Huquq o‘qitishning ko‘rsatmali metodlari Huquqiy ta’limning asosiy shakli bu dars bulib
Download 17.13 Kb.
|
milliy16
Yangi materiallarni o’rganishi - bu butun ta’lim jarayonining asosi xisoblanadi, qolganlari yangi mavzuni o’rganishga bo’ysinish, (mustaxkamlash, sistemalashtirish, nazorat), yoki uzviy bog’liq bo’lishi mumkin. (uyga vazifa, ta’lim jarayonida tarbiyalash). SHuning uchun yangi mavzuni o‘qitish o‘qituvchidan aloxida tayyorgarlikni talab qilidi.
YAngi mavzuni gapirishdan oldin o‘quvchilarni uni yaxshi qabul qilishga tayyorlash kerak. Bunday tayyorgarlikdan maqsad O‘quvchilardan yangi bilimlarni egallashga xoxish va intilishni xosil qilishdir. Tajribali o‘qituvchi bunga erishish uchun, yangi mavzuni o’rganishda darsning mavzusi, maqsadi va rejasi to‘g‘risida axborot berish bilan boshlaydi. Ko‘rgazmalilik vositalaridan, o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, turli o’yin shakllaridan, yangi mavzuning utilganlari bilan aloqadorligini aniklash, shuningdek avval o’rganilganlarini takrorlash vositalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. O‘quvchilarni yangi darsga qiziktirishda o‘qituvchining darsni qanchalik qizikarli o’tish, uning fikrlari qanchalik aniq va to’g’ri ekanligi, darsda o’zini tutish, O‘quvchilarga yaxshi munosabati muxim axamiyat kasb etadi. O‘quvchilar yangi mavzuni qabul qilishga tayyorlanganlaridan keyin, o’qutuvchi uni o‘quvchilarga o’rgatishga kirishadi. Endi o‘qituvchining vazifasi- sinfni yangi materiallarni o’zlashtirishga moslashtirish. Uni o’rgatishdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilarga rejani tanishtiradi. YAngi mavzuni o‘zlashtirishning yuqori sifatida bo‘lishiga ko’rgazmalilik vositalari yordam beradi, lekin ular maqsadga muvofiq tarzda foydalanishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchiga o‘rgatilishi kerak bo‘lgan narsani sxemada, diagrammada, tablitsada ko’ra olishga yordam berishi kerak. Mavzuni yaxshi tushunishiga erishish uchun ish daftarlariga zarur narsalarni yozish zarurdir. Birinchilan bu, axborotlarni saqlashning muxim shakllaridan biri, ikkinchidan- yozayotgan o‘quvchi o‘rganayotgan mavzuni yaxshiroq eslab qoladi va tushunadi. Yangi mavzuni tushuntirayotganda o‘qituvchi uning tarixiy manbalarini ko‘rsatib berish kerak, bu esa o‘quvchining dunyoqarashini nafaqat boyitadi balki uni shakllantiradi xam. Yangi mavzuni o‘rganishning navbatdagi bosqichi-uning o‘quvchi ega bo’lgan bilimlari bilan aloqasini tushuntirish, shuningdek o’rganilayotgan davlat-huquqiy xodisalarni aloxida elementlari o’rtasidagi aloqalarni yetkazib berish. Bunda yana o’rganilayotgan davlat huquqiy xolatlarini avval o’rganilganlari bilan taqqoslashdan foydalanish mumkin, yangi va avval egallagan bilimlarining bog’liqlik sabablari ochib beradigan savol javoblarni o’tkazish mumkin. O’tilayotgan mavzuning mustaxkamlash. Ta’limning samarasi ko‘p jixatdan bilimlarning mustaxkamlashning to‘gri tashkil etilgani bilan bog’lik, mustaxkamlash esa xotirada saqlanishni ta’minlaydi. O’rganilgan mavzuni mustaxkamlashning samarali usuli bu- takrorlash. U kursning aloxida qismlarini bir-biriga bog’lashga, bilimlarni bir sistemaga tushurishga yordam beradi. Takrorlash darslari yanada qiziqarli bo’lishi uchun uni metodik jixatdan xar xil bo’lishini ta’minlash kerak. Misol uchun, savollarni mavzuni dastlabki o’rganilgan paytdagidek boshqacharoq qilib quyish, yangi misollar keltirish va yangi vazifalar berish. Takrorlash kundalik, umumlashtiruvchi va yakunlovchi bo’lishi mumkin. Kundalik takrorlash avvalo o’rganilgan mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash bilan birga, yangi va avval o’rganilganlar o’rtasida bog’liklikni ta’minlaydi. Takrorlashning bu turida avval o’rganilganlarga doimiy murojat qilinadi, uning xotirada yaxshi saqlanishini va mustaxkamlashni ta’minlaydi. Umumlashtiruvchi takrorlash muxim axamiyatga ega bo’lib, uning asosiy vazifasi o’rganilgan bob yoki bo’limni yakunlashdan iborat. Yakunlovchi takrorlash esa butun programmani o’rganib bo’lgandan keyin o’tkaziladi. Umumlashtirish va tizimlashtirish. Bilimni chuqurlashtirish va tartibga solish, ularning tushunilishi va yodda saqlashining samarali vositasi umumlashtirish va tizimlashtirish. Umumlashtirish deganda xodisa va ob’ektlar gruppasiga xos bo’lgan qandaydir sifatlarning ajralishi tushuniladi. Umumlashtirishda qonunlar, nazariyalar va g‘oyalar shakllanadi. Umumiy prinsplar ajratilish asosida bilimlarda tizimning yuzaga kelish jarayoni tizimlashtirish deb nomlanadi. Huquqiy xodisalar to‘g‘risidagi bilimlarni tizimalashtirilishiga misol qilib huquq tarmoqlarining, davlat xokimiyati organlarining, sud organlarining tizimalashtirilishini ko’rsatish mumkin. Umumlashtirish va tizimlashtirish darsda egallagan bilimlarni yangi darajaga ko‘tarishga yordam beradi, mavzularni yaxshi yodda saklashini ta’minlaydi va bilimlarni amaliy jixatdan qo‘llanishini yengillashtiradi. Umumlashtirish o’rganilayotgan fanning aloxida faktlari, qonunlarigina emas, balki ular o’rtasidagi strukturaviy aloqalarni, umumiy qonun me’yorlarini tushunishiga yordam beradi. Umumlashtirish va tizimlashtirishda taqqoslash muxim o’rin tutadi, chunki u xar bir xodisaning umumiy va xarakterli xususiyatlarini aniqlashga,ularni ajratib turishini va bog’lab turganini bilishga imkon yaratadi. Bilimlarni nazorat qilish va baxolash. O‘quvchilar bilimni nazorat qilish mavzuni chuqurroq va aniqroq o’zlashtirishni ta’minlaydi. Nazorat qilishning bosh vazifasi- o‘quvchilarning o‘quv mavzularni o‘zlashtiriganini va uning tizimlashtirilganini, o‘rganganlarini takrorlash va mustaxkamlashni tekshirish, o‘quvchilarni (takrorlash) tizimlash ishlashga va ijodiy faoliyatga o‘rganish, ularda o’zlashtirilgan bilimlarning sifati uchun javobgarlik xissini rivojlantirish va xakozo. Tekshirishning ob’ektlari: faktik mavzu to‘g‘risidagi bilim: yangi bilim va ko’nikmalarni mustakil o‘rganilishi; ularni yangi xayotiy vaziyatlarda qo’llash. Tekshirish o‘quvchilar nutqining rivojlanishi uchun xam muxim. Nazoratning asosiy prinsplari bu mukamalik,serkirralik va ob’ektivlik, shuningdek o‘quvchilarga ta’limiy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy ta’sirini ta’minlash. Mukammalik va serkiralik nazoratga o‘quv materiallarining barcha asosiy elementlarini kiritilish, faqatgina bilimlarningina emas, balki dunyoqarashlar, g’oyalarning o’zlashtirilishini xam tekshirishlarini o’z ichiga olish bilan ta’minlanadi. Nazoratning ob’ektivligi bilim va ko‘nikmalarni odilona baxolash bilan ta’minlanadi. Nazoratning ta’limiy ta’siri butun sinf o‘quvchilarining o‘rtoqlari javoblarini tinglashlari, tuzatishlari va to’ldirishlari orqali ta’minlanadi. Nazoratning tarbiyaviy ta’siri o‘quvchilarja javobgarlik, burch, ma’suliyat, tartiblilik xislarining shakllanishiga ta’sir eta olish bilan yuzga keladi, rivojlantiruvchi ta’sir esa e’tibor, xotira, o’zini o’zi nazorat qilish kabilarning shakllanishi bilan yuzaga keladi. Download 17.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling