Huquqni muhofaza qilish akademiyasi


) aybdorning alohida ruhiy jismoniy holati 2)


Download 51.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi51.29 Kb.
#1613162
1   2   3
Bog'liq
jinoyat oraliq 26 04 2023 NOD...

1) aybdorning alohida ruhiy jismoniy holati
2) jabrlanuvchining aybi bilan sodir etilgan bo‘lishi lozim.
Kuchli ruhiy hayojonlanish- qisqa muddatli, ammo jo‘shqin his-tuyg‘uli
hayajonlanish, ochiqdan - ochiq, qisqa muddatda tutaqib ketish va ayni chog‘da 
nihoyatda kuchli, shiddatli kechinma, qattib g‘azablanib ketishga aylanuvchi jahl,
vahimaga aylanib ketuvchi qo‘rquv, chorasizlikdan natijasida qo‘rquv
bo‘lib, buning 
natijasida aybdor o‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatini va
ularni ifoda qilish 
imkoniyatini qisqa muddatga yo‘qotadi. 
Jinoyat kodeksi 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun aybdorni 
Oʻzbekiston Respublikasi JK 98-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortish uchun 
quyidagi uchta jihat:
1) nizo manbai – jabrlanuvchining gʻayriqonuniy zoʻrligi yoki ogʻir haqorati 
yoxud boshqa gʻayriqonuniy harakatlari;
2) nizo manbai natijasida aybdorda kuchli ruhiy hayajonlanish (fiziologik 
affekt) holatining yuzaga kelganligi;
3) subyektning shunday holatda toʻsatdan jabrlanuvchini oʻldirib qoʻyishi 
mavjudligini aniqlash zarur.
Affekt deb, oʻta kuchli, tez paydo boʻladigan va kuchli, 
qisqa vaqt ichida davom etadigan ruhiy holatga aytiladi. Odamning affekt holatida 
sodir etadigan qilmishi «portlash» kabi oʻtadi.
Odam fiziologik affekt holatida oʻz 
harakatlari uchun javob bera oladi, nima qilayotganini tushunadi, biroq oʻz 
harakatlarini idora qilish qobiliyati boʻshashib, oʻzini toʻla idora qila olmaydi. Shaxs 
ana shu qobiliyatini toʻla yoʻqotgan hollarda, u patologik affekt holatida boʻladi, bu 
shaxsni aqli noraso deb topish uchun shart-sharoit vujudga keladi
2
.
2
Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 3. Maxsus qism. 
Shaxsga qarshi jinoyatlar.Tinchlik va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, 
toʻldirilgan va qayta ishlangan – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik 
instituti, 2018. – 412 bet. 


Yorqinovga nisbatan ruhiy bosim og‘ir haqorat alomatlari sezilmagan. Shunda 
Yorqinovni kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida qasddan odam o‘ldirish uchun 
asoslar yetarli bo‘lmaydi. Chunki Yorqinov o‘z xatti-harkatlarini anglab ortidan 
sezdirmasdan borib pichoq urib o‘ldirgan.
Sudyaning chiqargan hukmiga keladigan bo‘lsak o‘ta shafqatsizlik bilan odam 
o‘ldirish deb topmoqda. O‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish uchun yetarli asoslar 
mavjud bo‘lishi kerak. O‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish usullariga, jumladan, 
hayotdan mahrum etishdan oldin yoki qotillik sodir etish jarayonida jabrlanuvchini 
qiynoqqa solish yoki unga qattiq azob yetkazish bilan bog‘liq (kuchli og‘riq beruvchi 
zahardan foydalanish, tiriklayin yoqib yuborish, uzoq muddat ovqat, suv bermaslik) 
hollarni ham kiritish mumkin. Badanga ko‘plab shikast yetkazish orqali odam 
o‘ldirish, faqat aybdor buni jabrlanuvchiga qattiq azob-uqubat yetkazishga qaratilgan 
to‘g‘ri qasd bilan sodir etgan bo‘lsa, o‘ta shafqatsizlik ko‘rinishi, deb baholanishi 
mumkin
3
.
Bundan ko‘rinib turibdiki sudya chiqargan hukm ushbu jinoyat 97 -
moddaning 
2-qismi “j” bandi bilan javobgarlikka tortishga asos bo`la olmaydi. Yorqinovning 
harakatlari o`ta shafqatsizlik alomatlari mavjud emas. Agar u
Botirovning tana 
a’zolarini o‘ta shafqatsizlarcha bo‘laklarga bo‘lib maydalab yoki terini shilib
olganida ochlik bilan qiynab zaharlab o‘ldirganida edi 97 -
moddaning 2-qismi “j” 
bandi bilan javobgarlikka tortishga asos bo‘lar edi. 
Voqeaning obyekti shaxsning hayoti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq ijtimoiy 
munoasabatlar, obyektib tomondan odam oʻldirish qonunga xilof ravishda boshqa 
shaxsni hayotidan mahrum qilishda ifodalanadi, subyekti Yorqinovning o‘zi aqli raso 
jismoniy shaxs, subyektiv tomondan to‘g‘ri qasddan sodir etilganligi.
Xulosa qilib aytganda tergovchining aybdorga ayon boʻlgan ojiz ahvoldagi 
shaxsni qasddan oʻldirish deb baholagan lekin bu yerda hech qanday yordamga 
muhotjlik, ojizlik holatlari kuzatilmagan.
Advokat mazkur holatni kuchli ruhiy hayajonlanish xolatida sodir etilgan deb 
hisoblagan lekin bu yerda kuchli ruhiy bosim, hayajonlanish, fiziologik affekt holati 
3
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 24.09.2004 13-son 


yuzaga kelmagan. Affekt odamning ruhiy holati kabi turli xil. Jahl, gʻazab, 
qoʻrquv,gʻam, xursandlik affektlari mavjud. Affekt paydo bo‘lishi natijasida 
natijasida aybdor oʻz harakatini nazorat qilish imkoniyatini va ularni idora qilish 
qobiliyatini qisqa muddatga yoʻqotadi.
Sudyaning ish boʻyicha chiqargan hukmi ham notoʻgʻri chunki oʻta 
shafqatsizlik bilan oʻldirish holati yani boʻlaklarga boʻlib, ochlik bilan oʻldirish, 
ogʻriq beruvchi zahardan foydalanib oʻldirish holatlari kuzatilmagan. Sodir etilgan 
ish Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
2.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx
3.Oliy sud plenumi ”Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud 
amaliyoti to‘g‘risida” 
4. Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 3. 
Maxsus qism. 

Download 51.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling