Huquqiy hujjatlar


  2-o‘quv savoli. Aholi va hududlarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda


Download 327.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana26.03.2023
Hajmi327.53 Kb.
#1296301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 



2-o‘quv savoli. Aholi va hududlarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan qonunning mazmuni
va mohiyati 
2021 yil 14 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash 
to‘g‘risida”gi qonuni 5 ta bob 26 ta moddadan iborat bo‘lib, unda zilzilaga 
quyidagicha ta’rif berilgan, zilzila - yer qobig‘ining yoki yer ustki qatlamining 
to‘satdan ro‘y bergan siljishi, yemirilishi yoki o‘pirilishi oqibatida vujudga kelgan, 
uzoq masofalarga tarqaladigan to‘lqinsimon tebranishlar tarzidagi yer osti 
silkinishlari va tebranishlari.
Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik 
xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Qonunning 1-bobi “Umumiy qoidalar” deb nomlanadi. Unda qonunning 
maqsadi, seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilik, asosiy 
tushunchalar, seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan ob’yektlar va ularning tasnifi 
yoritilgan. 
Ushbu qonunga asosan seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan ob’yektlar 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklarining hududi; 
mudofaa, sanoat, agrar, energetika, ilmiy-texnika majmualari, suv omborlari 
va gidrotexnika inshootlari, sog‘liqni saqlash muassasalari, ta’lim tashkilotlari, 
jamoat va turar joy binolari; 
moddiy va madaniy meros ob’yektlari; 
ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellar va yo‘llar; 
muhandislik va transport kommunikatsiyalari, gaz, suv, issiqlik va elektr 
ta’minoti tarmoqlari. 
Bundan tashqari, yuqoridagi qonunga asosan seysmik xavfsizligi 
ta’minlanadigan ob’yektlar ahamiyatiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi
I toifa — xavflilik omili past bo‘lgan ob’yektlar; 
II toifa — xavflilik omili o‘rtacha bo‘lgan ob’yektlar; 
III toifa — xavflilik omili yuqori bo‘lgan ob’yektlar; 
IV toifa — xavflilik omili juda yuqori bo‘lgan ob’yektlar. 
Seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan ob’yektlarning toifalariga ko‘ra ro‘yxati 
qonunning ilovasida berilgan. 

Download 327.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling