Huquq omaviy belgilari analizatirining muammolari Reja


Download 89.5 Kb.
bet3/6
Sana24.02.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1227340
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Huquq omaviy belgilari analizatirining muammolari

Umumiy huquqiy munosabatlar fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlarini belgilovchi konstitusiyaviy normalar asosida yuzaga keluvchi munosabatlardir.
Davlat fuqarolari qonunda qat`iy belgilangan huquqlari bо`yicha huquqning barcha subyektlari bilan huquq aloqada bо`ladilar. Agar bu huquqlar va erkinliklar amalga oshirilsa, aniq huquqiy munosabatlar paydo bо`ladi.
Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun yuridik fakt - xodisa (masalan, insonning tugilishi va ulishi, yongin) yoki xarakat (masalan, Huquqbuzarlik) mavjud bulishi lozim.
Demak, huquqiy munosabatlar deganda, uning ishtirokchilari urtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat tushuniladi.
Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun uchta omil bо`lishi zarur:
1) Huquq normalari;
2) Subyektiv huquq va majburiyatlar;
3) Yuridik fakt;
Faqat birgalikdagina ular huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi.
Huquqiy munosabat- uning ishtirokchilari urtasidagi xakikiy yuridik alokalar bulib, ularning uzaro huquq va majburiyatlarida namoyon buladi.


Huquqiy munosabatlarning tarkibiy tuzilishi


Huquqiy munosabat, tuzulishiga kura, kuyidagi elementlardan iborat: obyekt, subyekt va mazmun.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarning subyektiv huquq va majburiyatlari ushbu huquqiy munosabatlarning obyekti xisoblanadi. Masalan, xaridor sotib olayotgan molini olish huquqiga ega, lekin xarid uchun pul tulashi shart. Sotuvchi esa ushbu molini olish huquqiga va xaridorga oldi-sotdi talablariga mos keladigan tovarni berish majburiyatiga ega. Huquq va majburiyatning bunday alokadorligi juda kup huquqiy munosabatlar uchun xosdir.
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya`ni huquq va majburiyat egalari ushbu huquqiy munosabatlarning subyektlari xisoblanadi. Chunonchi, kuyidagilar subyektlar bulishi mumkin:
1) uzaro munosabatga kirishgan fukarolar;
2) davlat organlari bilan munosabatga kirishgan fukarolar;
3) tashkilotlar bilan munosabatga kirishgan fukarolar;
4) uzaro munosabatga kirishgan tashkilotlar;
5) davlat organlari bilan munosabatga kirishgan
tashkilotlar;
Huquqiy munosabat subyektlari, avvalambor, jismoniy va yuridik shaxslardir.
Jismoniy shaxslar ushbu davlat fukarolari, boshka davlat fukarolari (ajnabiylar) va fukaroligi yuk shaxslar (apatridlar).
Yuridik shaxslar - tashkilotlar, muassasalar, davlat organlari, davlat, fukarolarning о`zini - о`zi boshkarish organlaridir.
Huquq normalar uzlarining vazifa va funksiyalarini huquqiy munosabatlar orkali amalga oshiradilar, huquqiy munosabatlarni tartibga solish bilan huquq turmushga tatbik etiladi, unda kuzda tutilgan norma amalga oshiriladi.

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling