Huquqiy davlat tizimining shakllantirishi


Download 67 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi67 Kb.
#1628825
  1   2   3   4
Bog'liq
HUQUQIY DAVLAT TIZIMINING SHAKLLANTIRISHI.


HUQUQIY DAVLAT TIZIMINING SHAKLLANTIRISHI.
Reja:



  1. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishi

  2. Nodavlat notijorat tashkilotlarini ximoya qilishning davlat kafolatlari va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari.

  3. Xuquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratining axamiyati.

  4. Xuquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga oid qarashlar.

Huquqiy davlat tushunchasi va ta’rifi
Bugun tom ma’noda tarixiy davrda yashayapmiz. Istiqlol barchamizga ozod va erkin yashash baxtini, dunyoning chinakam xayratiga sabab bo‘lgan milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimizning yangicha yo‘sinda shakllantirish imkonini berdi. Istiqlol yillarining dastlabki kunlaridanoq Prezidentimiz tomonidan xuquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish bosh konsepsiyamiz ekanligi aytib o‘tilgan edi. Bugungi kunda esa, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari degan g‘oya jamiyat xayotining muxim yo‘nalishlaridan biri qilib belgilandi.
Yurtboshimiz ilgari surayotgan ushbu g‘oya mamlakatimizning bugungi rivojlanish bosqichidagi eng muxim vazifalardan biri sifatida baxolanmoqda.
Jaxonning rivojlangan mamlakatlarida asosan fuqarolik jamiyatining institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etib kelmoqda. Ya’ni, kuchli davlat asta-sekinlik bilan o‘zining funksiyalarini nodavlat notijorat tashkilotlari zimmasiga o‘tkazib boradi. Kuchli jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy faolligi, siyosiy dunyoqarashi yuqori bo‘ladi.
Xuquqiy demokratik davlatlarda asosan kuchli jamiyat boshqaruvi, avvalo, fuqarolik jamiyati institutlari zimaasiga yuklatilgan. Bunda boshqaruvning amalga oshirilishida jamoatchiliknin bevosita ishtiroki kengayadi. O‘zini o‘zi boshqaradigan jamiyat kuchli nodavlat tuzilmalarga asoslanadi.
Fuqarolik jamiyatini qurish strategiyasi Prezidentimiz tomonidan ilgari surildi va u ilmiy-nazariy jixatdan asoslanib borilmoqda. Davlat zimmasida xavfsizlik, mudofaa, chegara, moliya-bank, kredit va shu kabi muxim vazifalar qoladi. Davlatning bugungi kundagi muxim vazifalari nodavlat notijorat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa demokratik institutlarga o‘tkazib boriladi. Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa tizimlari jamiyat boshqaruvini ta’minlaydigan aloxida tizim sifatida rivojlanib boradi. Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning II chaqiriq IX sessiyasida “O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari mavzusida qilgan ma’ruzasida davlatimiz oldida turgan beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muxim sharti bo‘lib, bu jamiyat xayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni va axamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu- kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” degan tamoyilni amalda xayotga joriy etish demakdir deb ta’kidlab o‘tgan edilar.
Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishi
Mamlakatimizda demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi qarashlar mustaqillikka erishgandan boshlab shakllana boshladi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi, jumladan, demokratiya, xuquqiy davlat, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati xaqida g‘oyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida, ma’ruzalarida, nutqlarida asoslab berildi. Xozirgi vaqtda respublikamiz olimlari tomonidan bu borada tadqiqotlar, izlanishlar olib borilmoqda.
“Demokratiyaning asl moxiyati-inson qadr-qimmati, xurmati xamma narsadan ulug‘, degan aqidadan iborat bo‘lmog‘i lozim”.
“Chinakkam demokratiyaning oliy mazmuni esa shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat xokimiyati tinch-totuv yashaydi"._ –degan g‘oyalarni ilgari surgan edi Prezidentimiz I.A. Karimov.
Demokratiya –bu avvalo, xalq xokimiyatchiligidir. U davlat tuzumining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib xisoblanadi.
“Demokratiya -xokimiyatning faqat xalqqa tegishli ekanligi, davlat xalq irodasini, ifodasini va uning manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi, davlatning olib borayotgan siyosati faqat inson va jamiyatning farovonligini ta’minlashga qaratilganligidir. Demokratiya xokimiyat faqat Konstitutsiya va qonunlarda ko‘zda tutilgan tartibda va ular asosida tuzilgan idoralar orqaligina amalga oshirilishini bildiradi. Davlat idoralari faqat qonunda ko‘rsatilgan vakolatlari doirasidagina faoliyat ko‘rsatadi”_. Ushbu fikrdan demokratiya qaror topgan davlat albatta xuquqqa asoslangan bo‘ladi. Xar bir faoliyat Konstitutsiya va qonunlar asosida amalga oshiriladi. Shaxslarning xuquqiy ongi yuksak darajada rivojlangan bo‘ladi.
“Xuquqiy davlat masalasi davrimizning o‘ta muxim va dolzarb ilmiy-nazariy xamda siyosiy-amaliy axamiyatga molik muammolaridan bulib, uning bunyod etilishi, faoliyat ko‘rsata borishi jamiyatimiz oldida turgan tarixiy vazifadir. Shu boisdan xam O‘zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiyasining muqaddimasida «Insonparvar demokratik xuquqiy davlat barpo etish» maqsadi qonunan mustaxkamlab quyilgan. Bu maqsadning kun tartibiga quyilishi davlatchilik va xuquqni rivojlantirish siyosatidan kelib chiqib, qator omillar va shart-sharoitlar bilan belgilanadi.”
“Xuquqiy davlat qurish maqsadi shundan kelib chiqadiki, mustaqillik va bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida jamiyatimizda ijtimoiy munosabatlarni xuquqiy normalar bilan tartibga solib turish o‘ta muxim va dolzarb vazifa xisoblanadi. Xozirgi zamonda xuquqiy qadriyatlarning qo‘llanish doirasi, ularga bo‘lgan xayotiy extiyoj nixoyatda katta. Chunki xuquqiy normalar bilan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat va fuqarolar o‘rtasida kelib chiqadigan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayot soxalaridagi juda keng munosabatlar tartibga solinadi. Xuquqiy davlatga bulgan extiyoj yangi demokratik jamiyat qurilishi sharoitida faqat xuquqning roli ortishi bilan emas, balki mamlakatni boshqarishda davlatning xam jiddiy xissasi borligini ko‘rsatadi.”
“Xuquqiy davlat-bu xuquqiy asosda tashkil topadigan va jamiyat xayotining barcha soxalarida xuquq ustuvorlik qiladigan davlatdir.”
“Xuquqiy davlat-xuquqning xukmronligi, qonunning ustunligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta’minlanadigan, inson xuquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, xokimiyat vakolatlarning bo‘linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.”
Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, xuquqiy davlatda qonun ustuvor bo‘lib, insonlarning xuquq va erkinliklri ta’minlab beriladi va ularning erkin kamol topishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Xuquqiy davlatning belgilari mavjud bo‘lib ularga xuquqning xukmronligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, inson xuquq va erkinliklarining ta’minlanishi, davlat va fuqaroning o‘zaro mas’uliyati, xokimiyatning qonuniyligi va uning bo‘linishi, sudning mustaqilligi va uning faqat qonunga bo‘ysunishi, xuquqiy ong xamda madaniyatning yuksak darajada bo‘lishi va boshqalarni kiritish mumkin.
Shunday qilib, xuquqiy davlatning asosiy belgisi shuki, bu davlat xuquq doirasida faoliyat yuritadi, uning jamiyat va inson bilan bo‘lgan barcha munosabatlari xuquqiy normalariga asosida olib boriladi. O‘z navbatida xuquq ixtiyoriy va davlat ta’siri orqali ijro etib boriladi. Xuquqiy davlat shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishida davlat organlari, mansabdor va yuridik shaxslar, jamoat birlashmalari xamda fuqarolar bevosita ishtirok qiladilar.
Fuqarolik jamiyati xuquqiy davlat bilan birgalikda shakllanadi. Ularni bir-birisiz tasavvur qilish mumkin emas. Bu jarayon jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti, uning ilimy va texnikaviy asoslarini yaratish bilan belgilanadi.
“Xuquqiy davlat o‘z moxiyatiga ko‘ra, fuqarolik jamiyatining siyosiy ifodasidir. Bir-biridan ajralmas xamda bir-biriga singib ketadigan fuqarolik jamiyati va xuquqiy davlat jamiyat yaxlitligi timsoli bo‘la oladi”.
“Fuqarolik jamiyati yuksak darajali fuqarolikni moddiy, madaniy va intellektual rivojlanishning yuqori bosqichiga kirib borishini taqozo qiladi. Fuqarolik jamiyati a’zolari o‘z mulki, xuquq va erkinliklariga to‘liq egadirlar. Ular qo‘rquv va zo‘ravonlik intizomi bilan kishanlangan emaslar. Shuning uchun xam ular inson va jamiyat farovonligi va xavfsizligining ta’mmnlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan davlatning qonun va qadriyatlarini xurmat qiladilar va ixtiyoriy ravishda bajaradilar.
Fukarolik jamiyatidagi xuquqiy munosabatlar zaminida xuquqiy normalar va ularning sanksiyalari bilan bir qatorda vijdon, burch, mas’uliyatni xis qilish, ichkiy intizom, xullas, xuquqiy fuqarolik kabi insoniy fazilatlar yotadi.”
«Fuqarolik jamiyati inson xuquqlarini, davlat esa fuqarolarning xuquqlarini ta’minlaydi”.
Fuqarolik jamiyati xam xuquqiy davlat kabi o‘zining asosiy belgilariga ega. Bular asosan uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy jixatlarida namoyon bo‘ladi.
Birinchi jixatda-xususiy mulkchilikka keng yo‘l ochib beruvchi va unga asoslanuvchi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga, erkin iqtisodiy faoliyat ta’minlangan shart-sharoitga tayanadi.
Ikkichi jixatda-siyosiy-xuquqiy tizim va boshqaruvning mazmun-moxiyatini xuquqiy davlatchilikni ifoda etadi.
Uchinchi jixatda-oila, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning madaniylashgan tartiblari yotadi.
To‘rtinchi jixatda-ma’naviy, yuksak madaniy insoniy munosabatlar zamiriga tayanadi. X.Odilqoriyev fuqarolik jamiyatiga shunday ta’rif beradi: “fuqarolik jamiyati-xar bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, xuquqiy an’ana va qonunlarga xurmat muxiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlangan, inson xuquqlari va erkinliklari so‘zsiz ta’minlanadigan, davlat xokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlarini vujudga keltirgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin demokratik xuquqiy jamiyat”.
Fuqarolik jamiyati xaqida gapirganda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, u xaqidagi g‘oyalar uzoq vaqt davomida shakllangan va bugungi kunda ma’lum bir tarzda izoxlab, taxlil qilib berilgan. Shunday bo‘lsada, fuqarolik jamiyati o‘zining yechimini topmagan muammolariga boy. Unga berilgan ta’riflar xam turlicha. Lekin ularning xammasida inson omili birinchi o‘ringa qo‘yiladi, xuquq va manfatlari ta’minlab berilishi ta’kidlanadi.
Fuqarolik jamiyati jamiyatdan farqli ravishda u jamiyat rivojlanishining ma’lum bir bosqichida vujudga keladi. Buning uchun avvalo yetarli shart-sharoit, iqtisodiy, siyosiy-xuquqiy va ma’naviy asoslari bo‘lishi zarur. Bularsiz fuqarolik jamiyatini shakllantirish murakkab jarayondir.
Fuqarolik jamiyatida davlatning roli sezilarli darajada kamayadi lekin davlat o‘zining asosiy vazifalarni qo‘lida saqlab qoladi. Masalan xavfsizlikni, mamlakat xududining daxlsizligini ta’minlash, davlat moliya masalalarini xal qilish va b. Mamlakat xayoti uchun dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlarni davlat o‘z qo‘lida saqlab turishiga sabab, agar bu soxalar turli tashkilotlar qo‘liga o‘tib ketsa xar xil manfaatlarga xizmat qilishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati o‘zining strukturalari orqali davlatning u yoki bu xarakatiga ta’sir o‘tkaza olishi, axoli fikri-uning qaror qabul qilishida ko‘proq axamiyatga ega bo‘lishi e’tiborga molik xolatlardan biridir.
Shuni ta’kidlash kerakki, Fuqarolik jamiyati faqatgina teng xuquqli fuqarolardan iborat jamiyatgina emas, balki ular uchun kerakli sharoitni ta’minlab beradigan jamiyatdir. Fuqarolik jamiyatida Konstitutsiya va qonunlar ustivor bo‘lib, u xar bir insonning o‘zini o‘zi kamol toptirishiga ko‘maklashadi, shaxs manfaatlarini, xuquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga chiqarishga yordam beradi, shuningdek, fuqarolar xam qonunlarda belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilishi va o‘z burchlarini bajarishini xam taqazo etadi.
Fuqarolik jamiyatining xarakati jamoat birlashmalarining shakllanganlik darajasi bilan xam belgilanadi. “Jamoat birlashmalari davlatdan mustaqil bo‘lgan, aloxida faoliyat yuritadigan va ayni vaqtda, davlat institutlariga ta’sir o‘tkaza oladigan, davlatning ijtimoiy xayotiga, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy xayotiga aralashuvidan muxofaza qilishga yo‘naltirilgan tashkilotdir”.
Fuqarolik jamiyatida shaxs markaziy o‘rinni egallovchi jamiyat bo‘lib, bunda shaxslarning xuquqiy ongi va madaniyati yetarli darajada shakllangan va uning shakllanishi uchun barcha choralar ko‘rilgan xamda shart-sharoitlar yaratib berilgan bo‘ladi. Xar bir shaxs o‘tkazilayotgan xar bir isloxotga o‘zining nuqtai-nazaridan munosabatini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shunday qilib fuqarolik jamiyati jamiyat rivojining ma’lum bir bosqichida shakllanadigan, inson xuquq va erkinliklarini, munosib xayot tarzini ta’minlab beradigan, qonunlar ustivor bo‘ladigan, davlatning ma’lum funksiyalarini amalga oshiradigan jamiyatdir.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini ximoya
kilishning davlat kafolatlari va ularni ko‘llab-quvvatlash masalalari
Davlatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimov ikkinchi chaqiriq Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida referendum yakunlari, uning moxiyati va kelgusi xayotimizdagi ta’siri faqat referendumga qo‘yilgan masalalar bilan cheklanib qolmasligi, balki davlat va jamiyat xayotidagi ko‘pgina soxalarga tegishli ekanligini uqtirib o‘tdi. Xususan, «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» g‘oyasining amalga oshirilishida nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni xaqida Prezident tomonidan bildirilgan fikrlar barchamizga ushbu masalaning moxiyatini keng jamoatchilikka tushuntirib berish mas’uliyatini yuklaydi. Kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun esa «davlatimizning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan, o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalariga o‘tkazish talab qilinadi».

Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling