Huquqiy davlat tizimining shakllantirishi


Xuquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratining axamiyati


Download 67 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi67 Kb.
#1628825
1   2   3   4
Bog'liq
HUQUQIY DAVLAT TIZIMINING SHAKLLANTIRISHI.

Xuquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratining axamiyati
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning Konstitutsiyamizning 10 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida isloxotlarni yanada chuqurlashtirish, xuquqiy demokratik davlat barpo etishda nazorat tizimini yanada mustaxkamlash va uni izchil takomillashtirib borishning axamiyatiga aloxida e’tibor berdi. Mamlakatimiz raxbari, ayniqsa, fuqarolik jamiyatining muxim omili xisoblangan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bu soxaning nazariy va amaliy jixatlarini taxlil etish, uning faol xarakatini ta’minlash dolzarb vazifa ekanligini uqtirib o‘tdi.
Darxaqiqat, adolatli jamiyatni shakllantirish jarayonida jamoat nazoratining axamiyati beqiyosdir. Chunki, fuqarolik jamiyatida xar bir fuqaroning faolligi, ijtimoiy xodisalarga befarq bo‘lmasligi, davlat idoralarida ishlayotgan xar bir raxbar xodim zimmasidagi ma’suliyatni to‘la va to‘g‘ri anglashi, ular faoliyati jamoat nazorati ostida ekanligini chuqur xis etishi - jamiyat rivojida muxim axamiyatga ega.
Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, xar qanday jamiyatda xam demokratiyaning darajasi «bu xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, xukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishi» bilan belgilanadi.
Zero, jamoat nazoratining to‘g‘ri tashkil etilishi, eng avvalo, qonun ustivorligini ta’minlashda, qonun buzishlik xolatlarining oldini olishda, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni aniqlashda, fuqarolarni qonun me’yorlariga qatiy rioya qilish ruxida tarbiyalashda katta axamiyatga ega.
Aslida jamoat nazoratining o‘zi nima, u qanday xolatlarda namoyon bo‘ladi, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin.
Avvalo shuni aytish kerakki, fuqarolarning davlat idoralari ustidan nazoratini yo‘lga qo‘yish kecha yoki bugunning gapi emas. Tarixga nazar tashlasak, biz bugun «jamoat nazorati» deb aytayotgan demokratik institutning bu soxasi u yoki bu ko‘rinishda faoliyat ko‘rsatganligini shoxidi bo‘lamiz.



Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling