Huquqiy ko’nikma va metodologiya fanidan 2-semestr 1-oraliq nazorat ishi


Zero, “yo’q” degan so’z ko’p vaqtni tejaydi


Download 24.61 Kb.
bet3/5
Sana02.04.2023
Hajmi24.61 Kb.
#1321040
1   2   3   4   5
Bog'liq
Huquqiy ko’nikma va metodologiya fanidan 2-semestr 1-oraliq nazorat ishi

Zero, “yo’q” degan so’z ko’p vaqtni tejaydi. Shaxsiy vaqtni boshqarishda eng asosiy so’z – baodob aytilgan “yo’q” so’zidir. Bajarishimiz shart bo’lmagan talablarga nisbatan “yo’q” deyishni o’rganishimiz kerak. Bunda xushmuomala bo’lishimiz va shunday rad etishimiz kerakki, buyurgan kishi bizning uni emas, topshiriqni rad qilayotganimizni tushunsin.
Savol-topshiriq: Sizningcha, “yo’q” degan so’zni ishlatish ko’proq qay o’rinlarda o’zini oqlaydi-yu, qay o’rinlarda ishga va sizga zarar etkazishi mumkin? Javobingizni huquqshunoslar faoliyatida uchraydigan konkret hayotiy vaziyatlar misolida asoslang.


  1. KAZUS

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev o’z nutq va ma’ruzalari davomida ko’pincha yozma matndagiga qo’shimcha fikr va qarashlarini ham bayon etadi. Eng muhimi – ayni shu pallalarda tinglovchilarning ma’ruza va ma’ruzachiga bo’lgan qiziqishi, diqqati sezilarli darajada ortadi, ayni holat samimiy olqishlarga ham sababchi bo’ladi.
Topshiriq: Bu hol notiqning qaysi xususiyatlaridan darak berishi hamda mazkur usul ma’ruza yoki nutq ta’sirchanligini oshirishda qanday rol o’ynashini, buning sabablarini izohlang. 


  1. KAZUS

Tasavvur qiling: siz mamlakatimiz poytaxtida amalga oshirish mo’ljallangan, biroq huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o’z vaqtida oldi olib qolingan terrorchilik harakati uyushtiruvchilarining sud majlisida davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etmoqdasiz.
Ko’rib turganingizdek, mazkur mudhish jinoyat sodir etib ulgurilmagan, biroq sudlanuvchilarning niyati uni aniq amalga oshirish bo’lgan.
Savol-topshiriq: Sizning ayblov nutqingizda hodisaning jinoiy, huquqiy tomonlaridan tashqari yana qanday jihatlari, u keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan salbiy taassurotlari o’rin olishi lozim, deb hisoblaysiz? Ayni jihatlarni aniqlab, ularni ta’sirli bayon etishga harakat qiling.



  1. KAZUS

Texnik va aniq fanlardan farqli o’laroq, ijtimoiy fanlar, xususan, huquqshunoslikda aksariyat hollarda mantiqiy savol va muammoli savol (kazus) bitta, yakkayu yagona to’g’ri javobga ega bo’lmasligi mumkin. Huquqshunoslik sohasidagi savollar ko’proq “provokatsion” xarakterda bo’lishi va talabani o’yga toldirishi, savolning o’zi imtihon topshiruvchi bilan polemikaga – munozaraga kirishishi kerak, degan tushuncha mavjud va u, darhaqiqat, to’g’ri tushuncha.

Download 24.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling