Huquqiy davlat nazariyasining tarixiy manbalari «Huquqiy davlat» tushunchasi va mohiyati


Mazkur masalalarning har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz


Download 89 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi89 Kb.
#247753
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi

Mazkur masalalarning har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz.

  1. Huquqiy davlatning mohiyatini qonunning ustunligi (oliyligi) tashkil etadi. Bu o‘rinda shu narsa muhimki, har qanday qonunning ustunligini ta’minlash bu hali huquqiy davlatchilik vujudga keldi degani emas. Chunki, qonunlar o‘z mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, mustabid, totalitar, avtoritar, fashistik davlatlarda nohaqlik, zo‘ravonlik va johillikni ifodalovchi qonunlar amal qilishi mumkin. Bunday qonunlarning ustunligini ta’minlash huquqiy davlatchilik bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Huquqiy davlatda tom ma’noda xalq irodasini ifodalovchi adolatli, demokratik, insonparvar qonunlarning ustuvorligi ta’minlanishi nazarda tutiladi. Xuddi shu ma’noda haqqoniy, huquqiy qonun haqida gapiriladi.

Qonun – davlat faoliyati o‘zboshimchaligining mahsuli emas, balki u umuminsoniy qadriyatlarga, tenglik va adolatning demokratik huquqiy prinsiplariga mos bo‘lishi kerak. Shaxs erkinligiga putur yetkazuvchi, uni davlat bilan munosabatlarda noteng subyektga aylantiruvchi qonunchilik qoidalari huquqiy davlat g‘oyasiga qarama-qarshi keladi. Qonunda jamiyatda mavjud va shakllanayotgan ijtimoiy munosabatlar o‘zining bevosita va obyektiv ifodasini topishi lozim.

Davlat, uning barcha idoralari, mansabdor shaxslar va fuqarolar o‘z faoliyatida qonun bilan qat’iy bog‘liq bo‘lishi, qonunga zid, uning talablariga qarshi biron-bir xatti-harakatni qila olmasligi talab etiladi. Ayni vaqtda, qonunning hukmronligi prinsipi qonunning «mutlaq hukmronligi» degan ishonchni, har qanday masalani faqat qonun vositasi bilan hal qilish mumkin, degan «yuridik eyforiya»ni tug‘dirib chiqarmasligi kerak. Qonunning jamiyat hayotidagi roli katta, ammo u barcha muammo va «dard»larga yagona da’vo emas.



  1. Huquqiy davlatda hokimiyatning diqqat markazida turadigan asosiy narsa – bu fuqarolarning, shaxsning huquq va erkinliklarining kafolatlanganligidir. Huquq, qonun erkinlik va adolat me’yori sifatida maydonga chiqadi. Qonun yordamida shaxs erkinliklarining ta’minlanishi – huquqiy davlatning muhim funksiyasidir.

Fuqaro hamisha o‘zini erkin his etishi uchun sharoit yaratilgan bo‘lishi, u davlatning homiyligiga tayana olishi, uning panohida va muhofazasida yashashi lozim. Unga tegishli siyosiy, ijtimoiy va shaxsiy huquqlar va erkinliklar kafolatlab berib qo‘yilishi kerak. Masalan, fuqaro o‘z fikrini erkin bildirish huquqiga, davlat idoralariga saylash va saylanish huquqiga, davlat idoralariga murojaat etish huquqiga, o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya etish uchun siyosiy va ijtimoiy uyushmalarga birlashish huquqiga, shaxsiy daxlsizlik huquqiga, molmulk daxlsizligiga, aybsizlik prezumpsiyasi va shu kabi huquq va erkinliklarga ega bo‘lishi lozim.

Shaxs huquqi va erkinliklarining kafolatlarini mustahkamlashning muhim sharti – fuqarolar huquqlarini sud yo‘li bilan muhofaza etishni kengaytirishdir. Fuqarolar o‘zlarining har qanday huquqlari poymol etilgan taqdirda bu xususda shikoyat qila olishlari mumkin bo‘lishi kerak. O‘z navbatida, sud buzilgan huquqni adolat yuzasidan tiklashni o‘zining muqaddas burchi deb bilishi lozim.



  1. Hokimiyatlar taqsimlanishi – demokratik huquqiy davlat tabiatiga xos prinsipdir. Hokimiyatlar taqsimlanishi, har bir davlat hokimiyati organlarining vakolat doirasini qat’iy chegaralab qo‘yish orqali huquqiy davlat huquqiy tarzda tashkillashadi va faoliyat yuritadi.

Adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo‘lishi shart. Ularning biron-bir organ yoki shaxs qo‘lida mujassamlanishi jamiyatning umumiy manfaatlariga putur yetkazadi, suiiste’molchiliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo sig‘ishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo‘lda birlashtirilishi qonunning ustun bo‘lishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin16.

Hokimiyatlar taqsimlanishi ta’limotida diqqatga sazovor asosiy narsa shuki, bunda uchta hokimiyatning vakolatlari qonun (Konstitutsiya)da belgilangan bo‘lib, ular o‘zaro teng bo‘lishi, bir-birlarining huquq va vakolatlariga daxl qilmasliklari lozim. Hokimiyatning uchchala bo‘g‘ini qonunga itoat etadi va qonun oldida teng mavqega ega bo‘ladilar. Mazkur ta’limotdagi yana bir muhim jihat – bu hokimiyatlarning muvozanati, tengligini ta’minlash uchun ularning «o‘zaro bir-birini tiyib turish va o‘zaro qarama-qarshi ta’sir etish muruvvatlari tizimi» mavjud bo‘lishidir. Hokimiyat idoralarining har biri o‘zlari uchun qonunda belgilangan davlat funksiyalarini mustaqil o‘tish bilan birgalikda, o‘z huquqiy vositalari (vakolatlari) yordamida bir-birini muvozanatga chorlab turadilar, hokimiyat vakolatlarini bitta muassasa (shaxs) tomonidan qonunsiz ravishda tortib olinishi (uzurpatsiya qilinishi)ni bartaraf etadilar.

Hokimiyatlar taqsimlanishi – bu nafaqat yuridik va tashkiliy prinsip, balki inson qadri nuqtai nazaridan ijtimoiy hayotning hokimiyat va erkinlik, qonun va adolatli huquq, davlat va jamiyat kabi qarama-qarshi jihatlarini uyg‘unlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy prinsip hamdir.


Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling