Huquqiy ko’nikma va metodologiya fanidan 2-semestr 1-oraliq nazorat ishi


Download 24.61 Kb.
bet5/5
Sana02.04.2023
Hajmi24.61 Kb.
#1321040
1   2   3   4   5
Bog'liq
Huquqiy ko’nikma va metodologiya fanidan 2-semestr 1-oraliq nazorat ishi

Topshiriq: Tasavvur qiling: ishga joylashish uchun suhbatga bordingiz. Sizga o’zingiz haqingizda qisqacha taqdimot tayyorlab kelish vazifasi berildi. Qanday taqdimot tayyorlaysiz? O’zingiz haqingizda hikoya tuzing.



  1. KAZUS

Mantiqiy va kazus (muammoli) savollar tuzishda talabalarning qaysi kurslarda o’qiyotgani, albatta, inobatga olinishi, ularning bilim, tajriba darajasi, umumiy intellektual imkoniyatlari nazardan chetda qolmasligi shart.
Guvohi bo’layotganingizdek, bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lmish odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar, afsuski, tobora ko’payib borayotir.
Topshiriq: Turli bosqich (1-2-kurslar hamda 3-4-kurslar) talabalariga aynan odam savdosi bilan bog’liq muammolar echimiga bag’ishlangan savollarni shakllantirishda masalaning qaysi jihatlarini, qanday bilim va ko’nikmalarni so’rash to’g’ri bo’lishi xususida fikringizni bayon eting. 



  1. KAZUS

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlardan ko’chirmachilikning har qanday ko’rinishiga barham berish, o’quvchi va talabalar, bo’lg’usi mutaxassislarni faqat va faqat mustaqil, erkin va ijodiy fikrlashga o’rgatish masalalari ham o’rin olgan. Jumladan, huquqshunoslik sohasi uchun tayyorlanayotgan kadrlar bu holga shunchaki kamchilik, ko’z yumib ketish mumkin bo’lgan qusur sifatida emas, balki mamlakat va millat taqdiriga jiddiy xavf sifatida qarashlari shartdir. Zero, ilm olish, kasb egallash masalasi aslo bir-ikki shaxs muammosi bo’lmay, bu sohalardagi adolatning buzilishi, qonunga xilof harakatlar, oxir-pirovardida, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy, hatto o’nglab bo’lmas zararlar etkazishi mumkin.
Savol-topshiriq: Sizningcha, mazkur fikrlarni huquqshunoslik sohasi misolida qanday dalillash, asoslash mumkin? Plagiat – ko’chirmachilik illatining yana qanday salbiy oqibatlari bo’lishi mumkinligi xususida fikringizni bayon eting.
Download 24.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling