Huquqiy munosabatning yuzaga kelish asoslari
Download 64.95 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqhuquqiy-munosabatning-yuzaga-kelish-asoslari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Huquqiy munosabatning yuzaga kelish asoslari Malika Eraliyeva Toshkent davlat yuridik universiteti Maxliyo Xolmirzayeva O’zbekiston Milliy universiteti Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada shaxslarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki natijasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar va ularning vujudga kelish asoslari, aholining davlat hayotidagi ishtirok etish darajasi bayon etilgan. Ushbu maqolada davlat hokimiyati ustidan jamoatchilik nazoratining qay tartibda o’rnatilishi va bu ko’rsatkich mamlakatimizda qay darajada amal qilishi haqida fikr-mulohazalar va huquqiy takliflar ilgari surilgan. Kalit so’zlar: huquqiy munosabat, huquqiy munosabat obyekti, huquqiy munosabat subyekti, obyektiv huquq, yuridik majburiyat, davlat, jamiyat, shaxs. The foundations of the emergence of a legal relationship Malika Eraliyeva Tashkent State Law University Makhliyo Kholmirzayeva National University of Uzbekistan Abstract: This scientific article describes the legal relations and the basis of their emergence as a result of the active participation of individuals in the life of society, the level of participation of the population in the life of the state. In this article, opinions and legal proposals are put forward about how to establish public control over state power and to what extent this indicator is valid in our country. Keywords: legal relationship, object of legal relationship, subject of legal relationship, objective right, legal obligation, state, society, person. Biz, eng avvalo, o’zimizga quyidagi savollarni berib olamiz. Birinchi savol. Huquqiy munosabatlar o’zi nima va ular qanday asoslarda vujudga keladi? Ikkinchi savol. Huquqiy munosabatlarning qanday tarkibiy elementlari mavjud? Uchinchi savol. Ishlab chiqarish jarayonida mulkdor va ishchi o’rtasidagi munosabatlar, majburiyatlar bajarilmaganda esa qanday mexanizm ishga tushadi? "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 408 Birinchi savol. Huquqiy munosabatlar o’zi nima va ular qanday asoslarda vujudga keladi? Dastlab, huquqiy munosabatlar o’zi nima ekanligini bilib olamiz. Huquqiy munosabatlar - shaxslar o’rtasidagi yuridik aloqa bo’lib, bu ularning o’zaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi. O’zaro huquq va burchlarsiz huquqiy munosabat vujudga kelmaydi. Huquqiy munosabatlar - bu ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga solinadigan bir qismi bo’lib, ularning subyektlari subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo’ladi 1 . Demak, huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir qismi hisoblanadi va uning subyektlari subyektiv huquq va yuridik majburiyatga ega bo’ladi. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelish asoslarini ularning asosiy belgilaridan ham bilib olish mumkin. Huquqiy munosabatlarning belgilari: 1. Huquqiy munosabat - ijtimoiy turdagi munosabat. Ya’ni insonlarning ongli ravishda boshqalar bilan aloqaga kirishishi natijasida huquqiy munosabatlar yuzaga keladi. Shunday ekan, huquqiy munosabatlarning muhim sifatlaridan biri sifatida mafkuraviy tabiatga egaligini aytishimiz mumkin. Masalan, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish, erkin bozor va tadbirkorlik munosabatlariga o’tish g’oyasi ham mafkuradir. Ya’ni mafkuraning asosiy xususiyati, huquqiy munosabatlar, avvalo, kishilar ongi orqali o’tib, so’ng real voqelikka aylanishi. 2. Huquqiy munosabat - huquq normalarining insonlar xulq-atvoriga ta’siri natijasida vujudga keladigan munosabat. Ya’ni huquqiy munosabat o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. Uning yuzaga kelishiga insonlarning xulq-atvori, xatti-harakati sabab bo’ladi. Masalan, bir shaxs tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmoqchi. Bunda o’zi ishlab chiqargan mahsulotini sotish uchun odamlar bilan aloqaga kirishadi. Bu ham huquqiy munosabat hisoblanadi. Demak, inson qanday faoliyat bilan shug’ullanmasin, albatta, bir o’zi kishilar bilan aloqa qilmasdan amalga oshirolmaydi. "Ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini ixtiyoriy hodisa emas, balki qonuniyatli jarayon deb tushunish lozim. Buning sharti shundaki, huquqiy normalar tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan, bevosita huquqiy voqelikdan kelib chiqishi kerak, chunki huquqiy normalar munosabatlarni tug’diruvchi sabab bo’lishdan avval ushbu munosabatlar ichki rivojlanishning oqibati, ularning zaruriy, mohiyatiga oid maxsus belgisi bo’lganligidir" 2 . 3. Huquqiy munosabat - bu kishilarning o’zaro subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalaridir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, huquq munosabat egalari subyektiv huquq va yuridik majburiyatga ham ega bo’ladi. Masalan, do’konga non xarid qilgani chiqdik. Bu yerda ham huquqiy munosabat amalga oshiriladi. Sotuvchining nonni berishi - majburiyati, pulni olishi esa - huquqi. Yoki aksincha, xaridorning nonni olishi - huquqi. Pulni berishi esa - majburiyati. Demak, 1 Sh.Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent-2018.-161-b 2 Дудин А.П. Диалектика правоотношения. – Саратов, 1984. С.13. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 409 huquqiy munosabat subyektlarga muayyan harakatni sodir etish imkonini beradi yoki muayyan vazifani bajarishi shart ekanligini belgilaydi. 4. Huquqiy munosabat - irodaviy munosabatdir. Ya’ni huquqiy munosabatning o’rnatilishi uchun, avvalo, uning subyektlari xohish-istak bildirishi kerak. Ushbu xohish - istak ikki tomonlama va bir tomonlama bo’lishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko’ra, "...Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi". Demak, bunda ikkala tomon ham ixtiyoriy asosda huquqiy munosabatni amalga oshiradi. Bir tomonlama rozilikka misol qilib, jinoyat ishi yuzasidan sudning hukmini aytishimiz mumkin. Bunda sudlanuvchining o’zi bunga rozi bo’lmasa ham jazoni o’tashga majbur bo’ladi. 5. Huquqiy munosabat - davlat tomonidan qo’riqlanadigan munosabatdir. Ya’ni ushbu xatti-harakatlar qonunga zid kelmasligi, boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi lozim. Ushbu holatni davlatning vakolatli organlari o’z nazoratiga olgan. Huquqiy munosabatlar davlat tomonidan o’rnatilgan huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat hisoblanadi. Yuqorida huquqiy munosabatlarning bir qancha belgilarini ko’rib o’tdik. Huquqiy munosabatning vujudga kelish asoslari aytib o’tganimizdek, subyektlarning xohish- irodasi, ongli faoliyati natijasida vujudga keladi. Masalan, ish beruvchi va xodim o’rtasida mehnat shartnomasi ikkala tomonning ham xohishiga muvofiq tuziladi. Ularning qonunda belgilangan tartibda faoliyat yuritishini vakolatli davlat organlari nazorat qiladi. Huquqiy munosabatlarga oid ilmiy asoslarga murojaat qilsak, bu haqida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov quyidagicha aytib o’tgan: "Mustahkam huquqiy negiz bo’lgandagina o’zini oqlamagan eski tuzumni to’la ishonch bilan qayta qurish, madaniy bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan yangi jamiyat qurish mumkin. Hozirgi mutlaqo yangi siyosiy iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni aks ettiruvchi qonunlar majmuigina biz barpo etayotgan yosh ijtimoiy binoga barqarorlik, demokratik xarakter baxsh etuvchi omil bo’lib xizmat qiladi" 3 .Shuningdek, huquqshunos olimlar A.Saidov va U.Tojixonov huquqiy munosabatlarning tartibga soluvchi, muhofaza qiluvchi, tarmoq, moddiy, prosessual, nisbiy, mutlaq, umumiy va aniq kabi turlarini ko’rsatib o’tishgan. Yoki chet el olimi Варламова Н.B. subyektiv huquq haqida quyidagicha fikr bildirganini aytib o’tamiz. "Subyektiv huquq hamisha erkinlik (ozodlik) bilan uzviy bog’liq. U - erkinlik me’yori. Mabodo, erkinlikning bu me’yori nolga teng bo’lsa, har qanday munosabat o’zining huquqiy tabiatini yo’qotadi" 4 . Birinchi savol yuzasidan xulosa. Huquqiy munosabatlar - subyektlar o’rtasida o’rnatiladigan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning 3 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. T., «O‘zbekiston», 1996, 192-bet. 4 Варламова Н.В. Правоотношения: философский и юридический подходы. Правоведение. 1991, №4. 51-б. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 410 bir qismi. Uning subyektlari subyektiv huquq va yuridik majburiyatga ega bo’ladi. Uning vujudga kelishi tomonlarning kundalik ehtiyojlarini qondirish jarayonida vujudga keladi. Oldi-sotdi, mehnat shartnomasi, qarz shartnomasi, nikoh shartnomasi va hokazolar huquqiy munosabatlarga misol bo’la oladi. Ikkinchi savol. Huquqiy munosabatlarning qanday tarkibiy elementlari mavjud? Huquqiy munosabatlarning to’rtta tarkibiy elementlari mavjud. Bular: huquqiy munosabat subyekti, huquqiy munosabat obyekti, subyektiv huquq va yuridik majburiyat. Huquqiy munosabat subyekti deganda, huquq va muomala layoqatiga yetgan, aqli raso shaxslar tushuniladi. Huquq layoqati kishining tug’ilishi bilan vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. Ba’zan huquqiy munosabatning vujudga kelishida hali tug’ilmagan subyekt ham asos bo’ladi. U merosxo’r bo’la oladi. Huquqiy munosabat subyektlari delikt layoqatga ega bo’lishlari kerak. Ya’ni aqli raso, belgilangan yoshi yetgan bo’lishi kerak. Kishi to’la muomalaga layoqatli bo’lishi uchun o’n sakkiz yoshga to’lgan bo’lishlari lozim. Ba’zan esa o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullansa, yoki nikohdan o’tsa, sud tomonidan emansipatsiya qilinadi va muomala layoqatiga ega bo’ladi. Jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy munosabat subyektlari bo’lishlari mumkin. Huquqiy munosabat obyeki esa - huquqiy munosabatga o’z ta’sirini o’tkazuvchi narsadir 5 .Ya’ni huquq subyektlarining xatti-harakati nimaga qaratilgan bo’lsa, o’sha narsa huquqiy munosabat obyekti hisoblanadi. Obyekt sifatida buyumlar, narsalarni aytish mumkin. Yuqoridagi misolda non sotib olish jarayonida non huquqiy munosabat obyekti hisoblanadi. Huquqiy munosabatning uchinchi elementi - bu subyektiv huquq. Ya’ni subyektlarning sodir etishi MUMKIN bo’lgan xatti-harakati turi va o’lchovi. Xodim o’z mehnati evaziga haq oladi. Bu uning subyektiv huquqi. Subyektiv huquqqa ega bo’lgan shaxslar o’z huquqlarini amalga oshirsa ham, oshirmasa ham hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Ya’ni bu ixtiyoriylikni kasb etadi. Masalan, mehnat qonunchiliga ko’ra, xodimlar dam olish huquqiga ega. Mehnat kodeksining 133-moddasiga muvofiq, "Barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi". Demak, xodimlar mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Ular o’zlari xohlagan muddatda yillik mehnat ta’tillari olishlari mumkin. Demak, bu subyektiv huquqqa misol bo’la oladi. Yuridik majburiyat esa subyektlarning sodir etishi LOZIM bo’lgan xatti-harakati turi va o’lchovi 6 . Ya’ni yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib, xodimning mehnat shartnomasida belgilangan vazifalarini bajarishi kerakligini anglatadi. Ya’ni bu ixtiyoriylikni emas, majburiylikni keltirib chiqaradi. Masalan, xodimning ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 5 M.Islomov. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik.Toshkent. 635-b 6 Sh.Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent - 2018. 164-b "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 411 o’z vaqtida mijozlarga yetkazishi, ishga o’z vaqtida kelishi, ish joyida ish kiyimida bo’lishi, korxonaning ichki tartib qoidalarga rioya qilishi bularning barchasi yuridik majburiyat hisoblanadi. Ish beruvchining subyektiv huquqi esa xodimlaridan ishga o’z vaqtida kelishni, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishni talab qilishi, nomunosib xulq-atvorga ega bo’lgan, korxona tarib-qoidalariga bo’ysunmagan xodimini lavozimidan ozod etishi mumkinligini bildiradi. Yuridik majburiyati esa - ish haqini xodimlariga o’z vaqtida taqdim etishi, xodimining talabiga ko’ra mehnat ta’tillari berishi va shu kabi holatlardir. Ikkinchi savol yuzasidan xulosa. Demak, huquqiy munosabatning to’rtta tarkibiy elementlari mavjud ekan. Huquq subyketi, obyekti, subyektiv huquq va yuridik majburiyat. Huquq subyektlari huquqiy aloqaga kirishish jarayonida subyektiv huquq va yuridik majburiyatga ega bo’ladi. Subyektiv huquq ixtiyoriylikni, yuridik majburiyat esa o’z nomi bilan aytilganidek, bajarilishi shart ekanligini bildiradi. Uchinchi savol. Ishlab chiqarish jarayonida mulkdor va ishchi o’rtasidagi munosabatlar, majburiyatlar bajarilmaganda esa qanday mexanizm ishga tushadi? Mulk bilan aloqador va shaxsiy nomulkiy munosabatlar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi. Fuqarolik kodeksining 21-bobi "Majburiyatlarni bajarish" deb nomlangan. Ya’ni turli huquqiy munosabatni amalga oshirgan shaxslarning qonunda yoki o’zaro kelishuvda belgilangan burch va majburiyatlarini bajarishini kafolatlaydi. Ushbu kodeksning 237-moddasida" Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi..." deb belgilangan. Ushbu norma yuqorida majburiyatlarning bajarilishi shart ekanligini ko’rsatadi deb aytgan fikrimizni huquqiy jihatdan asoslaydi. Yana bir mulk bilan aloqador misolga to’xtalsak. Masalan, bir subyekt ikkinchi subyektdan bir oyda qaytaraman deb bir million so’m qarz oldi. Va bu haqida tilxat ham yozib berdi. Ushbu huquqiy munosabatda qarz oluvchining pulni o’z vaqtida qaytarishi yuridik majburiyat. Qarz beruvchining pulni qaytarib olishi huquqidir. Shunday huquqiy munosabatlar borki, subyektiv huquq va yuridik majburiyatning amalga oshirilishi bilan tugaydi. Yuqoridagi vaziyatda ham qarz oluvchi pulni vaqtida qaytarsa, ushbu huquqiy munosabat yakunlanadi. Agarda o’z vaqtida qaytarilmasa, huquqni muhofaza qilish mexanizmi ishga tushadi. Ya’ni majburiyatlar bajarilmaganligi uchun davlat tomonidan muayyan ta’sir chorasi qo’llaniladi. Ya’ni da’vogarning arizasiga muvofiq fuqarolik sudi tomonidan qarz, agarda buning natijasida ma’naviy zarar ko’rilgan bo’lsa, ma’naviy zarar ham javobgardan undiriladi. Bu - huquqni muhofaza qilish funksiyasi. Yoki mulkdor va korxona egasi o’rtasida ixtiloflar yuz berganda, masalan, rahbar xodimga qo’pol munosabatda bo’lsa, yoki ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etsa, xodim o’z huquqlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmalariga murojaat qilish huquqiga ega. "Kasaba uyushmalari to’g’risida"gi Qonunga muvofiq, "Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ifoda etadi va himoya qiladi". "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 412 Agarda kasaba uyushmalari ham bu vaziyatni hal qila olmasa, ma’muriy sudga murojaat qilish orqali xodim o’z huquqlarini himoya qilishi mumkin. Majburiyatlar bajarilmaganda quyidagi jazo choralari qo’llanilishi mumkin. Bular: intizomiy, fuqarolik, ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikdir. Bularga qo’shimcha tarzda konstitutsiyaviy, ekologik va protsessual huquqbuzarliklarni ham keltirib o’tish mumkin. Jazoni qo’llashdan asosiy maqsad, kishilarda huquqqa nisabatan hurmatni shakllantirish, majburiyatlarini o’z vaqtida bajarishga da’vat etishdir. Mulkdor va ishchi huquqiy munosabatga kirishishidan maqsad, xodim uchun o’zining bandligini ta’minlash, hunar o’rganish va shu orqali moddiy manfaatdor bo’lish. Mulkdor ya’ni ish beruvchi uchun esa ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi malakali ishchilarga ega bo’lish, tadbirkorlik qilish. Umuman olganda, ikkala subyektning ham asosiy maqsadi, huquqiy munosabatga kirishish, tadbirkorlik qilish orqali moddiy manfaatdor bo’lish. Bu jarayonda ularning huquq va majburiyatlari yuzaga keladi. Ya’ni huquqiy munosabat yuzaga kelishi bilan subyektiv huquq va yuridik majburiyat oldinga chiqadi. Huquqlar ta’minlanib, majburiyatlar o’z vaqtida bajarilsa, huquqiy munosabat yakunlanadi. Agarda majburiyatlar bajarilmasa, huquqiy tartibga solish funksiyasi ishga tushadi. Va turli javobgarliklarni keltirib chiqaradi. Huquqiy munosabatlar muayyan hayotiy shart-sharoitlar paydo bo’lishi oqibatida vujudga keladi, o’zgaradi yoki barham topadi. Masalan, haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganlik fakti chaqiriluvchining harbiy xizmat huquqiy munosabatlariga kirishishiga asos bo’ladi; zaxiraga bo’shatilish esa, aksincha, bu huquqiy munosabatlarning tugashiga olib keladi; balog’at yoshiga yetish bilan fuqaroning davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlarda qatnashishiga yo’l qo’yuvchi huquqiy munosabatlar vujudga keladi 7 . Ya’ni yuridik fakt huquqiy munosabatni vujudga kelishida asos bo’ladi. "Yuridik faktlar – muayyan hayotiy shart-sharoitlar bo’lib, huquq normalari ularni huquqiy munosabatlarning paydo bo’lishi, o’zgarib turishi va barham topishi bilan bog’laydi" Xulosa qilib aytganda, huquqiy munosabatning yuzaga kelishida asos qilib, insonlarning yuridik tilda aytganda, huquq subyektlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish, moddiy manfaatdorlikka erishish uchun deb aytish mumkin. Har qanday huquqiy munosabat subyektiv huquq va yuridik majburiyatni vujudga keltiradi. Ya’ni huquq subyektlarining sodir etishlari mumkin va lozim bo’lgan xatti-harakati turi va o’lchovi. Huquqlar ta’minlanib, majburiyatlar bajarilsa, huquqiy munosabat tugaydi. Agarda majburiyatlar bajarilmasa, ya’ni davlat tomonidan o’rnatilgan normalar, yoki shartnoma shartlariga rioya etilmasa, huquqni muhofaza qilish funksiyasi ishga tushadi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi, zararlar undiriladi. Har bir inson o’ziga 7 X.T.dilqoriyev. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. Toshkent- 640-b "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) July 2022 / Volume 3 Issue 7 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 413 yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarib, o’z faoliyatida boshqa shaxslarning huquqlariga putur yetkazmasa,huquqbuzarliklarning ham kamayishiga, demokratik davlat, chinakam fuqarolik jamiyati qurilishiga o’z hissasini qo’shgan bo’ladi. Download 64.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling