Huquqiy tarbiya


Maktabgacha ta`lim muassasasida huquqiy tarbiyani amalga oshirish


Download 25.62 Kb.
bet8/9
Sana05.01.2022
Hajmi25.62 Kb.
#222627
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Huquqiy tarbiya

Maktabgacha ta`lim muassasasida huquqiy tarbiyani amalga oshirish bilimlar asosida о z hulq-atvonga msbatan mas'uliyatli munosabatni shakllantirish, qonun va qoidalarga rioya qilish muhimligini uqtirish, muayyan huquq va erkinliklardan foydalanish yo'1-yo'riqlarini singdiradi va qamrab oladi.

Umum uslubiy rejadan kelib chiqib, tarbiyaga kompleks yondashuv prinsipi nuqtayinazardan qaralganda, uni g'oyaviy, siyosiy, axloqiy, estetik tarbiya ta'sirining yig'indisi sifatida tushunish mumkin.

Huquqiy tarbiyani quyidagi uslublarini ajratish lozim:

1. Huquqiy ongni shakllantirish, e'tiqod, isbot; huquqiy mavzularda

suhbatlar, ma'ruzalar, hikoyalar; huquqiy mavzularga oid bosma

materiallarni va san'at asarlarini muhokamaqilish.

2. Huquqiy axloq asosini, malakasini, odatlarini va huquqni himoya qilish faoliyati tajribasini shakllantirish usuli: umumiy talab o'rnatish: ijodiy o'yindan foydalanish:

3. Huquqiy tarbiyani kuchaytirish uchun rag'batlantirish yoki jazo usullarini qo'llash.

Maktabgacha ta'lim muassasasi bolalarni huquqiy tarbiyalash tizimi ikki shakldan iborat bo'lib: og'zaki va amaliy ishlar ko'rinishida tashkil etiladi.

Huquqiy tarbiyani amalga oshirishda mashg'ulotlari bahs-munozara-lar, huquqiy mavzulardagi suhbatlar yaxshi natija beradi.



Mashg'ulot jarayonida bolalarni huquqiy tarbiyalash uslubiyati xusu-siyatlari quyidagilardan kelib chiqadi:

birinchidan, bolalarning axloqiy tasavvurlarini to'g'ri shakllantirish, tarbiyachining nafaqat umumtarbiya faoliyati davomida, balki mashg'u-lotlarda o'qitish jarayonida ham e'tiborda bo'lishi lozim;

ikkinchidan, maktabgacha ta'lim muassasasida huquqiy tarbiya ja­rayonida har bir holatning mohiyatini aniq, ravshan va tushunarli ravish-da singdirish muhimligini ta'kidlab o'tish lozim. Tarbiyachi bolalar ruhiyatida mavzuga katta qiziqish uyg'ota olishi zarur;

uchinchidan. jamiyatda huquqiy talablarning mavjudligi va mazmun-mohiyati to'g'risidagi umumiy tasavvurdan kelib chiqqan holda bolalar ongida bilimlar tizimini, hukumat va qonun chiqaruvchi organlar, xuquq institutlari, huquqiy me'yorlarning rivojlanish asoslari, qonuniyatlari, shu-ningdek, huquq va majburiyatga oid qarorlar hamda ularning bajarilishi xususida ma'lumotlar berib borilishi maqsadga muvofiqdir;

to'rtinchidan, huquqiy tarbiya jarayonida ba'zi bir qonunlar matn-larni o'qib berish, bolalarga me'yoriy qonunlar muhim moddalarini yozib olishga imkoniyat va vaqt berish joiz;

beshinchidan, mashg'ulot jarayonida bolalarga davlat va huquq to'g'risida umumiy tushuncha berish, shuningdek, huquqiy yo'nalishlar (yo'1-yo'riqlar) ga alohida to'xtalib o'tish lozim;

oltinchidan, o'qituvchining ish quroli sifatida unda davriy bosma materiallar, Oliy Majlis sessiyasi hujjatlari, farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda huquqiy-me'yoriy hujjatlar bo'lishi kerak.


Download 25.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling