Huquqning funksiyalari har bir davlat o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi


Download 3.93 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi3.93 Kb.
#1778452
Bog'liq
huquqning funksiyalari

HUQUQNING FUNKSIYALARI

Har bir davlat o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.


Bu yo‘nalishlar uning asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.

Davlatning funksiyalarini o‘rganishda bu funksiyalarni tasniflash (guruhlash) uslubi qulaydir.

1. Faoliyat ko‘rsatish makoni bo‘yicha:

– ichki;

– tashqi.

2. Faoliyat ko‘rsatish muddati bo‘yicha:

– doimiy;

– vaqtinchalik.

3. Ijtimoiy jihatdan muhimligi bo‘yicha:

– asosiy;

– asosiy bo‘lmagan.

4. Amalga oshirishning huquqiy shakli bo‘yicha:

– huquqni ijod qilish;

huquqni ijro qilish;

– huquqni muhofaza qilish (qo‘riqlash).


Tasniflashni quyidagi me’zonlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

Davlat bajaradigan vazifalarni ham sohalar bo‘yicha turlarga ajratish mumkin.


Davlatning ichki funksiyalarini amalga oshirish borasida bajariladigan vazifalarni turlarga ajratib, batafsilroq o‘rganamiz.

Davlatning ichki funksiyalariga oid vazifalar quyidagilardan iborat:

Iqtisodiy vazifalar:

♦ Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish;

♦ Iqtisodiyotning davlat sektori (zavod-fabrikalar, elektrostansiyalar,

konlar)ni boshqarish;

♦ Bozor munosabatlarining huquqiy asoslari va narx siyosatini yo‘lga qo‘yish.


Ijtimoiy vazifalar:
♦ Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash;
♦ Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash;
♦ Aholini ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlash.

Davlatning funksiyalari

Ichki funksiyalari


Tashqi funksiyalari
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash;
barcha mulkchilik shakllaridagi
mulkni himoyalash;
mamlakatning iqtisodiy sohadagi rivojlanishini ta’minlash;
fuqarolarning madaniy-ma’rifi
y barkamollikka erishishlari
uchun sharoit yaratish;
aholining ijtimoiy himoyasi,
ijtimoiy sohani rivojlantirish.
tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash;
tashqi xavf-xatardan mudofaa;
xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy
aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
xalqaro iqtisodiy faoliyat;
xorijiy mamlakatlar bilan
madaniy aloqalar.
Download 3.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling