Huquqiy munosabat subyektlari elementlari qaysilar?


Download 21.96 Kb.
Sana05.08.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1665310
Bog'liq
test


  1. Huquqiy munosabat subyektlari elementlari qaysilar?

*Huquqiy layoqat va muomala layoqati

  1. Prezumpsiya qaysi so`zdan olingan va qanday ma`noni bildiradi?

*Lotincha ,,Faraz” degan manoni bildiradi
3. Huquqiy munosabat obyektlari qaysilar?
*Moddiy qadryatlar,qimmatbaho qog`ozlar va nomoddiy qadriyatlar
4. Fuqaroarning to`la muomala layoqati qachon paydo bo`ladi?
*18 yoshga yetganidan

  1. JPK ning nechanchi moddasida ko‘rsatilishicha aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo'lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim.

*23-modda



  1. Huquqni amalga oshirish subyektlariga ko‘ra qanday turlarga bo‘lish mumkin?

*Individual va jamoaviy



  1. Huquqni qo`llash aktlari qaysi tamoyillar talablariga javob berishi lozim?

*Asoslantirilgan, qonuniylik va maqsadga muvofiqlik



  1. Jismoniy shaxs bu?

*bu muayyan davlat fuqarosi, xorijiy davlatlar fuqarosi, ikki fuqarolikka ega bo'lgan shaxs, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxs.

  1. Yuridik shaxs bu?

*qonun bo'yicha fuqarolik huquqlari va majburiyatlarining subyekti bolgan tashkilotlar (korxona,muassasalar), yuridik shaxslar - o‘z mulkida, xo'jalik yuritishda va operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan shaxs hisoblanadi.

  1. Huquq normalarini sharhlash?

*bu huquq normalarining maqsadi, mazmun va mohiyatini aniqlash hamda tushuntirishga yo'naltirilgan faoliyat.



  1. Malakali (professional) sharhlash?

*bu amaliyotchi yuristlar (advokat, prokuror, sudya va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan sharhlash turi.



  1. Oddiy sharhlash?

*maxsus huquqiy bilimga ega bo‘lmagan har qanday shaxs tomonidan huquqni anglash va tushuntirish



  1. Sharhlash qaysi usullar yordamida amalga oshiriladi?

*grammatik, tizimli, mantiqiy, tarixiy-siyosiy, funksional, maxsus-yuridik va boshqalar.



  1. Huquqiy xulq-atvor?

*bu huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo'lgan, huquq subyektlarining ongli ravishdagi xulqidir.



  1. Huquqbuzarlik?

*bu huquq va muomala layoqatiga ega subyekt tomonidan harakat yoki harakatsizlik ko‘rinishida sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmishdir.
Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling