Hurliqo va Hamro


Keywords: plot, epic, traveling plot, motive, folklore, encounter in three ways, fairy. Аннотация


Download 16.49 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi16.49 Kb.
#204768
1   2
Bog'liq
2 U.Shukurov. 1. Z. Hamidova tayyori

Keywords: plot, epic, traveling plot, motive, folklore, encounter in three ways, fairy.

Аннотация: В этой статье сюжеты о путешествиях, встречающиеся в эпосе «Хурлико и Хамро», сравниваются с аналогичными событиями в народных сказках. Раскрывается символика изображений. Сходства в былинах и сказках перечислены и проанализированы одно за другим.

Ключевые слова: сюжет, эпос, странствующий сюжет, мотив, фольклор, трехсторонняя встреча, фея.

Syujet - qahramonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni ifodalovchi, asar mazmunini tashkil etuvchi voqealarning muayyan tarkibda joylashtirilishi, ya'ni badiiy asar mazmunini tashkil etadigan voqealar tizimi. [2,109] Badiiy adabiyotning barcha tur va janrlarida muayyan tartibdagi syujet bo'ladi. Shu bilan birga xalq og`zaki ijodi mahsuli bo`lmish ertak va dostonlarda ham. Folklor tizimida sayyor syujetlar alohida ahamiyat kasb etadi. Sayyor syujet bu bir asarda keltirilgan ma`lum bir voqelikning boshqa asarda takrorlanishi demakdir. "Hurliqo va Hamro” dostonining ba`zi o`rinlarida xalq og'zaki ijodining turli xil namunalarida uchraydigan syujetlarning takrorlanganligiga guvoh bo'lamiz. Jumladan, "Hurliqo va Hamro" dostonidan olingan aka-ukalarning sinov motividagi uch yo'lni tanlash holatini bir necha ertaklar misolida ko'rib chiqish mumkin. "Cho'loq bo'ri", "Bulbuligo'yo" va rus xalq og'zaki ijodida uchraydigan "Shahzoda Ivan, Qaqnus va bo'ri" ertaklarida aka-ukalarning uch yo'lni tanlash holati uchraydi.

Motiv – syujet tarkibidagi , uni yuzaga keltiruvchi asosiy halqalardan biri. Motivlar azaro birlashib syujetni tashkil etadi [2, 108]. Xalq og`zaki ijodida qahramonlarning g`ayritabiiy tug`ilishi, personajlarning ovga yoki safarga chiqishi, tush kabi motivlar bor. “Hurliqo va Hamro” dostonida ertaklarda uchraydigan o`xshash motivlarni, bir xilliklarni ko`ramiz. Ularni shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin:

1. Doston va ertaklarda podshohning uch o'g'li bo'lishi va uch o'g'ilning sinovga ketishi.

2. Ularning barchasida o'g'illarning uch ayrilish yo'liga borib qolishi va unda yo'l nomlarining ham bir xilligi:

a) borsa xatar; b) borsa kelar; c) borsa kelmas.

3. Ertaklarda ham, dostonda ham birinchi va ikkinchi o'g'illarning yengilishi, har doim uchinchi o'g'ilning qiyinchiliklar bilan g'alaba qozonib, xazinani qo'lga kiritishi.

4. Har birida ham birinchi va ikkinchi o'g'illarning biri oshpazga o't yoquvchi, biri hammomda go'lah bo'lishi.

5. "Bulbuligo'yo" ertagi va "Hurliqo va Hamro" dostonida parilar uchinchi o'g'ilga yordam kerak bo'lganda eslashi uchun sochlarining bir tolasidan kuydirishga berishi.

6. Ertaklarda ham, dostonda ham birinchi va ikkinchi o'g'illarning ukalariga ozor berishi, undan narsalarni qizg'anib otalarining oldiga barcha narsalarni o'zimiz oldik deb yolg'on so'zlashi va ukalarini choxga tashlab ketishi.

7. Kenja o'g'il bu azoblardan parilar yordamida qutulishi.

8. Otalarining hamma voqealardan xabar topib, malikani kichik o'g'ilga nikohlab berishi, va kenja o'g'lini voris qilishi.

“Bulbuligo'yo” ertagida zolim podshoh yetti yilda tilladan chinor yasattiradi. Chinorning har kuni bitta bargi yo'qolib qoladi. O'g'illarini esa bargni o'g'rilayotgan qushni izlashga yuboradi. O'g'illar ketaverib uch ayrilish yo'liga borishadi. Bunda ham katta o'g'il borsa kelarga, o'rtancha o'g'il borsa xatarga, kichik o'g'il borsa kelmasga qarab ketadi. Akam bilan gaplashib ketaman deb o'rtancha o'g'il katta akasining yo'lidan yuradi. Bu ertakda ham kichik o'g'il qiyinchiliklar bilan otni ham, qizni ham, qushni ham qo'lga kiritadi. Kichkina o`g`il maymun yordamida bu narsalarga ega bo'ladi va maymun parini sevib qoladi. Maymun pari parilar podshohining qiziman, er qilmayman deb javob qaytaradi. Unga kokilidan beradi va qachonki u yordamga muhtoj bo'lsa, shu kokilni kuydirishini aytadi. Kichik o'g'il akalarini izlaydi. Bu ertakda ham akalari o'choqqa o't yoquvchi, biri sho'rvapazga shogird edi. Akalarini qutqaradi, lekin buning evaziga akalari uni jazolashadi. Shunda maymun parining kokilini kuydirib yordamga chaqiradi. Kichik o'g'il qalandar bo'lib otasining yoniga boradi.Otasi esa akalarini qilmishlari uchun jazolaydi.

Rus xalq ertagida ham xuddi shu sayyor, ya'ni ko'chma syujet uchraydi. Ertakda podshohning bog'ida oltin olma daraxti bor edi. Daraxtdan har kuni bitta barg yo'qoladi. Podshoh o'g'illarini bargni o'g'rilayotgan qaqnus qushni izlashga yuboradi. Pyotr, Vasiliy va Ivan safarga otlanadi. Ular ham uch ayrilik yo'lga borganda, tosh ustunga bitilgan yozuvni ko'rishadi. To'g'riga yursa, och-yalong'och qoladi, o'ngga yursa, otidan ayriladi, chapga yursa, o'zi halok bo'ladi, oti tirik qoladi. Ivan esa o'ngga yurishni tanlaydi. Yo'lda esa bo'ri otga hujum qiladi, bo'rining Ivanga rahmi kelib, qushni izlashda, unga yordam berishini aytadi. Ivan bo'ri yordamida otni ham, qizni ham, qushni ham qo'lga kiritadi. Podshoh esa kenja o'g'liga xursand bo'lib qarab turar ekan, navbatchilikda ham uxlab qolmagandi deydi. Shahzoda Ivan vijdon amri bilan yashab orzusiga yetadi.

"Hurliqo va Hamro" dostonida Misr mamlakatining hukmdori Xusrav podshoh tush ko'radi, tushida bulbulga oshiq bo'ladi. Podshohning uch o'g'li, Feruz, Xurshid va Hamro bulbulni izlash uchun yo'lga chiqishadi. Ular bir chashmaning boshiga borishadi,u yerda tosh bor edi, toshda shunday bitik bor."O'ng yo'lga borsa, sihat keltirgay, o'rta yo'lga borsa, kelgay yo kelmagay, chap yo'lga borsa, aslo kelmagay". O'ng yo'ldan katta o'g'li Feruz, o'rta yo'ldan o'rtancha o'g'il Xurshid, chap yo'ldan kichik o'g'il Hamro yuradi. Hamro bir gumbaz yoniga borib qoladi. U yerda Shohimardon pirning qabri bor edi. Shunda pir Eram bog'ida Shabon ibn Shohruxning qizi Hurliqo shu yigit qismat qilinganini aytadi. Chiltanlar Hurliqo va Hamroni nikohlab qo'yadilar. Hurliqo Hamroni Siymin bog'iga olib boradi, bulbuligo'yoni ko'rsatadi. So`ngra Hamroni Misrga eltib qo`yishini, yordam kerak bo'lganda, eslashi uchun sochidan bir torini berib, shuni kuydirishi kerakligini aytadi. Endi Hamro og'alarini izlay boshlaydi. Akalaridan biri kulolda o't yoquvchi, biri sovunchiga shogird ekan. Hamro bularga ot, to'n olib beradi. Ukalarining qo`lida bulbuligo'yoni ko`rgan akalar o`zaro maslahatlashib, Hamroni ko'zini o'yib chohga tashlashadi. O`zlari esa bulbuligo'yoni olib otalari huzuriga borishadi. Bulbuligo'yo bo`lgan voqealarning hammasini shohga aytib beradi. Choxda yotgan Hamro Hurliqoning sochini kuydiradi va shu ondayoq Hurliqo yordamga hozir bo'lib, o`z yorini davolaydi. [1]

Biz taqqoslanadigan ertaklarning qisqacha bayoni bilan tanishdik. Ularda asosiy takrorlangan syujet uch ayrilish yo'liga borib qolish va ulardan birini tanlash. "Cho'loq bo'ri", "Bulbuligo'yo" va "Shahzoda Ivan, Qaqnus va bo'ri" ertaklarida, "Hurliqo va Hamro dostonida ham uch yo'lni tanlash syujeti bor. Ularning barchasida uch o'g'il farzand otasining sinovini yengib o'tish uchun uch yo'ldan birini tanlab, o'z xazinalariga ega bo'lishi kerak.

Ertaklarda ham, dostonda ham gap bitta mavjudot - inson haqida ketyapti. Ya'ni uch aka-uka timsolida inson tafakkuridagi nafsni yenga olish, uning ichki olamidagi xirsiy istaklar, botinida yashirinib olgan nafsga qarshi kurash, nafsni yengib o'z maqsadiga erishish yo'li ochib berilgan. Asarlardagi uch yo'l ramziy xarakterga ega. Bu bejiz tanlanmagan.

Inson tafakkurida uchta narsa tan, jon, ruh uyg'unlashib, bir butunlikni tashkil qiladi. Vaholanki, shu inson borsa xatar, borsa noma'lum yo'llarni o'z ruhiyatida, tafakkurida bosib o'tgan bo'ladi va shuning natijasida maqsadiga erishadi, xazinani qo'lga kiritadi. Kenja botir, ya'ni ertak va dostondagi kichik farzand ikkala yo'lni ham bosib o'tgan edi. Undagi asosiy maqsad, borsa kelmasga borib xazinani qo'lga kiritish, nafsini yengib komillikka erishish va o'z otida malikasini olib kelish edi, kenja botir bularning barchasiga erishdi. To'ng'ich va o`rtancha botir timsolida ham ramziylik bor.

To'ng'ich botir bu nafsni yenga olmagan, unga qul bo'lgan, o'z istaklariga qarshi kurasha olmagan, ularga bo'ysungan inson. O'rtancha botir esa nafsni yenga olgan-u, ammo irodasini yenga olmagan, unga qarshi kurasha olmagan inson. Kenja botir bo'lsa bularning barini yenggan, komillikka erishgan komil inson timsoli. Xuddi shu

ma`noda to'ng'ich botir nafsga qul bo'lgan va bu qulning nafs qafasidan ozod bo'lishi uchun oshpazga yordamchi bo'lyapti. Irodasini yenga olmagan, unga qarshi kurasha olmagani uchun O'rtancha botir hammomga o't yoquvchilik qilyapti. Chunki hammom bu poklanadigan joy. Suv orqali O'rtancha botir tanasini poklayapti. Aynan shuning uchun ham hammom tanlangan. Kenja botir esa chigal yo'l borsa kelmasga bordi. Qiyinchiliklar evaziga xazinani qo'lga kiritdi. Nafsni yengib, komil inson darajasiga ko'tarildi.

Ko'ryapmizki, sayyor syujetlar xalq og'zaki ijodining turli namunalarini bir-biri bilan birlashtirib turadi. "Hurliqo va Hamro" dostonida xalq ertaklaridagi syujetlar bilan o'xshash anchagina bir xilliklarni ko'rdik. Doston va ertaklarni uyg`unlashtirib turgan bir qancha motivlar bor. Syujet asar mazmunini tashkil etgan voqealar tizimi bo`lsa, motiv shu voqelikni yuzaga keltiruvchi asosiy unsur hisoblandi [2,105]. Uch ayrilik yo`l, yo`llarga berilgan ramziy nomlar, aka-ukalarning kasb tanlashi, kenja ukaning jasoratlari, parilar sochidan bir tola berishi shular jumlasidandir. Bu o`xshash motivlar syujet ipini shakllantirgan.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. “Hurliqo va Hamro” doston. Niyozjon xalfa qo`lyozmasi.

2. M. Jo`rayev, J. Eshonqulov. Folklorshunoslikka kirish. T.: 2017 yil

3. H. Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T.: 2004 yil.



4. O. Safarov. Xalq og'zaki ijodi. T.: 2005 yil.

5. Sh. Turdimov. Hikmatlar xazinasi. T.: 2005 yil.
Download 16.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling