Har bir davlat o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Bu yo‘nalishlar uning asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
Davlatning funksiyalarini o‘rganishda bu funksiyalarni tasniflash (guruhlash) uslubi qulaydir. 1. Faoliyat ko‘rsatish makoni bo‘yicha: – ichki; – tashqi. 2. Faoliyat ko‘rsatish muddati bo‘yicha: – doimiy; – vaqtinchalik. 3. Ijtimoiy jihatdan muhimligi bo‘yicha: – asosiy; – asosiy bo‘lmagan. 4. Amalga oshirishning huquqiy shakli bo‘yicha: – huquqni ijod qilish; – huquqni muhofaza qilish (qo‘riqlash).
Tasniflashni quyidagi me’zonlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Davlat bajaradigan vazifalarni ham sohalar bo‘yicha turlarga ajratish mumkin.
Davlatning ichki funksiyalarini amalga oshirish borasida bajariladigan vazifalarni turlarga ajratib, batafsilroq o‘rganamiz.
Davlatning ichki funksiyalariga oid vazifalar quyidagilardan iborat: Iqtisodiy vazifalar: ♦ Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish; ♦ Iqtisodiyotning davlat sektori (zavod-fabrikalar, elektrostansiyalar, konlar)ni boshqarish; ♦ Bozor munosabatlarining huquqiy asoslari va narx siyosatini yo‘lga qo‘yish.
Ijtimoiy vazifalar:
♦ Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash;
♦ Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash;
♦ Aholini ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlash.
Ichki funksiyalari
Tashqi funksiyalari
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash;
barcha mulkchilik shakllaridagi
mulkni himoyalash;
mamlakatning iqtisodiy sohadagi rivojlanishini ta’minlash;
fuqarolarning madaniy-ma’rifi
y barkamollikka erishishlari
uchun sharoit yaratish;
aholining ijtimoiy himoyasi,
ijtimoiy sohani rivojlantirish.
tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash;
tashqi xavf-xatardan mudofaa;
xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy
aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
xalqaro iqtisodiy faoliyat;
xorijiy mamlakatlar bilan
madaniy aloqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |