Huquqda inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng


Download 63.84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.12.2021
Hajmi63.84 Kb.
#181951
Bog'liq
Qonun (huquq) - Vikipediya



Qonun (huquq)

qonun


Qonun (huquqda) — inson, jamiyat va

davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng

muhim hisoblanadigan ijtimoiy

munosabatlarni mustahkamlash,

rivojlantirish va tartibga solish vositasi.

Q. davlat oliy vakillik organlarining eng

yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Q.

davlat huquq tizimining asosini tashkil

qiladi, davlatning boshqa hamma

organlarining normativ aktlariga nisbatan

eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Q.



uchun uni qabul qilishning alohida tartibi.

bir necha bosqichdan iborat maxsus

qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu

bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun

loyihasining muhokama qilinishi, Q.ning

qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan

iborat. Q.lar oʻzida mujassamlashgan

normag larning mohiyati boʻyicha

konstitutsiyaviy. toʻgʻridan-toʻgʻri

konstitutsiya talablari asosila qabul

qilinadigan (organik) va oddiy Q.larga

boʻlinadi. Oddiy Q.lar, oʻz navbatida,

kodifi-katsiya qilingan va joriy Q.larga

boʻlinadi. Federativ davlatlarda Q.lar,

shuningdek, federal va fede-ratsiya

subʼyektlari Q.lariga ajratiladi. Q.larning




alohida toifasini favqulodda Q.lar tashkil

etadi.


Normativlik Qonunning muhim belgisi va

xususiyati hisoblanadi. Huquqiy

hujjatlarning boshqa shakllari ham

normativ boʻlishi mumkin, lekin ular

Q.chalik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa

muddat amal qiladigan yoki huquqni

muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin.

Qonunning normativligi uning bir xildagi

qoidani barcha uchun norma, meʼyor,

mezon darajasiga koʻtarilishidadir.

Qonunda mustahkamlangan qoida

hamma oʻxshash hollarda bir xildagi

talab sifatida takror-takror amal qiladi.

Q.ning normativligi unda ifodalangan




davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va

oliyligi bilan chambarchas

bogʻliqligidadir. Aynan shu irodaning

imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni Q.

vositasi bilan umumiy yurish-turish va

xulq-atvor mezonlarini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Q.lari quyidagi

guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun —

Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun;

3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar); 4)

Qoraqalpogʻiston Respublikasining

Konstitutsiyasi va Qonunlari Qonunlar va

boshqa normativ hujjatlar orasida

Oʻzbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi.

Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil




etilishini va boshqaruv mexanizmini

belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum

asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy

asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va

fuqarolarning huquq va erkinliklarini

mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat

huquqiy tizimining , butun qonunchilikning

oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi.

Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya

qoidalari va prinsiplari asosida hamda

ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi.

Q.lar quyidagi hollarda kuchga kiradi:

rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach;

Q.da yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida

maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan

boshlab. Q. oʻzida koʻrsatilgan muddat




tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi

natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu

sohasini tartibga soluvchi yangi Q. qabul

qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini

yoʻqotadi.

Q. zamonda amal qiladi. Buning maʼnosi

shuki, ayrim Q.lar orqaga qaytish kuchiga

ega. Yaʼni, Q. eʼlon qilinmasdan oldin

boʻlgan ishlarga shu Q. tatbiq etiladi.

Jumladan, Oʻzbekistonda jinoyat va

maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi

Q.lar orqaga qaytish kuchiga ega. Q.

makonda ham amal qiladi. Buning

maʼnosi Q.lar mamlakatning barcha

hududlarida amal qilishini bidsiradi.

Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va




hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar

ustidagi havo boʻshligʻi va davlat

chegarasi doirasidagi yer osti kiradi.

Odatda, Q.lar ushbu hududdagi barcha

subʼyektlar, yaʼni fuqarolar, yuridik

shaxslar, davlat organlari, korxonalar,

muassasalar va tashkilotlar uchun

majburiydir.

Q.ning oliy yuridik kuchga egaligi

quyidagilarda namoyon boʻladi: Q.ni uni

qabul qilgan oliy vakillik organidan

boshqa hech kim oʻzgartira olmaydi,

bekor qila olmaydi yoki yangisini oʻrnata

olmaydi; boshqa barcha normativ-

huquqiy aktlar Q.ga qatʼiy muvofiq holda

qabul qilinadi va amalga oshiriladi;




bironbir qonunosti normativ-huquqiy akt,

yaʼni, qonunga asoslangan hujjat Q.ga zid

boʻlsa, u Q.ga muvofiq holga keltiriladi

yoki bekor qilinadi; Q.ni qabul qilgan

organdan boshqa hech kim uni

qoʻshimcha tarzda tasdiqlashi va

harakatdan toʻxtatib qoʻyishi mumkin

emas.


Oʻzbekiston Respublikasining Q.larida

yangilanayotgan ijtimoiy tuzumning ,

huquqiy davlat barpo etishning eng

muhim prinsiplari, rivojlanish yoʻnalishlari

va dasturiy vazifalari oʻz aksini topadi.

Gʻayrat Abduqodirov.




Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


  Soʻnggi tahrir 7 oylar avval 185.139.137.63 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Qonun_(huquq)&oldid=2098000



" dan olindi

Download 63.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling