Huquq normalari tushunchasi


Download 5.63 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi5.63 Kb.
#1818667
Bog'liq
huquq normalari tushunchasi

HUQUQ NORMALARI TUSHUNCHASI

  • Huquq normalari — bu davlat tomonidan bajarilishi barcha kishilar uchun majburiy bo`lgan, kishilar o`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi qoidalar yig`indisidir. Huquq normalari tabiiy huquq va pozitiv xuquqlardan iborat. Tabiiy huquq insonga tabiat tomonidan beriladi. Masalan, insonning yashash erkinlik va shaxsiy daxilsizlik huquqlari.

Normalarning belgilari quyidagilardan iborat:

  • 1) normalari davlat tomonidan o`rnatiladi va barcha xalqlarning qonuniy irodasini ifodalaydi;
  • 2) uning mazmuni jamiyatning iqtisodiy tuzilishi bilan belgilanadi;
  • 3) ularning bajarilishi barcha kishilar uchun umummajburiydir;
  • 4) davlatning zo`rlik kuchi bilan amalga oshiriladi;
  • 5) kishilar o`rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibbga soladi;
  • 6) fuqarolarga huquq va burch belgilaydi;

Huquqiy normaning tuzilishi 3— qismdan: gipoteza, dispozitsiya sanksiyadan iboratdir.

  • Gipoteza (grekcha-faraz qilishdir) huquqiy normaning birinchi qismi bo`lib, u qo`llaniladigan shart— sharoit vaqtni bildirad. Gipotezaning ikki turi mavjud bo`lib, aniqlangan gipoteza va to`la aniqlanmagan gipotezadir. Aniqlangan gipoteza — huquqiy normada ko`rsatilgan huquq va majburiyatlarning paydo bo`lishi, o`zgarishi, yoki bekor bo`lishi aniq, ko`rsatiladi. To`la aniqlanmagan gipotezada huquqiy normaning kuchga kirishi va qo`llash tartibi ko`rsatilmaydi.

Dispozshshya (lotincha so`z bo`lib —mazmun degan ma`noni bildiradi). Bu huquq normasining mazmuni, qullash tartibi va burchlari ko`rsatiladi.

  • Dispozshshya (lotincha so`z bo`lib —mazmun degan ma`noni bildiradi). Bu huquq normasining mazmuni, qullash tartibi va burchlari ko`rsatiladi.
  • Huquq normasining uchinchi qismi sanksiyadir. (sanksiya - lotincha chora deganidir). Sanksiyada huquq normalari talablariga rioya qilmaslik natijasida davlat tomonidan qo`llaniladigan majburiy choradir. Sanksiya huquq nomasining yuridik kuchini barcha fuqarolar uchun majburiyligini ifodalaydi.

HUQUQ TIZIMI

  • Huquq tizimi jamiyatning iqtisodiy tuzilishidan paydo bo‘lib, u bilan bog‘liq bo‘lgan, uning mustahamlaydigan har bir davlatning ichki huquq tuzilishi bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquq tizimi jamiyatning siyosiy, g‘oyaviy, ma’rifiy, madaniy va boshqa ijtimoiy belgilari bilan bog‘liqdir. Hamda huquq tizimi jamiyatning milliy munosabatlari, uning urf —odatlari, barcha xalqning huquqiy ongi huquqiy madaniyatligi va davlatning huquq ijodkorlik faoliyatiga borliqdir. Huquq tizimi jamiyatdagi barcha sinf, millat, tabaqa va xalqning qonun darajasida ko‘tarilgan erki —irodasi bo‘lib, ular o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalaridan iborat bo‘lib, obyektiv xarakterga ega.

huquq sohasida o‘zaro bog‘langan jamiyatda kishilar o‘rtasidagi bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir qancha huquq normalaridan iborat. Huquq institutlari huquqning asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham mavjud. Masalan, «inson va fuqarolarninng asosiy huquqlari erkinliklari va burchlari», «jamiyat va shaxs» ma’muriy hududiy va davlat tuzilishi» va boshqalar huquqning barcha sohasiga taaluqlidir. Jumladan, fuqarolik huquqi soqasida-mulk huquqi institutlari, jinoyat huquq sohasida-davlatga qarshi institutlar mavjud. Bu huquq institutlari tegishli huquq sohalarining ichki tarkibiy qismini tashkil qiladi. O‘z navbatida birinchisi — mulkiy munosabatlarni, ikkinchisi — davlatga qarshi qaratilgan jinoyat qilishdan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalardir.

  • huquq sohasida o‘zaro bog‘langan jamiyatda kishilar o‘rtasidagi bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir qancha huquq normalaridan iborat. Huquq institutlari huquqning asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham mavjud. Masalan, «inson va fuqarolarninng asosiy huquqlari erkinliklari va burchlari», «jamiyat va shaxs» ma’muriy hududiy va davlat tuzilishi» va boshqalar huquqning barcha sohasiga taaluqlidir. Jumladan, fuqarolik huquqi soqasida-mulk huquqi institutlari, jinoyat huquq sohasida-davlatga qarshi institutlar mavjud. Bu huquq institutlari tegishli huquq sohalarining ichki tarkibiy qismini tashkil qiladi. O‘z navbatida birinchisi — mulkiy munosabatlarni, ikkinchisi — davlatga qarshi qaratilgan jinoyat qilishdan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalardir.

Download 5.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling