan hujum qilinmasligi kerak.
Sanitar va xavfsiz hududlar va joylar. IV Jeneva Konventsiyasining 14-moddasiga muvofiq sanitar va xavfsiz hududlar harbiy harakatlar boshlanishidan oldin yoki u boshlangandan keyin tashkil qilinishi mumkin. Ular yaradorlar, bemorlar, qariyalar, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homilador ayollar va 7 yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollarning xavfsizligini ta’minlash uchun pana joylar va kasalxonalar joylashtirishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Homiy mamlakatlar va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi ana shunday hududlarni tashkil qilish va tan olinishiga ko‘maklashishga da’vat qilingan.
Bunday hududlar to‘rtburchak shakli ichiga o‘ngdan chapga tushirilgan qizil xoshiya tarzidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan belgi bilan belgilanadi.

Betaraf zonalar. IV Jenava Konventsiyasining 15-moddasiga muvofiq jang bo‘layotgan rayonlarda nizodagi tomonlarning harbiy qo‘mondonligi shoshilinch chora sifatida tashkil etgan va


- harbiy harakatlarda qatnashmaydigan hamda unda qatnashishni to‘xtatgan kishilarning barchasini bir-biridan farqlamay jang xavf-xatarlardan himoya qilishga mo‘ljallangan,
- bu yerda turgan kishilarning harbiy xarakterdagi hech qanday ishni amalga oshirmasliklarini ta’minlaydigan hududga betaraf hudud deyiladi.
Bunday hududlar uni tuzuvchi taraflarning taklifiga ko‘ra tashkil etiladi. U manfaatdor tomonlar o‘rtasida imzolangan yozma kelishuv shaklida ifodalanadi.
Himoya qilinmaydigan joylar. I Qo‘shimcha Protokolning 59-moddasiga muvofiq raqib tomonlar qurolli kuchlarning bir-biri bilan o‘zaro duch kelgan rayonlardagi yoki unga tutash joylardagi har qanday aholi yashash punkti, agar u dushman tomonidan bosib olish uchun ochiq bo‘lsa, himoya qilinmaydigan joy, deb e’lon qilinishi mumkin. Bunday joylar o‘zaro nizodagi tomonlarning biri tarafidan bir tomonlama e’lon qilinishi va bu haqda xabar tarqatilishi mumkin. Bunday joy quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- barcha kombatantlar va harakatlanuvchi (mobilь) qurollar va harakatlanuvchi harbiy anjom-aslahalar evakuatsiya qilingan bo‘lishi kerak;
- ko‘chmas harbiy qurilmalar va inshootlardan dushmanlik maqsadlarida foydalanmaslik kerak;
- ma’murlar ham, aholi ham dushmanlik harakatlarini amalga oshirmasliklari kerak;
- harbiy operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi hech qanday sa’y-harakat amalga oshirilmasligi kerak.
Ana shu shartlarning barchasiga amal qilinayotgan bo‘lsa, ana shunday joylarga biror bir tarzda hujum qilinishi taqiqlanadi. Biroq nizodagi tomonlar uchun xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida ular o‘rtasida rasmiy kelishuv tuzish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qurollardan holi qilingan (demilitarizatsiya qilingan) hududlar.
I Qo‘shimcha Protokolning 60-moddasiga muvofiq o‘zaro nizoda bo‘lgan tomonlarning yozma yoki og‘zaki kelishuviga muvofiq qurollardan xoli (demilitarizatsiya) qilingan hudud maqomi berilgan hududlarga harbiy operatsiyalarni yoyishi taqiqlanadi. Uni tashkil qilish haqidagi kelishuv tinchlik davridayoq, shuningdek, harbiy harakatlar boshlangandan keyin tuzilishi mumkin. Bunday hudud barcha nokombatantlar uchun ochiq bo‘ladi.
Bunday kelishuvdan maqsad – mazkur hududda ham himoya qilinmaydigan joylardagi kabi talablarni bajarish uchun sharoit yaratishdir.
Download 84.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling