Huquqiy jarayonlarni bilishning oʻziga hos jihatlari reja
Download 23.18 Kb.
|
Baxtiniso falsafa (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
HUQUQIY JARAYONLARNI BILISHNING OʻZIGA HOS JIHATLARI Reja: Kirish. Huquqni tushunish. Huquqni tushunish tipologiyasi. Huquqni tushunish konseptsiyalari. Avvalambor, mazkur tayyorlangan mustaqil hujjatga tavsif berib kirish qismiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Huquq falsafasi falsafiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar, shuningdek huquqshunoslik fanlari yo‘nalishining muhim qismi hisoblanadi. Huquqiy bilimlarni tushunish, izohlash, tushuntirish va qo‘llash, huquq fanining mohiyati va rivojlanish tarixini anglash bilan bog‘liq holda huquqshunosning yuksak falsafiy va uslubiy madaniyatga ega bo‘lishi zarurligini bugun hech kim inkor etmaydi. Shu munosabat bilan “Huquq falsafasi” kursini o‘rganish va o‘zlashtirish ularga huquq to‘g‘risida chuqur va har tomonlama bilim olish, uning mazmun-mohiyati, qadr-qimmati va inson, jamiyat va davlat uchun ahamiyatini anglab yetish imkonini beradi. Huquq falsafasi talabalarga, huquqshunoslarga, asosan, rasmiy yoki hokimiyat ta'siridan mustaqil bo‘lgan obyektivni, huquqning mohiyatini, paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishining sabablari va manbalarini ochib beradi. Huquqning falsafiy g‘oyalari zamonaviy g‘oyalar, huquqning ichki munosabatlari va muayyan birligi, erkinlik, adolat, qonun ustuvorligi haqidagi g‘oyalar, tushunchalar uchun dastlabki asos bo‘ldi va qonun ustuvorligi inson va jamiyat mavjudligiga oid bu qadriyatlarning bugungi kunda dolzarb va ahamiyatli bo‘lishi, huquq fanlarida o‘rganilayotgani ham huquq falsafasining xizmatidir. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ma’muriy, shuningdek, sud-huquq tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning zamonaviy sharoitida fuqarolik jamiyati va qonun ustuvorligini shakllantirish, huquq falsafasining turli darajadagi huquqshunoslar: mutaxassislarni, magistrlar, magistrlarni tayyorlashda o‘quv jarayonidagi o‘rni. talabalar soni sezilarli darajada oshadi. Huquq falsafasi tarixi va hozirgi zamonga nazar soladigan bo‘lsak, Antik davr huquq falsafasi, O‘rta asrlar huquq falsafasi va Yangi davr huquq falsafasi kabi davrlarga ajratish mumkin. Mazkur davrlardan Anttik davr huquq falsafasi Diks va nomos, Demokrit, Sofistlar, Suqrot, Platon, Aristotel, Epikur, Stoiklar, Sitseron va Rim huquqshunoslari orqali keng jabhada o‘rganishga yordam beradi. O‘rta davrlar huquq falsalasi Foma Akvinskiy va O‘rta asrlar huquqshunoslari bilan namoyon etiladi. Yangi davr huquq falsafasi esa tarixiy turli xil falsafiy qarash va jarayonlardan toblanib shakllangan deya tavsiflash mumkin, bu davrda Grotsiy, Frensis Bekon, Gobbs, Lokk, Monteskiye, Russo, Kant, Gegel kabilarni ko‘rish mumkin. Shuningdek, bizga tarixan bog‘liq bo‘lgan va uzoq muddat bir mamlakat bo‘lib kelgan Rossiya huquq falsafasi ham bizga yaqin hisoblanib unda B.N.chicherin, P.I.Novgorodsev, V.S.Solovyev, N.A. Berdyayev kabi huquq falsafasi vakillarini o‘rganish mumkin. Huquq ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, uni tushunishda qarama-qarshi ikki xil, bir tomondan yuridik va ikkinchi tomondan, legistik qarashlar mavjud. Huquq tushunchasiga yuridik yondashishda huquqning hodisa sifatida asl ma’nosini yoritilishga harakat qilinsa, legistik tushunishda huquqni tushunchasi rasmiy hokimiyat tomonidan o‘rnatilgan qonun tushunchasi bilan aynanlashtiriladi. Yuridik (tabiiy-huquqiy) huquq esa - bu rasmiy hokimiyatning erkin va subyektiv irodasining oddiy ifodasi emas, aksincha qonun chiqaruvchining irodasiga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv, mustaqil, o‘z tabiatiga, mohiyatiga, o‘z xususiyatiga, qolaversa o‘z tashkil etuvchi tamoyiliga ega bo‘lgan ijtimoiy tuzilmadir. Ushbu ijtimoiy tuzilmaning tartibga soluvchisi sifatida huquqiy tenglik tamoyili namoyon bo‘ladi. Huquq aynan shu jihati bilan boshqa ijtimoiy norma va hodisalardan ajralib turadi. Mazkur huquqiy tenglikning tashkil etuvchilari sifatida individlarda namoyon bo‘luvchi teng me’yordagi erkinlik va umumiy adolat yotadi. Huquqiy tenglik tamoyilining bu tashkil etuvchilari va huquqning obyektiv xususiyatlarini tavsiflovchi jihatlari, huquqning qonundan farqini ko‘rsatuvchi mohiyatini aniqlaydi. Legistik qarashda huquqni uning obyektiv jihatlari uchun emas, umummajburiy bo‘lganligi, kuchga egaligi uchun tan olish demakdir, despotizmlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Huquqning «pozitivlashishi», uning qonunga aylanish real jarayoni, huquqning obyektiv xususiyatlari va talablarini hisobga oluvchi zaruriyat bilan bir qatorda boshqa obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq bo‘ladi. Qonunning huquq tamoyillari va talablariga mos kelmasligi, tuzumning huquqni inkor etuvchi tabiatining oqibati, qonun chiqaruvchining huquqqa qarshi pozitsiyasi yoki qonun chiqarish faoliyatida huquqiy madaniyatning yetishmasligi tufayli yo‘l qo‘yilgan turli xil xatoliklar orqali bo‘lishi mumkin. Qonunning umummajburiyligida ikki turli xil, lekin o‘zaro bog‘liq jihatlar bor. Birinchisi, rasmiy hukumat darajasida aniqlashtiriladi, muhofazalanadi, umummajburiyligini talab qiladi. Ikkinchi jihatda qonunning umummajburiyligini, uning huquq sifatida namoyon bo‘lishida ko‘riladi. Qonun umummajburiyligi uchun emas, huquqiy bo‘lganligi uchun tan olingan bo‘lishi lozim. “Huquq falsafasi” atamasi ta’limot sifatida, avvalo, huquqshunoslik fanida paydo bo‘lgan. atamasini birinchi bo‘lib, huquqshunoslik fanlarida qo‘llagan nemis olimi, yurist G.Gugo deb ta’kidlanadi. G.Gugoning ta’kidlashicha yurisprudensiya uchta bir – biridan ajralmagan tarkibiy qismdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Bular quyidagilardir: 1) Huquq falsafasi (pozitiv huquq falsafasi); 2) Huquq tarixi; 3) Yuridik dogmatika. Huquq falsafasi huquk haqidagi umumnazariy ta’limotdir. Huquq falsafasi huquq haqidagi ta’limotni falsafiy qismi hisoblanadi. Sitseron o‘z qarashlarida insonning ob’ektiv huquqi masalasini qonun tushunchasi bilan umumlashtirib talqin qilgan. Sitseron fikricha, huquq asosida adolat yotadi. Adolat o‘zgarmas va abadiy bo‘lib, umuman, tabiatning, qolaversa, inson tabiatining ajralmas qismidir. Shuning uchun ham ilohiyotdan keluvchi qonun haqqoniy bo‘lib, davlat ham, undagi qonun va majburiyatlar ham uning voqeiy ifodasidir, deb ta’kidlaydi Sitseron. va huquq haqidagi haqqoniy fan bu huquq falsafasidir deb hisoblaydi. Sotsiologik yondashuv Huquq tabiiy huquqlarda emas, qonunlarda ham emas, balki qonunlarni hayotga tatbiq etishda ifodalanadi Huquq - yuridik xattixarakatlar, yuridik amaliyot, Huquqiy tartibot, qonunlarning qo‘llanishidir. Huquq – huquqning subyektlari – jismoniy va yuridik shaxslarning amaliy xulq-atvorlaridir. Mazkur yondashuvning asosiy mohiyati shuki, unda huquq ijtimoiy munosabatlarni tartiblashtirish bilan aynanlashtiriladi. Huquqqa falsafiy yondashuv quyidagi g‘oyalarga asoslanadi: - ijobiy huquq, ya’ni davlat tomonidan qabul qilingan; -qonunlar bilan bir qatorda insonga tug‘ilishidanoq berilgan oliy, haqiqiy, «tabiiy» huquq mavjud. Har qanday qonun ham huquqiy bo‘lmasligi mumkin; -huquq va axloq aynanlashtiriladi (mazkur nazariya namoyandalarining fikriga ko‘ra) adolat, haqiqat, ozodlik, erkinlik, tenglik kabi axloqiy tushunchalar huquqning o‘zagini tashkil etadi va huquq ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash jarayonini belgilab beradi; - inson huquqlarining manbai qonunlarda emas, inson tabiatida bo‘lib, unga tug‘ilishdan yoxud xudoning amri bilan ega bo‘lish mumkin. Har qanday qonun ham huquqiy bo‘lmasligi mumkin; -huquq va axloq aynanlashtiriladi (mazkur nazariya namoyandalarining fikriga ko‘ra) adolat, haqiqat, ozodlik, erkinlik, tenglik kabi axloqiy tushunchalar huquqning o‘zagini tashkil etadi va huquq ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash jarayonini belgilab beradi; - inson huquqlarining manbai qonunlarda emas, inson tabiatida bo‘lib, unga tug‘ilishdan yoxud xudoning amri bilan ega bo‘lish mumkin. Huquqqa falsafiy yondashuvning ham o‘ziga xos ijobiy va salbiy jihatlari bor. Mazkur yondashuvning ijobiy tomoni shundaki, Qonunlarni insonlarning birlamchi tabiiy huquqlari darajasiga keltirishga harakat qiladi. O‘z navbatida inson huquqlarining manbai tabiat yoki Olloh deb tan olinadi. Shu jihatdan davlat tuzilmalari va mansabdorlar tomonidan zo‘ravonlik qilishning, suiiste’mollarning oldini olish imkonini yaratadi. Huquqni bunday falsafiy tushunishning salbiy xislatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1. Huquqni mavhum axloqiy qadriyat sifatida tushunish uning shakliy yuridik xususiyatlarini susaytiradi, qonuniy va qonunga xilof harakatlar mezonini har xil odamda har xil bo‘ladigan erkinlik, adolat, haqiqat to‘g‘risidagi tasavvurlarga qarab belgilashda qiyinchiliklarga olib keladi; 2. Huquqni bunday tushunish huquq bilangina emas, huquqiy ong bilan ham ko‘proq bog‘liq. Huquqiy ong esa turli xil odamlarda turlicha bo‘ladi. Ijtimoiy normalar tizimida huquq. Normativ tizim – bu jamiyat, qolaversa, muayyan bir jamoada kishilar xulq-atvori va ular o‘rtasidagi ijtimoiy-texnik va tabiiy atrof muhit bilan bo‘ladigan munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar majmuasidir. Normalar tizimi ikki tashkil etuvchi bo‘laklar - texnikaviy va ijtimoiy normalarga bo‘linadi. Huquqni tushunish asosiy tiplari uning tipologiyasi va boshqalar orqali bilan ifodalanadi. Tipologiyaning ahamiyati aynan huquqni tushunishning muayyan tipi huquq va davlatni tegishli ravishda falsafiy bilish paradigmasi, prinsipi va namunasini belgilab berishdadir. Huquqni tushunish tiplogiyasi, huquq talqini har xil turlarining muayyan tavsiifi va ularni bir tipdagi guruhlarga ajratish turli asoslar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Huquq falsafasi nuqtayi nazaridan huquqni tushunishning uch turini ajratib o‘tish mumkin: -Huquqni legistik -Tabiiy-huquqiy -Libertar-yuridik tarzda tushunish tiplaridir. Huquqni legistik tushunish tipi huquqni (rasman hokimiyatning irodasi va o‘zboshimchaligidan mustaqil bo‘lgan muayyan obyektiv mohiyat sifatida) va qonunni (hokimiyatning majburiy-zo‘rlik bilan o‘rnatilishi sifatida) aynan bir xil deb qarash xosdir. Huquq falsafasining asosiy vazifalaridan biri, bu huquqning mohiyati, mazmuni, uni rivojlanishining umumiy qonunlari va jamiyat hayotidagi roli, ya’ni huquqning falsafiy jihatlarini bilishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshirishda, tabiiy huquq va pozitiv huquk munosabatlarini, ularning huquq falsafasi rivojlanishidagi ahamiyatini to‘g‘ri tushunib yetmoq kerak. Zero, tabiiy va pozitiv huquqlarning o‘zaro munosabatlari masalasi huquq falsafasining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Huquq g‘oyasida tabiiy va pozitiv huquq o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. Tabiiy xuquq tushunchasi qadimgi Sharq va qadimgi Yunon huquqiy-falsafiy ta’limotlarida ilk bor o‘z ifodasini topgan. Keyinchalik XVII-XVIII asrlarga kelib tabiiy huquq ta’limoti alohida ijtimoiy mazmun kasb etib, jamiyatda salbiy ijtimoiy hodisalarga qarshi kurashda g‘oyaviy qurol vazifasini ham o‘tagan. Tabiiy huquqning asosiy mazmunini huquqning ob’ektiv belgilaridan, xossalaridan tashqari, fuqarolarning ijtimoiy tizimda teng huquqliligi, ularning erki va mustaqilligi, turli xil axloqiy, diniy, falsafiy va h.q. qarashlar ham tashkil etadi. Tabiiy huquq tarkibida bir qator ijtimoiy ong shakllarini mavjudligi uning mazmunini boyitadi, ular o‘rtasida tafovut ham mavjud. Tabiiy huquq avvalo inson tabiatidan kelib chiquvchi qoidalar va insonning erki, haq-huquqi va qadriyatlari majmuidan iboratdir. Tabiiy huquq tushunchasi yuridik pozitivizm tushunchasiga o‘xshab, bugungi kunda biroz noaniqdir. Tabiiy huquqqa yuridik ensiklopediyada shunday ta’rif beriladi:- “Tabiiy huquq - davlat va huquq nazariyasida inson tabiatidan kelib chiquvchi va shu tufayli muayyan davlatning qonunlar orqali tan olishiga yoki tan olmasligiga bog‘liq bo‘lmagan prinsiplar, qoidalar, huquq va qadriyatlar majmuasini bildiruvchi tushuncha”. Respublikamiz aholisi o‘z salomatligi va kelajak avlod uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof muhitning zararli ta’siridan muhofaza qilish huquqiga ega. Ana shu maqsadda mamlakatimiz aholisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan choratadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega. Huquqni tushunishning libertar-yuridik tipi asosida rasman tenglik prinsipi yotadi. Huquqni libertar-yuridik tushunish huquqni (ham huquqning mohiyati, ham huquqiy qonun shaklidagi huquqiy hoodisa sifatida) tushunishgina emas, balki davlatning rasman tenglik prinsipining ifodalanishi va amal qilishining institutsional-hokimiyat shakli sifatida, yalpi ommaviy hokimiyatni tashkil etishning huquqiy shakli sifatida huquqiy tushunilishini ham o‘z ichiga oladi. “Tenglik” tushunchasi o‘zida muayyan abstraksiyani ifodalaydi, ya’ni tenglashtirilayotgan obyektlarga xos bo‘lgan farqlardan ongli (fikran) abstraksiyalanish natijasi hisoblanadi. Tenglashtirish tenglashtirilayotgan obyektlarning farqlanishini va shu bilan birga, ushbu farqlar tenglashtirishning tegishli asosi nuqtayi nazaridan jiddiy emasligini (ya’ni bunday farqlardan abstraksiyalanish mumkinligi va zarurligini) taqozo etadi. Rasman tenglik prinsipining yalpi teng o‘lchov, erkinlik va adolat kabi qismlari huquqning qonundan farq qiladigan mohiyatining o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo etuvchi ta’rifini tashkil etadi. Huquq rasmiy tenglik, huquq – yalpi teng o‘lchov, huquq – yalpi erkinlik, huquq – yalpi adolat va hokazo singari zohiran har xil ta’riflarning ichki ma’noviy qimmati tengligi ham shundan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. –T., 2020. 2. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi. //“Yangi O‘zbekiston” 30.12. 2020. –T., 2020. 3. G‘oyibov N.Yo. va boshqalar. Huquq falsafasi (ma’ruz. kursi) . – T., 2012. 4. Nersesyans V. S. Huquq falsafasi. -T., 2003. 5. Yusubov D.A., Saitxodjayev X.B. Huquq falsafasi (ma’ruz. kursi). – T., 2020. 6. To‘ychiyev B.T. Huquq falsafasi . – T., 2004 Download 23.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling