Huquqiy tarbiya
Download 25.62 Kb.
|
Huquqiy tarbiya
Huquqiy faoliyat huquqiy me'yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat'iy va og'ishmay amal qilish, qonunlarni hur-mat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e'tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo'nal-tirilgan amaliy xatti-harakatlar majmui.
Shaxs huquqiy madaniyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida quyi-dagilar e'tirof etiladi: huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savod-xonlik, huquqiy tafakkur, huquqiy faollik, huquqiy mas'ullik, huquqiy e'tiqod, huquqiy salohiyat. Huquqiy ta'lim uzluksiz bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta'lim muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo'lishi, ma'-naviy va ba'zi huquqiy normalar to'g'-risida boshlang'ich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengay-tirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 1998-1999-o'quv yilidan boshlab O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab, har bir ta'lim tizimida bosqichma-bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo'lga qo'yildi.
Download 25.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling