Huquqiy davlat nazariyasining tarixiy manbalari «Huquqiy davlat» tushunchasi va mohiyati


Hokimiyatlar taqsimlanishi siyosiy hayotning, davlat tuzumining demokratikligi o‘lchovi, me’yoridir


Download 89 Kb.
bet4/5
Sana08.01.2022
Hajmi89 Kb.
#247753
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi

Hokimiyatlar taqsimlanishi siyosiy hayotning, davlat tuzumining demokratikligi o‘lchovi, me’yoridir.

Huquqiy davlat huquq va qonunning ustunligi, qonun va sud oldida barchaning tengligi ta’minlanadigan, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan, davlat hokimiyati vakolatlari demokratik taqsimlash asosida tashkil etiladigan adolatli davlat sifatida ta’riflanadi. Zamonaviy huquqiy davlat – avvalo, inson huquq va erkinliklari, hokimiyatni amalga oshirishda (bevosita yoki vakillar orqali) xalqning ishtiroki ta’minlanuvchi demokratik davlat. U yuksak huquqiy va siyosiy madaniyat, rivojlangan fuqarolik jamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolarga o‘z qarashlari va e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish imkoniyati ta’minlanadi. Bu, xususan, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining shakllanishi va faoliyat olib borishi, siyosiy plyuralizm, so‘z va matbuot erkinligi hamda shu kabilarda o‘z ifodasini topadi.

Huquqiy davlatning mohiyati – ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning ustunligi, suveren huquqiy hokimiyatning mavjudligida ifodalanadi. Hokimiyatning bo‘linishi prinsipi yordamida davlat huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi, bu siyosiy hayotning demokratlashuvi mezonidir.

Huquqiy davlat huquq bilan bog‘langan bo‘ladi, qonunning ustunligidan kelib chiqadi, jamiyat tomonidan belgilangan mezonlar doirasida ish ko‘radi, jamiyatga bo‘ysunadi, fuqarolar oldida mas’ul bo‘ladi, fuqarolarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlaydi.

Huquqiy davlat – fuqarolik jamiyatining siyosiy shakli bo‘lib, jamiyat hayotida demokratik institutlarning rivoj topishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi mavjudligi bilan tavsiflanadigan, inson huquq va manfaatlarining ustuvorligini ta’minlaydigan davlatdir.

Insoniyat davlat paydo bo‘lgan qadimgi davrdan buyon adolatli hokimiyat (adolatli hukmdor) haqida orzu qilib keladi. Mana shu istak huquqiy davlat haqidagi ta’limotning rivojlanishiga turtki bergan.

Huquqiy davlatning nazariy manbalari o‘z ildizlari bilan o‘tmishga borib taqalganligini ta’kidlash joiz. Qadim zamonlarda yashab o‘tgan buyuk allomalar (Aflotun, Arastu) davlat huquqning ulkan ijobiy ahamiyatini hisobga olmagan holda mustahkam, barqaror va ishonchli bo‘la olmasligi haqida fikr bildirganlar. Huquq davlat hukmdorlarining zo‘ravonligiga qarshi posangi sifatida baholangan: ya’ni, qonun hech kimning hukmronligi ostida bo‘lmasligi kerak, zero barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning harakatlarini yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Dastlab tarqoq bo‘lgan, ba’zida esa alohida farazlar sifatida namoyon bo‘lgan g‘oyalar zamirida keyinchalik huquqiy davlatning izchil va yaxlit konsepsiyasi vujudga keldi. Uning asoschilari Dj. Lokk, I. Kant, V. Gumbold, G. Yellinek, K. Shmidt hisoblanadi. Mazkur allomalarning qarashlarida ayrim tafovutlar bo‘lsa-da, umuman olganda ular bir narsada haqlar, u ham bo‘lsa, davlatning o‘zi huquqiy qonun-qoidalarga amal qilishi va buni ijtimoiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan talab qilishi kerakligidan iborat. Huquqiy davlat nazariy konsepsiyasi qoidalarining bir qator davlatlarning amaliy faoliyatiga tatbiq etilishi konservativ kuchlarning qarshiligiga uchragan va uni yenggan holda davlat va jamiyat faoliyatining barcha jabhalarida chuqur o‘zgarishlar bilan iz qoldirgan.




Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling