Huquqbuzarlik
Download 191 Kb. Pdf ko'rish
|
huquq masalalar to\'plami -13 @olchaBooks
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asos: _____________________________________________________ . Huquqbuzarlik turi
3. Bosh Prakuratura huzuridagi Departament hamda DXX Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat «Chorvanasl» markazi Urganch tumani bo’limi yetakchi mutaxassisi T.M. fermer xo’jaligiga tegishli 75 gektar yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinchalik uning nomiga yangi fermer xo’jaligi tashkil etib, yer maydonini qayta rasmiylashtirib berish evaziga 80 ming dollar talab qilib, shundan 40 ming dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. T.M. ko’rsatmasiga asosan davom ettirilgan tadbirda, Urganch tumani hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalasi bo’yicha o’rinbosari R.A. fermer xo’jaligini tashkil qilish va yer maydonini ajratib berish masalasini hal qilish evaziga o’z xonadonida undan 43 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Asos: _____________________________________________________. Huquqbuzarlik turi: ________________________________________. Yuridik javobgarlik: ________________________________________. 4. Toshkent metropolitenining «Alisher Navoiy» bekatida 2021-yil 5- oktabr kuni 24 yoshli qiz Metropolitenda xavfsizlik ta’minlash boshqarmasi xodimi sumkasini tekshirayotgan paytda unga qarshi chiqqan. Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xabariga ko’ra, u sumkasini tekshirtirishdan bosh tortganligi aytib o’tilgan, voqea joyiga IIV maxsus operatsiyalarni muvafiqlashtirish boshqarmasi guruhi yetib kelgan. Mas’ul xodim qizdan nima uchun sumkasini tekshirtirmayotganligini so’raganida, u qizga tegishli shaxsiy buyumlari borligini aytgan. Shundan so’ng vaqtincha hibisga olingan qiz poytaxtning Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo’limiga olib ketilgan. IIV Transport va turizm obyektlari xavfsizligini ta’minlash departamenti axborot xizmati rahbari Pokiza Xodjayevaning Kun.uz ga ma’lum qilishicha, JIB Shayxontohur tuman sudi qarori bilan qizning harakatlari huquqbuzarlik deb topildi. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling