Huquq omaviy belgilari analizatirining muammolari Reja


Yuridik fakt va uning о`ziga xos xususiyati


Download 89.5 Kb.
bet6/6
Sana24.02.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1227340
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Huquq omaviy belgilari analizatirining muammolari

Yuridik fakt va uning о`ziga xos xususiyati.
Yuridik faktlar tushunchasi. Huquqiy munosabatlar huquq normalari asosida vujudga keladi. Ammo huquq normalar uz-о`zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni keltirib chikarmaydi. Ular fakat kanday shart-sharoitlar mavjud bulganda, kanday xolatlar yuz berganda huquqiy munosabatlar kelib chikishi mumkinligini belgilab beradi.
Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning zarur va muayyan shart-sharoit sifatida maydonga chikadi. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi yuridik faktlar deb ataladigan muayyan xayotiy shart-sharoitlarni takozo etadi.
Xayotda xilma-xil shart-sharoitlar va faktlar bor, ammo ularning xammasini xam yuridik fakt xisoblanavermaydi. U yoki bu faktlarni yuridik faktlar deb e`tirof etish davlatning xoxish irodasiga boglik. Yuridik fakt Huquqiy munosabatga olib kelishi, Huquq va burchni tugdirishi shart. Huquq normalar tufayli muayyan xayotiy xolatlar yuridik fakt bulib koladi.
Shunday kilib, Huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, uzgartiruvchi yoki barxam toptiruvchi faktlar yuridik faktlar deb nomlanadi.
Yuridik faktlar kup turlidir. Shuning uchun ularni bir kancha asoslarga kura tafsiflanish mumkin. Yuridik faktlar tarkibiga kura oddiy va murakkab yuridik faktlarga bulinadi.
Oddiy yuridik faktga, masalan, xalk iste`mol mollari chakana savdosi soxasida huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun bittagina yuridik fakt--xaridor va sotuvchining ogzaki ifodalangan yoki yozma ravishda rasmiylashtirilgan xoxishi bulishining о`zi kifoY. Kundalik xayotda yuridik faktlar kupincha bir-birlari bilan mustaxkam alokada amal kiladi.
Murakkab yuridik faktga, masalan karilik tufayli pensiya olish buning uchun mexnat staji; ma`lum yoshga yetishi; pensiya tayinlashni surab yozilgan ariza va pensiya tayinlash tugrisida davlat organining karori bulishi lozim.
Yuridik faktlarni ularni keltirib chikaradigan huquq okibatlarga karab huquqni xosil kiluvchi, huquqni uzgartiruvchi va huquqni tuxtatuvchi faktlarga bulish mumkin. Masalan:
1. Huquqni xosil kiluvchi.
Shaxsni oliy ukuv yurtiga kabul kilish tugrisidagi buyruk; uyni ijaraga berish xakida shartnoma.
2. Huquqni uzgartiruvchi.
Anik shaxsni yukori lavozimga utkazish tugrisida buyruk.
3. Huquqni tuxtatuvchi.
Ukuv yurtini tamomlaganligi xakidagi diplom.
Yuridik faktlar irodani ifodalanishiga karab ikki asosiy guruxga : yuridik xodisalar va yuridik xarakatlarga bulinadi.
Xodisalar tabiat va jamiyatdagi shunday faktlarki ularning sodir bulishi kishilarning erkiga, extiyojiga boglik emas. Masalan, bolaning tugilishi, insonning vafot etishi, yer kimirlashi, yongin, sel kelishi va boshkalar.
Bu xodisalar huquq va normalari tomonidan tartibga solib turiladigan ijtimoiy munosabatlarga muayyan ta`sir kursatishi mumkin. Shuning uchun xam ularga yuridik fakt degan ma`no beriladi. Xodisalar huquqiy munosabatlarning obyektiga ta`sir kursatishi mumkin. Masalan, insonning ulimi merosxurlar uchun ma`lum huquq okibat tugdiradi, mexnat-huquqiy munosabatlar tuxtaydi.
Vaktning utishi bir xodisa sifatida yuridik fakt bulishi mumkin. Masalan, da`vo muddati Uzbekiston Respublikasining Fukarolik kodeksini 84-moddasida 3 yil belgilangan bulib, 3 yildan sung da`vo muddati utib ketadi, bu muddatni utib ketganligi yuridik faktdir.
Xodisalardan fark kilib, yuridik xarakatlar kishilarning irodasi va xoxishi bilan sodir buladi.
Yuridik xarakat bir necha turga bulinadi:
-Huquqka muvofik; -Huquqka zid xarakat
Amaldagi huquq normalar asosida vujudga kelayotgan xamda shu normalar bilan tartibga solinayotgan xarakatlar huquq (konuniy) deb xisoblanadi.
Huquq normalarning talabiga zid, ularni bо`zish orkali sodir bulayotgan xarakatlar huquq bulmagan (g`ayri konuniy) xarakatlar xisoblanadi.
Xulosa kilib aytadigan bulsak, Huquqiy munosabatlarning mazmuni subyektlarning uz Huquq va majburiyatlarini amalga oshirish buyicha xakikiy xarakatlari tashkil etadi. Masalan, oldi-sotdi buyicha huquqiy munosabat mazmunini sotuvchining xaridorga narsani xakikatan berishi va buning uchun xaridorning sotuvchiga xak tulashi tashkil etiladi. Ushbu huquqiy munosabatlar mazmuniga uzaro da`volar kilish va ularni kondirish yuzasidan amalga oshirilgan xarakatlar (masalan, buyumning sifati, ulchami va tulov muddati buyicha da`volar) xam kiradi. Shunday kilib, huquqiy munosabatlar subyektlar urtasidagi munosabatlarning yuridik shakli bulib, uning yordamida davlat konun talablariga binoan ijtimoiy munosabat ishtirokchilari xulk-atvorining zaruriy meyorini ta`minlab beradi.

Adabiyotlar:



  1. Шумилов В. М. Правовая система США: Учеб. пособие. – М.: ДекА, 2003. – 400 с.

  2. Марченко М. Н. Является ли правовая система России составной частю романо-германской правовой семи? // Правовая политика и правовая жизн. – 2001. – № 1. – С. 66–76.

  3. Уразаев Ш. З. Независимост и формирование правовой системи // Обшественние науки в Узбекистане. – 1992. – № 7–8. – С. 20–24.

  4. Тихомиров Й. А. Правовая сфера обшества и правовая система // Журнал российского права. – 1998. – № 4–5. – С. 9.

  5. Xayitboyev F. P. Jamiyat huquqiy tizimi tushunchasining ayrim nazariy muammolari. // J. Huquq-Pravo-Law. – 2000. – 1-son. – B. 28-31.

  6. Xayitboyev F. P. Jamiyatning huquqiy tizimida huquqiy amaliyotning о`rni. // J. О`zbekistonda ijtimoiy fanlar. – 2001. – 1-son. – B. 25-29.

  7. Xayitboyev F. P. Milliy huquqiy tizim elementlari tо`g`risida. // J. О`zbekistonda ijtimoiy fanlar. – 2000. – 2-son.– B. 25-26.

  8. Xayitboyev F. P. О`zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimini shakllantirishda ikki palatali parlamentning о`rni. // Ilmiy-amaliy anjuman ma`ruza matn. T.: TDYUI, 2002. –B.122-126.

  9. Xayitboyev F. P. О`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi – milliy huquqiy tizim о`zagi. // “О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi – Davlat va jamiyat islohotining huquqiy asosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman ma`ruza matn. – T.: TDYUI, 2002. – B.189-192.

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling